Winning Writers sayti tomonidan har yili hikoya va esse (insho) yozishga qiziquvchilar uchun Tom Howard/John H. Reid Fiction & Essay Contest tanlovi oʻtkaziladi.
Tanlov 2 yoʻnalish boʻyicha boʻladi:
- Hikoya (Story) – bunga muallif tomonidan oʻylab topilgan, toʻqima (fiction) hikoyalar qabul qilinadi.
- Insho (Essay) – bunga real voqea, faktlar asosida yozilgan badiiy ishlar qabul qilinadi.
Grant kimlar uchun?
Hikoya yoki esse (insho) yozishga qiziquvchi barcha uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Gʻoliblar quyidagicha taqdirlanadi:
- Hikoya yoʻnalishi boʻyicha gʻolibga 3500 AQSh dollari bilan taqdirlanadi.
- Insho yoʻnalishi boʻyicha gʻolibga ham 3500 AQSh dollari bilan taqdirlanadi.
- Shuningdek, har ikki mukofot gʻolibiga Duotrope platformasiga 2 yillik obuna ham taqdim etiladi (100 AQSh dollarlik qiymatga teng).
- 10 ta eʼtiborga sazovor ish mualliflarining har biriga 300 AQSh dollaridan pul mukofoti beriladi.
Sovrindor boʻlgan 12 ta ish Winning Writers saytiga joylanadi.
Talablar:
Tanlovda qatnashish talablar quyidagicha:
- Tanlov uchun yosh chegarasi yoʻq, istalgan yoshdagi nomzodlar qatnashishi mumkin.
- Tanlovga ingliz tilida yozilgan, hajmi 6000 soʻzdan oshmagan ishlar qabul qilinadi.
- Tanlovga ilgari chop etilgan, turli tanlovlarga yuborilgan, shu tanlovdan boshqa tanlovlarda g’olib chiqqan ishlar ham qabul qilinadi. Faqat, shu tanlovda ilgari mukofotlangan ishlar topshirilmasligi kerak.
- Tanlovda deyarli barcha davlat fuqarolari, jumladan, Oʻzbekiston fuqarolari ham qatnasha oladi.
- Hikoya yoʻnalishiga muallif tomonidan oʻylab topilgan, toʻqima (fiction) hikoyalar qabul qilinadi.
- Insho yoʻnalishiga real voqea, faktlar asosida yozilgan badiiy ishlar qabul qilinadi.
- Topshiriladigan fayl quyidagi formatlardan birida boʻlishi kerak: .doc, .docx, .pdf yoki .odt.
Dasturga qabul jarayoni:
Tanlov uchun ishlarni qabul qilish 2023-yilning 15-oktyabrda boshlanadi va 2024-yilning 1-mayigacha davom etadi.
Tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlganlar tanlov saytidagi arizani toʻldirib, oʻz ishini ilova qilishi hamda arizani topshirishi kerak (“Click here to submit” tugmasi bosiladi, 2023-yildan 15-oktyabrdan boshlab topshirish mumkin).
Tanlovda ishtirok etish pulli: bitta ish topshirish 22 AQSh dollarini tashkil qiladi. Ishtirokchilar istalgancha ish topshirishi mumkin (har biri uchun alohida toʻlov qilinadi).
MUHIM: Esse yoki hikoyani tayyorlashga kirishishdan oldin rasmiy eʼlon va ishlarni tayyorlash boʻyicha qisqa qoʻllanma bilan batafsil tanishib chiqing.
Tanlovning 2020-yildagi gʻoliblari sheʼrlari bilan BU YERDA tanishish mumkin.