×

Tom Howard/John H. Reid Fiction & Essay Contest: mukofoti 3500 dollargacha boʻlgan hikoya va insholar tanlovi


Grant

MUHLAT

01.05.2024

QOLGAN VAQT

8 kun

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

14955 marta

Winning Writers sayti tomonidan har yili hikoya va esse (insho) yozishga qiziquvchilar uchun Tom Howard/John H. Reid Fiction & Essay Contest tanlovi oʻtkaziladi.

Tanlov 2 yoʻnalish boʻyicha boʻladi:

  1. Hikoya (Story) – bunga muallif tomonidan oʻylab topilgan, toʻqima (fiction) hikoyalar qabul qilinadi.
  2. Insho (Essay) – bunga real voqea, faktlar asosida yozilgan badiiy ishlar qabul qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Hikoya yoki esse (insho) yozishga qiziquvchi barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Gʻoliblar quyidagicha taqdirlanadi:

  • Hikoya yoʻnalishi boʻyicha gʻolibga 3500 AQSh dollari bilan taqdirlanadi.
  • Insho yoʻnalishi boʻyicha gʻolibga ham 3500 AQSh dollari bilan taqdirlanadi.
  • Shuningdek, har ikki mukofot gʻolibiga Duotrope platformasiga 2 yillik obuna ham taqdim etiladi (100 AQSh dollarlik qiymatga teng).
  • 10 ta eʼtiborga sazovor ish mualliflarining har biriga 300 AQSh dollaridan pul mukofoti beriladi.

Sovrindor boʻlgan 12 ta ish Winning Writers saytiga joylanadi.

Talablar:

Tanlovda qatnashish talablar quyidagicha:

  • Tanlov uchun yosh chegarasi yoʻq, istalgan yoshdagi nomzodlar qatnashishi mumkin.
  • Tanlovga ingliz tilida yozilgan, hajmi 6000 soʻzdan oshmagan ishlar qabul qilinadi.
  • Tanlovga ilgari chop etilgan, turli tanlovlarga yuborilgan, shu tanlovdan boshqa tanlovlarda g’olib chiqqan ishlar ham qabul qilinadi. Faqat, shu tanlovda ilgari mukofotlangan ishlar topshirilmasligi kerak.
  • Tanlovda deyarli barcha davlat fuqarolari, jumladan, Oʻzbekiston fuqarolari ham qatnasha oladi.
  • Hikoya yoʻnalishiga muallif tomonidan oʻylab topilgan, toʻqima (fiction) hikoyalar qabul qilinadi.
  • Insho yoʻnalishiga real voqea, faktlar asosida yozilgan badiiy ishlar qabul qilinadi.
  • Topshiriladigan fayl quyidagi formatlardan birida boʻlishi kerak: .doc, .docx, .pdf yoki .odt.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlov uchun ishlarni qabul qilish 2023-yilning 15-oktyabrda boshlanadi va 2024-yilning 1-mayigacha davom etadi.

Tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlganlar tanlov saytidagi arizani toʻldirib, oʻz ishini ilova qilishi hamda arizani topshirishi kerak (“Click here to submit” tugmasi bosiladi, 2023-yildan 15-oktyabrdan boshlab topshirish mumkin).

Tanlovda ishtirok etish pulli: bitta ish topshirish 22 AQSh dollarini tashkil qiladi. Ishtirokchilar istalgancha ish topshirishi mumkin (har biri uchun alohida toʻlov qilinadi).

MUHIM: Esse yoki hikoyani tayyorlashga kirishishdan oldin rasmiy eʼlon va ishlarni tayyorlash boʻyicha qisqa qoʻllanma bilan batafsil tanishib chiqing.

Tanlovning 2020-yildagi gʻoliblari sheʼrlari bilan BU YERDA tanishish mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!