×

Tom Howard/Margaret Reid Poetry Contest tanlovi: mukofot – 3500 AQSh dollarigacha!


Grant

MUHLAT

01.10.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

7558 marta

Winning Writers sayti tomonidan har yili professional va havaskor shoirlar uchun Tom Howard/Margaret Reid Poetry Contest tanlovi oʻtkaziladi. Tanlovga ingliz tilida yozilgan va 250 qatordan oshmagan she’rlar qabul qilinadi. Tanlovga nomzodlar istalgancha sheʼr topshirish mumkin.

Tanlov 2 yoʻnalish boʻyicha boʻladi:

  1. Tom Howard Prize – bunga har qanday uslub yoki janrdagi sheʼrlar qabul qilinadi.
  2. Margaret Reid Prize – bunga qofiyaga ega yoki anʼanaviy uslubdagi sheʼrlar qabul qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Havaskor va professional shoirlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Gʻoliblar quyidagicha taqdirlanadi:

  • Tom Howard Prize mukofoti gʻolibi 3500 AQSh dollari bilan taqdirlanadi.
  • Margaret Reid Prize mukofoti  gʻolibi ham 3500 AQSh dollari bilan taqdirlanadi.
  • Shuningdek, har ikki mukofot gʻolibiga Duotrope platformasiga 2 yillik obuna sertifikat beriladi (100 AQSh dollarlik qiymatga teng).
  • 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga 300 AQSh dollaridan pul mukofoti beriladi.

Talablar:

Tanlovda qatnashish talablar quyidagicha:

  • Tanlov uchun yosh chegarasi yoʻq, istalgan yoshdagi nomzodlar qatnashishi mumkin.
  • Tanlovga ingliz tilida yozilgan, hajmi 250 qatordan oshmagan she’rlar qabul qilinadi.
  • Tanlovga ilgari chop etilgan, turli tanlovlarga yuborilgan, shu tanlovdan boshqa tanlovlarda g’olib chiqqan she’rlar ham qabul qilinadi. Faqat, shu tanlovda ilgari mukofotlangan she’rlar topshirilmasligi kerak.
  • Tanlovda deyarli barcha davlat fuqarolari, jumladan, Oʻzbekiston fuqarolari ham qatnasha oladi.
  • Tom Howard Prize mukofoti uchun har qanday uslub yoki janrdagi sheʼrlar qabul qilinadi.
  • Margaret Reid Prize mukofoti qofiyaga ega yoki anʼanaviy uslubdagi sheʼrlar qabul qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlov uchun sheʼrlarni qabul qilish 20234-yil 15-apreldan 1-oktabrgacha davom etadi.

Tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlganlar bu yerdagi arizani toʻldirib (bu tanlovga ariza shakli 2024-yil 15-aprelda ochiladi), oʻz sheʼrini ilova qilishi hamda arizani topshirishi kerak. Ariza toʻldirish uchun dastlab hisob (akkaunt) ochish kerak boʻladi.

Tanlovda ishtirok etish pulli: bir marta ariza topshirish 22 AQSh dollarini tashkil qiladi va bunda 3 tagacha sheʼr yuborish mumkin. Xohlovchilar istalgancha qayta ariza topshirish orqali xohlagancha sheʼrini topshirishi mumkin.

Tanlovning 2022-yildagi gʻoliblari sheʼrlari bilan BU YERDA tanishish mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!