×

Tom Howard/Margaret Reid Poetry Contest tanlovi: mukofot – 3500 AQSh dollarigacha!


Grant

MUHLAT

01.10.2026

QOLGAN VAQT

147 kun

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

9985 marta

Winning Writers sayti tomonidan har yili professional va havaskor shoirlar uchun Tom Howard/Margaret Reid Poetry Contest tanlovi oʻtkaziladi. Tanlovga ingliz tilida yozilgan va 250 qatordan oshmagan she’rlar qabul qilinadi. Tanlovga nomzodlar istalgancha sheʼr topshirish mumkin.

Tanlov 2 yoʻnalish boʻyicha boʻladi:

  1. Tom Howard Prize – bunga har qanday uslub yoki janrdagi sheʼrlar qabul qilinadi.
  2. Margaret Reid Prize – bunga qofiyaga ega yoki anʼanaviy uslubdagi sheʼrlar qabul qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Havaskor va professional shoirlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Gʻoliblar quyidagicha taqdirlanadi:

  • Tom Howard Prize mukofoti gʻolibi 3500 AQSh dollari bilan taqdirlanadi.
  • Margaret Reid Prize mukofoti  gʻolibi ham 3500 AQSh dollari bilan taqdirlanadi.
  • Shuningdek, har ikki mukofot gʻolibiga Duotrope platformasiga 2 yillik obuna sertifikat beriladi (100 AQSh dollarlik qiymatga teng).
  • 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga 500 AQSh dollaridan pul mukofoti beriladi.
  • 12 ta sovrindorning sheʼrlari onlayn chop etiladi.

Talablar:

Tanlovda qatnashish talablar quyidagicha:

  • Tanlov uchun yosh chegarasi yoʻq, istalgan yoshdagi nomzodlar qatnashishi mumkin.
  • Tanlovga ingliz tilida yozilgan, hajmi 250 qatordan oshmagan she’rlar qabul qilinadi.
  • Tanlovga ilgari chop etilgan, turli tanlovlarga yuborilgan, shu tanlovdan boshqa tanlovlarda g’olib chiqqan she’rlar ham qabul qilinadi. Faqat, shu tanlovda ilgari mukofotlangan she’rlar topshirilmasligi kerak.
  • Tanlovda deyarli barcha davlat fuqarolari, jumladan, Oʻzbekiston fuqarolari ham qatnasha oladi.
  • Tom Howard Prize mukofoti uchun har qanday uslub yoki janrdagi sheʼrlar qabul qilinadi.
  • Margaret Reid Prize mukofoti qofiyaga ega yoki anʼanaviy uslubdagi sheʼrlar qabul qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlov uchun sheʼrlarni qabul qilish 2026-yilning 15-aprelidan 1-oktabrigacha davom etadi.

Tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlganlar bu yerda arizani toʻldiri, oʻz sheʼrini ilova qilishi hamda arizani topshirishi kerak. Ariza toʻldirish uchun dastlab hisob (akkaunt) ochish kerak boʻladi.

Tanlovda ishtirok etish pulli: bir marta ariza topshirish 25 AQSh dollarini tashkil qiladi va bunda 3 tagacha sheʼr yuborish mumkin. Xohlovchilar istalgancha qayta ariza topshirish orqali xohlagancha sheʼrini topshirishi mumkin.

Tanlovning 2025-yildagi gʻoliblari sheʼrlari bilan BU YERDA tanishish mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!