×

Ton Duc Thang University: Bakalavriatda oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar; joy 200 ta!


Grant

MUHLAT

15.06.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Vetnam

O'QILGAN

2846 marta

Vetnamda joylashga Ton Duc Tang University (TDTU) oliygohi bakalavriatda oʻqishni xohlovchilar uchun 200 ta grant taklif qilmoqda. Mazkur grantlarning 100 tasi universitetdagi ingliz tili kurslarida oʻqish uchun, qolgan 100 tasi vetnam tilidagi kurslarda tahsil olish uchun taqdim etiladi. Hozirda 2021-yil sentabrda boshlanadigan oʻquv yili uchun hujjatlar qabul qilinmoqda.

Maʼlumot uchun: TDTU universiteti dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri hisoblanadi. Jumladan, TDTU 2020-yil holatiga koʻra, ARWU reytingi boʻyicha dunyodagi eng yaxshi universitetlar roʻyxatida 701-800-oʻrinni egallab turibdi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriatda oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Vetnam tilida oʻqitiladigan kurslar uchun berildigan 100 ta grant quyidagicha taqsimlanadi:

  • 50 nafar talabaga taʼlim puli (tuition fee) va yotoqona toʻlovi 100% toʻlab beriladi.
  • Yana 50 nafar talabaga taʼlim puli va yotoqxona toʻlovining 50% qismi qoplab beriladi.

Vetnam tilida oʻqishni istaganlar 1 yillik til kursini ham oʻqiydi va grant til kursiga ham ajratiladi. 1 yillik til kursidan soʻng 4 yillik bakalavriat bosqichini grant asosida (100% lik yoki 50% lik) vetnam tilida oʻqish mumkin boʻladi. Faqat farmasevtika yoʻnalishida 4 yil emas, 5 yil oʻqiladi.

Ingliz tilida oʻqitiladigan kurslar uchun berildigan 100 ta grant quyidagicha taqsimlanadi:

  • 50 nafar talabaga taʼlim puli (tuition fee) va yotoqona toʻlovi 100% toʻlab beriladi.
  • Yana 50 nafar talabaga taʼlim puli va yotoqxona toʻlovining 50% qismi qoplab beriladi.

Ingliz tilida oʻqish uchun grant yutib olganlar 4 yillik bakalavriat bosqichini grant asosida (100% lik yoki 50% lik) oʻqiydi.

Shuningdek, grant berilgan talabalarning oʻzlashtirish koʻrsatkichlari har yili yil oxirida tahlil qilinadi. Agar ularning oʻqishi qoniqarsiz boʻlsa, grant toʻxtatilishi mumkin. Grant berilgan talaba biror fandan yiqilsa va keyingi semestrda qayta oʻqisa, bu fanning taʼlim pulini oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.

Talablar:

Grantlar nomzodlarning koʻrsatkichlari asosida beriladi. Quyidagi talablarga mos boʻlgan nomzodlar grantga talabgor sifatida koʻrib chiqiladi:

  • Nomzod yuqori maktabning oxirgi sinfini yoki unga teng darajani bitirgan boʻlishi / bitirishi kerak (bu Oʻzbekistonda kollej/litseyni bitirganlikka teng – 12 yillik taʼlim olgan boʻlish kerak).
  • Oʻqishning oxirgi yilidagi baholar oʻrtachasi 10 lik tizimda kamida 6,5 boʻlishi lozim (bu 5 lik tizimda 3,25, 100 lik tizimda 65 boʻladi).
  • Ingliz tilidagi kurslarda oʻqish uchun ariza topshirayotgan talabalar kamida IELTS 5.0 ball yoki unga teng darajadagi xalqaro til sertifikatiga ega boʻlishi lozim.

Qoʻshimcha talablar:

  • Agar nomzod farmasevtika yoʻnalishiga topshirayotgan boʻlsa, oʻqishning oxirgi yilidagi baholari oʻrtachasi “Yaxshi” yoki undan yuqori boʻlishi hamda oxirgi yilda kimyo fanidan olgan olgan bahosi 10 lik tizimda kamida 7 boʻlishi lozim.
  • Architecture, Graphic Design, Interior Design, Fashion Design, va Industrial Design yoʻnalishlariga topshirayotgan xalqaro talabalar bakalavriat dasturiga qabul qilinishidan oldin qobiliyat imtihonida qatnashishi kerak boʻladi (boshqa yoʻnalishlarda imtihon boʻlmaydi, faqat hujjatlar asosida qabul qilinadi).

Shuningdek, vetnam tilida yoki ingliz tilida oʻqitiladigan bakalavrlik kurslariga kirish talablari ham mavjud. Ular bilan BU YERDA tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Vetnam tilida oʻqitiladigan yoʻnalishlar 40 ta. Vetnam tilida oʻqish uchun topshirayotganlar vshu 40 ta yoʻnalishning 39 tasidan birini tanlab, hujjat topshirishi mumkin (Vietnamese study – Vietnamese language yoʻnalishi uchun grant ajratilmaydi). Vetnam tilidagi yoʻnalishlar roʻyxati bilan BU YERDA tanishing.

Ingliz tilida oʻqitiladigan yoʻnalishlar 12 ta va ingliz tilida oʻqimochi boʻlganlar shu 12 ta yoʻnalishdan birini tanlab, unga hujjat topshiradi. Ingliz tilidagi yoʻnalishlar roʻyxati bilan BU YERDA tanishing.

Grant va bakalavriat kursiga ariza topshirish muhlatlari bir xil:

  • 2021-yilning sentabridan oʻqishni boshlashni xohlaganlar uchun hujjat topshirishning oxirgi sanasi – 2021-yil 15-iyun.
  • 2022-yilning yanvaridan oʻqishni boshlashni xohlaganlar uchun hujjat topshirishning oxirgi sanasi – 2021-yil 15-oktabr.

Bakalavriat kursiga grant asosida ariza topshiroqchi boʻlganlar dastlab quyidagi hujjatlarning skanerlangan variantini tayyorlab olishi lozim:

  • Onlayn ariza shakli. Onlayn ariza shaklini BU YERDAN topasiz (2021-yil 7-aprel holatiga koʻra, onlayn ariza shakli ochilmagan; yaqin orada ochiladi).
  • Litsey/kollej baholarining inglizcha tarjimasi; tarjima notarial tasdiqlanishi lozim.
  • Pasportning notarial tasdiqlangan nusxasi.
  • Ingliz tili (IELTS, TOEFL yoki boshqa) yoki vetnam tili sertifikati nusxasi.
  • Oxirgi 6 oy ichida berilgan tibbiy maʼlumotnoma (bu ham ingliz tiliga tarjima qilinib, notarial tasdiqlanadi).

Yuqoridagi hujjatlar onlayn ariza shakliga yuklanadi.

Grantlar eng yuqori koʻrsatkichga ega nomzodlarga taqdim etiladi. Grant ajratilgan yoki ajratilmagani haqida qabul xatida xabar qilinadi. Qabul xati kuzgi semestr uchun 30-avgustgacha, qishki semestr uchun 30-dekabrgacha yuboriladi.

Hujjat topshirish jarayoni haqida BU YERDA batafsil tanishing.

Ariza topshirish ishlariga kirishishdan oldin grant BU YERDA talablari bilan batafsil tanishib chiqing.

Agar onlayn ariza topshirishda muammoga duch kelsangiz, admission.cis@tdtu.edu.vn elektron manziliga murojaat qilishingiz kerak boʻladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!