×

Ton Duc Thang University: Vetnamda bakalavr kursi, yotoqxona va til o’rganish uchun 100% grant!


Grant

MUHLAT

31.07.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Vetnam

O'QILGAN

1847 marta

Vetnamda joylashgan Ton Duc Thand University tomonidan xorijlik talabalar uchun ajratilgan grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetdagi vetnam va ingliz tillarida o’qitiladigan bakalavr kurslariga o’qishga qabul qilingan xorijlik talabalarga beriladi. Vetnam tilida o’qitiladigan bakalavr kurslari ro’yxati bilan bu yerda, ingliz tilida o’qitiladigan kurslar ro’yxati bilan esa bu yerda tanishishingiz mumkin. Dastur doirasida 50 nafar talabaga grant beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  1. A) Vetnam tilida o’qitiladigan bakalavr kurslari uchun ajratilgan grant dasturiga qabul qilingan talaba 1 yil vetnam tili va 4 yil bakalavr kursida bepul o’qish imkoniyatiga ega bo’ladi. O’qish va yotoqxona xarajatlari universitet tomonidan to’lab beriladi. Bakalavr kursida o’qishni boshlash uchun talaba 6 oy yoki 1 yillik vetnam tili kursidan so’ng B2 darajasini olishi kerak bo’ladi.
  2. B) Ingliz tilida o’qitiladigan bakalavr kurslari uchun grant yutib olgan talabaga 4 yil davomida o’qish to’lovi 100% yoki 80% qoplab beriladi va yotoqxonadan bepul foydalanish imkoni beriladi. Dastur doirasida 50 nafar talabaga grant beriladi.

Talablar:

  • Nomzod o’qigan maktba (litsey, kollej) Vetnamdan tashqarida joylashgan bo’lishi kerak.
  • Nomzodning baholari yaxshi yoki a’lo bo’lishi zarur.
  • Ingliz tili kurslariga hujjat topshirayotgan nomzod IELTS’dan 5.0 yoki undan yuqori ball olgan bo’lishi kerak.
  • Farmasevtika yo’nalishiga hujjat topshirayotgan nomzodning kimyo fanidan olgan baholari 70% dan yuqori bo’lishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutish uchun alohida ariza berish talab etilmaydi. Kurslar uchun ariza berilganda, ariza shaklida grant uchun nomzodingizni ko’rsatsangiz kifoya. Bakalavr kurslariga hujjat topshirish uchun ushbu ariza shaklini to’ldirib, quyidagi hujjatlar bilan birga admission.cis@tdtu.edu.vn elektron manziliga yuboring. Kerakli hujjatlar:

  • Shahodatnoma yoki diplom;
  • Baholar ko’rsatilgan hujjat;
  • Pasport nusxasi;
  • Ingliz yoki vetnam tili testi sertifikati.

2021-yil bahorgi semestrda boshlanadigan bakalavr kurslariga grant yutib olish uchun arizalarni 2020-yil 16-sentyabrdan 2020-yil 30-noyabrgacha topshirish mumkin.  2020-yil kuzgi semestr uchun qabul hali ham ochiq. Kurslarga va grantga 31-iyulgacha ariza topshirishingiz mumkin. Hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil

Savollaringiz bo’lsa yoki qo’shimcha ma’lumot uchun dmission.cis@tdtu.edu.vn elektron manziliga xabar yo’llashingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!