×

I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida o‘qish uchun ayol-qiz talabalarga 1 yillik grant


Grant

MUHLAT

30.08.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

3101 marta

BMTTDning Ozon qatlamini muhofaza qilish loyihasi, Global ekologik jamgʻarma va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ayol-qizlar uchun maxsus grant tanlovini eʼlon qildi.

Ushbu grant 2022-2023-oʻquv yilida 2 nafar ayol-qiz talabalarga I. Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, mexanika fakulteti, Texnologik mashinalar va jihozlar (sovutish mashinasozligi) yo‘nalishida oʻqish (bakalavriat) uchun  beriladi.

Grantning maqsadi quyidagicha:

  1. O’zbekistonda sovutish va havoni konditsionerlash (SHK) sohasida gender tengligini ta’minlash.
  2. Yoshlar, xususan, qizlarning e’tiborini SHK sohasida mehnat faoliyatini boshlashga jalb qilish.
  3. Qizlar va ayollarni SHK sohasiga jalb qilish uchun texnik kasbni ommalashtirish.

Eslatma: Ushbu grant faqat toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun qabul qilingan ayol-qiz talabalarga moʻljallangan. Davlat granti (byudjet) asosida oʻqiydigan/oʻqishga qabul qilinadigan talabalar bu grant tanlovida ishtirok eta olmaydi.

Grant kimlar uchun?

I.Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universitetida oʻqimoqchi boʻlgan ayol-qiz abituriyentlar va shu universitetdagi ayol-qiz talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov gʻoliblarining (2 nafar) yuqorida qayd etilgan yoʻnalishda oʻqishi uchun 1 yillik kontrakt summasi toʻlab beriladi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Dasturda faqat ayol-qizlar qatnashishi mumkin.
  • Nomzodlar 2022-2023-oʻquv yilida I. Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti, mexanika fakulteti, Texnologik mashinalar va jihozlar (sovutish mashinasozligi) yo‘nalishida 1, 2, 3 yoki 4-kursda toʻlov-kontrakt asosida oʻqishi kerak.
  • 2022-yil 1-30-avgust kunigacha www.e-learning.03.uz saytida “Sovutish va havoni konditsionerlash” onlayn kursidan o‘ting va sertifikatini oling.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga arizalar 2022-yil 30-avgustgacha qabul qilinadi.

Ushbu grantga ariza topshirish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi.

1. Grant uchun ariza shaklini yuklab oling. Ariza shaklini BU YERDAN yuklab olish mumkin (Файл — Скачать — Microsoft Word (DOCX)). Arizani onlayn toʻldira olmaysiz, faqat yuklab olib, keyin toʻldirish mumkin.

2. 2022-yil 1-avgustdan 30-avgustgacha www.e-learning.o3.uz saytida “Sovutish va havoni konditsionerlash” onlayn kursidan o‘ting va sertifikatini oling. Bu onlayn kursda oʻqish bepul. Kursni faqat 2022-yil 1-avgustdan boshlab oʻqish mumkin.

3. Onlayn kursidan olingan sertifikat va to‘ldirilgan anketa 2022-yil 30-avgustgacha ozone.o3.uz@gmail.com manziliga yuborilishi kerak. Elektron pochtaning “Mavzu” qismida “TDTUga grant olish uchun ariza” deb yozing.

4. Ariza va sertifikatni muvaffaqiyatli topshirgan nomzod suhbatga taklif qilinadi. Suhbat 2022-yilning 5-10 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Quyidagi mezonlar baholash uchun qoʻllaniladi va eng yaxshi ikkita muvaffaqiyatli nomzod grant uchun ko’rib chiqiladi:

  • www.e-learning.o3.uz onlayn kursida olingan sertifikat – 50 ball.
  • Umumiy va maxsus savollar bo’yicha suhbat – 50 ball.

Ushbu grant yuzasidan savollarinigiz boʻlsa, @grantTDTU2022 telegram guruhida soʻrab olishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!