×

Toshkent: Moʻtadil choʻl hududlari mavzusidagi xalaro konferensiyaga tezislar qabul qilinmoqda


Grant

MUHLAT

15.08.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

2352 marta

Choʻllar boʻyicha Markaziy Osiyo tashabbusi (CADI) 1-tezislar tanlovini eʼlon qildi. Mazkur tanlovdan maqsad – moʻtadil choʻl hududlari ekotizimining ahamiyati haqida ogohlikni oshirishda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdir.

Mazkur tanlovga tezislar ingliz yoki rus tilida topshirilishi mumkin va tezislar moʻtadil choʻl hududlariga (EN: Cold Winter Deserts; RU: Пустыни умеренного пояса) oid mavzuda boʻlishi lozim (mavzularga namuna quyida keltirilgan).

Grant kimlar uchun?

Barcha xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Muvaffaqiyatli nomzodlar 2021-yilning dekabr oyida Toshkentda boʻlib oʻtadigan “Moʻtadil choʻl hududlari” xalqaro konferensiyasida oʻz tadqiqot ishini taqdim etish yoki tadqiqot natijalarini Konferensiya doirasida tashkil etiladigan poster seansida namoyish etish imkoniyatiga ega boʻladi. Tanlangan tezislar toʻplam sifatida chop etiladi hamda toʻliq ilmiy ishlar konferensiya materiallari toʻplamiga kiritiladi.

Talablar:

Mazkur tanlovda sohaga qiziquvchi barcha oʻz tadqiqot (ilmiy) ishi tezisi bilan qatnashishi mumkin.

Tezislar rus yoki ingliz tilida yozilishi va 500 soʻzdan oshmasligi lozim.

Nomzodlarga quyidagi mavzularda tezis yozish tavsiya etiladi:

  1. Biodiversity and ecosystem protection
  2. Transboundary migration of species in cold winter desert regions
  3. Protected areas
  4. Human security – improvement of livelihoods of local communities, infrastructure development, creation of new employment opportunities to make the villages in the deserts attractive for living.
  5. Climate change and combating desertification
  6. Integrated Natural Resource Management (INRM) including sustainable land and pasture management (SLM) in CWDs
  7. Saxaul (Haloxylon ssp.) desert forests
  8. Best practices on data collection, management, and dissemination
  9. Water resources in desert areas and sustainable use of water (including traditional knowledge)
  10. The role of alternative renewable energy in desert areas
  11. Prospects for the development of agriculture in desert
  12. Any other topic relevant to cold winter desert ecosystems.

Dasturga qabul jarayoni:

Tezislar 2021-yilning 15-avgustiga qadar Nargizakhon.Khujaeva@fao.org elektron pochtasiga yuborilishi lozim. Email mavzusiga (Subject) “Application for CWD Conference” deb yozilishi kerak.

MUHIM: Tezis topshirishga kirishishdan oldin tanlovning rasmiy eʼloni bilan batafsil tanishib chiqing:

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!