×

AQSh, Kanada va Fransiya: ayollar uchun liderlik kurslari


Grant

MUHLAT

01.06.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

4067 marta

AQShda joylashgan Garvard Biznes Maktabi va unga hamkor INSEAD Biznes Maktabi (Fransiya) tomonidan tashkil etilayotgan International Women’s Forum Fellowship program dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur jamiyatga ijobiy o’zgarishlar olib kirayotgan faol, intiluvchan va tirishqoq yetakchi ayollar uchun mo’ljallangan. Dastur doirasida dunyoning barcha hududlaridan bo’lgan eng iqtidorli va eng tirishqoq 33 nafar ayol liderlik trening kursi uchun qabul qilinadi. Kurs davomida qatnashchilar Garvard Biznes Maktabi yoki Fransiyadagi INSEAD Biznes Maktabi’ning 2 haftalik liderlik tayyorlov kursida o’qishlari va yillik Jahon Liderlik Konferensiyasida ishtirok etishadi. Xalqaro Ayollar Forumi yetakchi ayollar uchun o’tkaziladigan eng nufuzli xalqaro forumlardan hisoblanadi va unda 85dan ortiq qatnashchilar ishtirok etadi. Ayollar liderlik tayyorlov dasturi jami 20 kun davom etadi. Kurs yil davomida 2 marta bo’ladi: bahordagi kurslar (fevral-mart) Fransiyada, yozdagilari (iyun-iyul) AQShda bo’ladi. Konferensiya esa Kanadada bo’lib o’tadi.

2019-2020 yilgi liderlik kursi uchun 36 nafar qatnashchi saralab olingan edi. ular haqida batafsil

Grant kimlar uchun?

Yetakchi ayollar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu nufuzli dastur pulli bo’lib, butun dastur uchun kontrakt to’lovi 30 000 AQSh dollarini tashkil qiladi. To’lov tarkibiga quyidagilar kiradi:

  1. 4 kunlik tanishtiruv dasturida ishtirok etish.
  2. Xalqaro liderlik konferensiyasida ishtirok erish.
  3. Turar-joy va oziq-ovqat.
  4. Garvard Universitetida 2 haftalik liderlik darslari.
  5. O’quv materiallari.
  6. Qatnashchi uchun rahbar (mentor) ajratish.

Talablar:

Dasturga quyidagi talablarga eng mos nomzodlar saralab olinadi:

  1. Nomzod o’zi yashaydigan jamiyat va o’zi ishlaydigan tashkilotga ijobiy o’zgarishlar olib kira olgan shaxs bo’lishi kerak.
  2. Nomzod o’zida kuchli yetakchilik va intiluvchanlik sifatlarini namoyon etishi kerak.
  3. Nomzod o’z sohasi va karyerasida katta yutuqlarga erishishga ahd qilgan bo’lishi hamda dasturda ishtirok etgach albatta ijobiy o’zgarishlar qilishga bel bog’lashi zarur.
  4. Nomzod yetarlicha ish tajribasiga va katta yutuqlarga erishgan shaxs bo’lishi kerak.
  5. Nomzodning aqliy salohiyati juda yuqori bo’lishi kerak. Uning aqliy imkoniyatlari erishgan yutuqlari hamda tavsiyanomalarga asoslangan holda o’lchanadi.
  6. Nomzod umumiy holda kuchli, oldinga intiluvchan va o’z oldiga yuksak maqsadlar qo’ygan umidli va yorqin shaxs bo’lishi zarur.
  7. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  8. Nomzod dasturga qabul qilingach butun dastur davomida mashg’ulotlarda ishtirok etishini kafolatlashi zarur.
  9. Nomzod dasturdan keyin ham kamida 10 yil davomida o’z sohasida qolishi va yana yutuqlarga erishishi, dasturda to’plagan bilimlaridan foydalanishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2020-yil 1-iyunga qadar bu yerda qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun leadershipfoundation@iwforum.org elektron manziliga murojaat qiling. Dastur nizomi

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!