×

Transversalidades – Photography without Frontiers: bosh mukofot 1500 yevroni tashkil qiluvchi fototanlov!


Grant

MUHLAT

12.05.2024

QOLGAN VAQT

15 kun

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

3499 marta

Center for Iberian Studies markazi dunyo bo’ylab barcha hudud, jamiyat va madaniyatlarning xilma-xilligini kashf qilish orqali turli xil tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy landshaftlarni namoyon etish maqsadida Transversalidades: Photography without Frontiers fototanlovini tashkil etmoqda. Tanlov orqali quyidagigalarga erishish ko’zda tutilgan:

  • tasvirning estetik, hujjatli va pedagogik ahamiyatidan foydalanib, unchalik mashhur bo’lmagan hududlarni, resurslarni inventarizatsiya qilishga, mahalliy landshaftlar, madaniyatlar va merosni yaxshilashga ko‘maklashish;
  • turli xalq, muassasalar va hududlar o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, turli mamlakatlar va bir nechta qit’alar bo’ylab tajriba va bilim almashishni rag’batlantirish;
  • yangi auditoriyani shakllantirish va yangi texnologiyalardan imtiyozli aloqa vositasi sifatida foydalanish, universitetning yosh talabalari ishtirokini kengaytish va shu yo’l bilan CEIdan tashkil etilayotgan tadqiqotchilarning xalqaro tarmog’ini kengaytirish.

Tanlov uchun yuboriladigan suratlar quyidagi mavzulardan biriga tegishli bo’lishi kerak:

  • Landshaftlar, hayvonot va o’simliklar dunyosining xilma-xilligi va tabiiy meros. Bunda tabiiy resurslar va ularga xavf soluvchi omillar; tabiiy hududlardan to’g’ri foydalanish va rejalashtirish; inson va atrof-muhit o’rtasidagi aloqa va boshqalar).
  • Qishloq joylari, qishloq xo’jaligi va aholi yashash hududi. (Tovarlar va qishloq xo’jaligi mahsulotlari, qishloq joylarini tashkil etish; joylar va qishloq arxitekturasi, harakatchanlik va boshqalar).
  • Shaharlar va urbanizatsiya jarayoni (Shahar va uning arxitektura, regeneratsiya  hamda urbanizatsiya jarayonlari va boshqalar).
  • Madaniyat va jamiyat: madaniy xilma-xillik va ijtimoiy inklyuziya (madaniy meros, odamlarning turmush tarzi va ijtimoiy ahvoli; qashshoqlik va ijtimoiy chetlanishga qarshi kurash va boshqalar).

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov g’oliblari quyidagicha taqdirlanadi:

  • Eng yaxshi portfolio egasi deb tan olingan 1 nafar g’olib uchun 1500 yevro pul mukofoti.
  • Har bir mavzu bo’yicha eng yaxshi va to’liq portfolio egasi deb topilgan 4 nafar g’olib uchun har biriga 750 yevrodan pul mukfoti..
  • Undan keyingi o’rindagi eng yaxshi 12 ta ishtirokchining har biri uchun 150 yevro pul mukofoti.
  • Bundan tashqari, mualliflik huquqiga ega bo’lgan va tanlov talablariga javob bera oladigan saralangan portfoliodagi suratlar CEI nashrlarida yoki yakuniy ko’rgazmalarida muallifi berilgan holda namoyish etilishi mumkin.

Talablar:

Ishtirokchilarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Tanlovda butun dunyo bo’ylab suratga olishga qiziquvchi barcha ishtirok etishi mumkin.
  • Har bir nomzod tanlovning biror mavzusiga oid oltita fotosuratdan iborat bitta portfolio taqdim etishi mumkin.
  • Tanlovga ariza topshirish, rasmlarga tavsif yozish ingliz tilida amalga oshirilishi.

Rasmlarga oid talablar

Ariza beruvchi quyidagilarga kafolat berishi kerak:

  • Suratlar original ekani.
  • Surat muallifga tegishli ekanligini tasdiqlovchi biror belgi yoki elementini bo’lmasligi kerak.
  • Ushbu suratlar avval mukofotlanmagan bo’lishi kerak.

Rasmlarning formatlari va o’lchamlari quyidagicha bo’lishi lozim:

  1. Anketani to’ldirgandan so’ng, fotosuratlarni yuqori sifatda elektron shaklda JPG formatida ceibericos.transversalidades@gmail.com  elektron pochta manziliga yuboring. 20MB dan katta fayllarni yuklash uchun www.wetransfer.com sayti orqali rasmlarning asl nusxasini yuboring.
  2. Ishtirokchilar tanlov uchun barcha suratlarni faqat bitta faylda zip yoki rar formatida yuborishlari kerak.
  3. Rasmlar ekran rezolutsiyasi 72 dpi va oʻlchami 2000 dan 2500 pikselgacha bo’lishi kerak (rasm burchagiga qarab, gorizontal yoki vertikal).

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga arizalar BU YERDA onlayn yuboriladi. Ariza shaklini to’dirayotgda quyidagilarga e’tibor bering:

  • Muallif haqidagi shaxsiy ma’lumotlar; har bir fotosurat uchun tavsif.
  • 6 ta fotosuratdan iborat portfolio. Fayl nomi har bir ishtirokchining identifikatsiya raqami bilan aniqlanishi kerak, masalan, shaxsiy guvohnoma raqami, pasport yoki boshqa. (Masalan: 122258045.zip). Ceibericos.transversalidades@gmail.com  elektron pochta manziliga yuboring
  • Tanlov shartlarini qabul qilganligi haqidagi dekloratsiya. 

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi kerak.

Tanlovga ariza topshirish 2024-yil 12-maygacha davom etadi. Tanlov g’oliblari 2024-yil 30-nayabrga qadar CEI ning rasmiy sahifasida e’lon qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish nomzodlar quyidagilarni hisobga olishi kerak:

  • Ishtirokchilar o’z rasmlari bo’yicha barcha javobgarlikni o’z bo’yniga olishlari.
  • Taqdim etilgan fotosuratlar nashrlarda va ushbu tanlovga bog’liq har qanday ko’rgazma yoki katalogda ishlatilishiga rozi bo’lishi.
  • Taqdim etilgan fotosuratlar CEI tomonidan hech qanday tijorat maqsadlarsiz ko’paytirilishi, nashrlar tasvirlangan yoki rasmiy veb-saytda ko’rsatilishi mumkinligiga rozilik bo’lishi.
  • Tanlovga taqdim etilgan fotosuratlardan bir nechta aloqa materiallarida, nashrlar yoki jurnallarda va Internetda doimo muallifning ismi ko’rsatilgan holda oldindan ogohlantirishlarsiz foydalanish mumkinligiga rozilik bo’lishi lozim.

Ma’lumot uchun, CEI tashkiloti rasmiy veb-saytdagi fotosuratlar ko’rgazmasi orqali amalga oshirilishi mumkin bo’lgan noqonuniy yuklab olishlar uchun javobgarlikni o’z bo’yniga olmaydi.

Eslatmalar:

Tanlovda g’olib bo’lgan va  mukofotlangan rasmlar kamida 8 megapiksel (taxminan 3500 x 2300) va TIFF formatida taqdim etilishi kerak. (WeTransfer orqali ceibericos.transversalidades@gmail.com  manziliga yuboring). Agar ushbu shart bajarilmasa, g’oliblar mukofoti bekor qilinadi. Har bir ishtirokchi fotosuratlarni jo’natish paytida yetkazilishi mumkin moddiy va ma’naviy zarar uchun javobgar bo’ladi.

MUHIM: tanlovga hujjat topshirishga kirishishdan avval rasmiy e’lon va hujjat topshirish jarayonlari bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!