×

Transversalities Project 2021: Fotosuratlar tanlovida ishtirok eting va 1500 yevro yutib oling!


Grant

MUHLAT

07.05.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1909 marta

Center for Iberian Studies (Iberiya tadqiqotlar markazi) tomonidan tashkil etilgan Transversalities Project fotosuratlar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Center for Iberian Studies markazi periferik va chegaraga yaqin bo’lgan, aholi zich joylashmagan  hududlar bilan hududiy hamkorlikni qo’llab-quvvatlash vazifasi asosida faoliyat olib boradi. Ushbu vazifani amalga oshirish hamda bunda suratkashlikning ahamiyatini hisobga olgan holda Transversalities Project dasturi doirasida markaz maqsadlarini aks ettiruvchi fotosuratlar tanlovini o’tkazmoqda. Tanlovda yoshi va kasbidan qat’iy nazar barcha ishtirok etishi mumkin. Tanlovda quyidagi 4 yo’nalish bo’yicha fotosuratlar qabul qilinadi:

  1. Landshaftlar, biologik xilma-xillik va tabiiy meros (tabiiy resurslar va tabiiy xavf-xatarlar; tabiiy hududlardan foydalanish, boshqarish va rejalashtirish; manbaning xilma-xilligi va inson va atrof-muhit o’rtasidagi munosabatlar va boshqalar).
  2. Qishloq hududlari, qishloq xo’jaligi va aholi punktlari (tovarlar va qishloq xo’jaligi mahsulotlari, qishloq hududlarning tuzilishi; joylar va qishloq hududlar arxitekturasi,  o’zgaruvchanlik va boshqalar).
  3. Shahar va urbanizatsiya jarayoni (shahar, me’morchilik, qayta tiklanish va urbanizatsiya jarayonlari; landshaftlar, shahar muhiti va boshqalar).
  4. Madaniyat va jamiyat: madaniy xilma-xillik va ijtimoiy inklyuziya (yaratilgan meros va madaniy meros, turmush tarzi va ijtimoiy sharoit; qashshoqlik va ijtimoiy chetga chiqarib tashlash bilan kurashish va hk).

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov ishtirokchilari quyidagi tartibda mukofotlanadi:

  • Eng oliy o’rin (1 nafar)-eng yaxshi va to’liq tartibda taqdim etilgan portfolio uchun 1500 yevro pul mukofoti
  • Yo’nalishlar bo’yicha g’oliblar (4 nafar)- har bir yo’nalish bo’yicha taqdim etilgan eng yaxshi va to’liq tartibdagi portfolio uchun 750 yevro pul mukofoti
  • Shuningdek, hakamlar hay’ati tomonidan yana 12 ta portfolioning har biri 150 yevro pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Mukofotlar  tanlov g’oliblariga 2021yil, 31-dekabr sanasigacha topshiriladi. Agar g’olib bilan bog’lanishning imkoni bo’lmasa, mukofotni topshirish muddati 2021 yil, 31-dekabrgacha etib belgilangan.

Talablar:

  • Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar yuqoridagi 4 ta yo’nalishdan biri bo’yicha  umumiy 6 ta suratdan iborat 1 ta portfolioni taqdim etishi kerak.
  • Nomzod taqdim etgan fotosuratlar original bo’lishi kerak.
  • Tanlovga topshirilgan rasmlar avval boshqa tanlovlarda mukofotlanmagan va chop etilmagan bo’lishi kerak.
  • Fotosuratlar muallifning shaxsiga oid biror elementni o’z ichiga olmasligi kerak.
  • Fotosuratlarning ekran o’lchamlari 72 dpi va hajmi (kengligi yoki balandligi) 2000 dan 2500 pikselgacha (gorizontal yoki vertikal, fotosurat olingan holat bo’yicha) bo’lishi kerak.
  • Tanlov g’oliblaridan mukofot topshirilishidan avval o’zlari taqdim etgan fotosuratlarining minimal hajmi 8 MP (3500 x 2300 ppp atrofida) va TIFF formatini taqdim etishlari talab etiladi. Ushbu shartni bajarmagan g’olibga mukofot taqdim etilmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlov uchun ro’yxatdan o’tish va fotosuratlarni jo’natish muddati 2021-yil 7-may  sanasigacha etib belgilangan. Tanlovda qatnashish uchun onlayn tarzda ariza topshirish talab etiladi. Onlayn ariza topshirish bepul hisoblanadi. Onlayn ro’yxatdan o’tishni bu yerdan boshlang.

Onlayn ariza topshirish davomida arizachi haqidagi shaxsiy ma’lumotlar to’ldirilishi va topshiriladigan har bir fotosurat tasvirlab berilishi kerak.

Onlayn ariza topshirilganidan so’ng tanlov qatnashchilari  6 ta fotosuratdan iborat portfolioni 1 ta fayl shaklida, elektron variantda jo’natishi kerak. Rasmlar JPG formatda bo’lishi (yuqori sifatli siqilgan bo’lishi) va fotosuratlar fayli arizachining identifikatsion raqami: guvohnoma raqami yoki pasport raqami bilan nomlanishi kerak (Masalan: 122258045.zip). Ishtirokchilar  barcha fotosuratlar joylangan 1 ta faylni zip yoki rar shaklida  ceibericos.transversalidades@gmail.comelektrom manziliga jo’natishlari shart. Shuningdek hajmi   20 MB dan katta fayllarni yuklash uchun fotosuratlarning original variantini  www.wetransfer.com sayti orqali yuborishi ham talab etiladi.

Tanlovga taqdim etilgan fotosuratlar mutaxassislar tomonidan baholanadi va natijalar 2021  yil, 31-oktyabr sanasigacha Center for Iberian Studies ning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Tashkilotchilar tanlovga oid qo’ng’iroqlarga yoki xatlarga javob bermaydi. Ishtirokchilar tanlov natijalarining belgilangan muddatda e’lon qilinishini kutishlari kerak. Ishtirokchilar o’zlari taqdim etgan fotosuratlar bo’yicha mualliflik huquqini saqlab qoladilar. Agar ularning fotosuratlaridan ijtimoiy tarmoqlarda, yoki nashriyot ishlarida foydalaniladigan holatlarda hamisha muallif ism-sharifi ko’rsatib o’tiladi.

Tanlov bo’yicha to’liq ma’lumot bilan bu yerda tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!