×

Trinity University: bakalavr kursi uchun 10 ming AQSh dollarigacha grant


Grant

MUHLAT

21.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

556 marta

AQShning Texas shtatida joylashgan Trinity University oliygohi  Department of Music Composition Scholarships for International Students 2020 grant dasturi orqali bakalavr bosqichida o’qishni rejalashtirayotgan talabalarga o’zining grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi Trinity University oliygohida o’qitiladigan bakalavr yo’nalishlari uchun ajratilgan. Grant dasturidan asosiy maqsad shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab quvvatlash.   

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar 1500 AQSh dollaridan 10000 AQSh dollarigacha bo’lgan pul mukofoti bilan taqdirlanadilar. Grantni har yili olish uchun talabaning o’qishi pasayib ketmasligi kerak.

Trinity University oliygohi bakalavr bosqichi to’lov kontraktlari haqida ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:

  • Nomzod Trinity University oliygohining bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirishi va qabul qilinishi kerak. Bakalavr kursi qabul talablari bilan bu yerda to’liq ma’lumot olishingiz mumkin.
  • Nomzod musiqaga bo’lgan qiziqishini amaliy tekshiruv jarayonida ko’rsata olishi lozim. Amaliy tekshiruv jarayoni uchun istalgan musiqa yo’nalishini tanlab olish imkoniyati mavjud. Musiqiy amaliyot bosqichi haqida to’liq ma’lumot bu yerda.
  • Ijtimoiy faol, jamoat ishlarida tashabbuskorligini tasdiqlovchi maxsus sertifikatlarga egaligi maqsadga muvofiq.
  • Ingliz tili bilim darajasini ko’rsatuvchi IELTS 6 ball, TOEFL IBT 76 ball sertifikatlarini taqdim etishlari lozim. Til talablari haqida to’liq ma’lumotni bu yerda bilib olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun Trinity universitetiga hujjat topshirish jarayonida ushbu ariza ilova qilinishi lozim. Amaliyot bosqichi o’tkazilish sanalari haqida to’liq ma’lumotni universitet xodimlari elektron pochta orqali xabar berishadi. Kursga hujjatlar bu yerda 2021-yil 1-fevraligacha qabul qilinadi.  Muddatdan oldin ro’yxatdan o’tish grantni qo’lga kiritish imkoniyatini oshiradi. Hujjat topshirayotganda quyidagi hujjatlar kerak bo’ladi:

  • Akademik resume
  • Bundan oldingi ta’lim bosqichi baholar ro’yxati
  • Taqdirlangan sertifikatlar
  • Ingliz tili bilim darajasini belgilovchi sertifikat (muddati o’tmagan bo’lishi lozim).
  • ACT va SAT test natijalarini ko’rsatuvchi sertifikat (majburiy emas)
  • Pasport nusxasi
  • 2 ta akademik tavsiyanoma.

Hujjatlar ingliz tilida bo’lishi lozim. Agar hujjat boshqa tilda bo’lsa, notarius orqali tayyorlangan rasmiy tarjimasi topshiriladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun atucker@trinity.edu  elektron manziliga yoki 210-999-8212 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!