×

Trinity University: bakalavr kursi uchun yillik 27 ming AQSh dollarigacha grant


Grant

MUHLAT

01.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1912 marta

AQShning Texas shtatida joylashgan Trinity University oliygohi Merit-Based Scholarship for International Students grant dasturi orqali bakalavr bosqichida o’qishni rejalashtirayotgn talabalarga o’zining grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi Trinity universitetida o’qitiladigan bakalavr yo’nalishlari uchun ajratilgan. Grant dasturidan asosiy maqsad shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab quvvatlash. Trinity universitetida mavjud kurslar ro’yxati bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar 4 yillik bakalavr kursi uchun yiliga 5000-27000 AQSh dollari miqdorida yordam puli bilan ta’minlanadilar. Grantni har yili olish uchun talabaning o’qishi pasayib ketmasligi kerak. Trinity universiteti bakalavr bosqichi kontrakt to’lovi 2020-21-o’quv yili uchun 45 840 USD. To’lov kontraktlari haqida ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:

  • Nomzod Trinity University oliygohining bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirishi va qabul qilinishi kerak. Bakalavr kursi qabul talablari bilan bu yerda to’liq ma’lumot olishingiz mumkin.
  • Nomzod maktabni (litsey, kollej) a’lo baholarga tamomlagan bo’lishi lozim.
  • Ijtimoiy faol, jamoat ishlarida tashabbuskorligini tasdiqlovchi maxsus sertifikatlarga egaligi maqsadga muvofiq.
  • Ingliz tili bilim darajasini ko’rsatuvchi IELTS 7 ball, TOEFL IBT 100 ball yoki Duolingo 120 sertifikatlarini taqdim etishlari lozim. Til talablari haqida to’liq ma’lumotni bu yerda bilib olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun alohida ariza topshirilmaydi, Trinity University bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirish kifoya. Kursga hujjatlar bu yerda 2020-yil 1-noyabrgacha qabul qilinadi. Hujjat topshirayotganda quyidagi hujjatlar kerak bo’ladi:

  • Akademik resume
  • Bundan oldingi ta’lim bosqichi baholar ro’yxati
  • Taqdirlangan sertifikatlar
  • Ingliz tili bilim darajasini belgilovchi IELTS 7,0 ball, TOEFL IBT 100 ball yoki Duolingo 120 sertifikati (muddati o’tmagan bo’lishi lozim).
  • Pasport nusxasi
  • 2 ta akademik tavsiyanoma.

Hujjatlar ingliz tilida bo’lishi lozim. Agar hujjat boshqa tilda bo’lsa, notarius orqali tayyorlangan rasmiy tarjimasi topshiriladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun admissions@trinity.edu elektron manziliga yoki 210-999-7011 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!