×

Buyuk Britaniya: magistratura va doktorantura uchun grant


Grant

MUHLAT

05.12.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2810 marta

Buyuk Britaniyada joylshgan Cambridge universitetining Trust Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar Cambridge universiteti magistratura va doktorantura (DPhil) kurslariga birinchi marta o’qishga kirgan iqtidorli, a’lochi va yetakchilik qobiliyatiga ega talabalarga beriladi. Cambridge Trust grant dasturi Cambridge universitetidagi bakalavr va doktorantura uchun eng asosiy grantlardan biri bo’lib, undan maqsad bo’lajak yetuk mutaxassislarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. Universitetda o’qitiladigan barcha kurslar haqida batafsil ma’lumot bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktoranturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Trust grant dasturi doirasida belgilanadigan grantlar miqdori nomzod o’qishga qabul qilingach uning ko’rsatkichlaridan kelib chiqib belgilanadi. Grantlar to’liq yoki qisman bo’lishi, shuningdek safar xarajatlarini ham qoplashi mumkin. Talabaga aynan qanday miqdor va ko’rinishdagi grant berilishi u grantni yutib olgach, taklif xatida ko’rsatiladi.

Talablar:

Grantlar eng iqtidorli deb topilgan, eng a’lochi va yuksak liderlik qobiliyatiga ega deb topilgan talabalarga beriladi. Nomzodlarga umumiy talablar quyidagicha:

  1. Nomzodlar dunyoning istalgan hududidan bo’lishlari mumkin, yosh va millatga aloqador cheklovlar ham yo’q.
  2. Grant berilishi uchun nomzod o’zi hujjat topshirgan kursga o’qishga qabul qilinishi kerak.
  3. Agar nomzod Kembrij universitetida hujjat topshirgan darajadagi kursda ilgari o’qigan bo’lsa, unga grant belgilanmaydi. Istisno sifatida PhD bosqichiga o’tish uchun ikkinchi marta magistratura o’qishi zarur talabalarga grant belgilanishi mumkin.
  4. Nomzodlar o’zlari hujjat topshirgan kurslarning talablariga to’liq mos bo’lishlari zarur.
  5. Kursga qabul uchun esa nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Til bilish darajasiga qo’yilgan talablar turli kurslar uchun turlicha, bu yerga kirib, sahifaning oxirida joylashgan qidiruv tugmasi orqali sizni qiziqtirgan kurs uchun ingliz tilini bilish darajasiga qo’yilgan talabni bilib olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun alohida ariza topshirish shart emas, magistratura kursiga ariza topshirib, onlayn portaldagi “funding” qismi to’ldirilsa bas, nomzod magistratura kursidan tashqari grant uchun ham nomzodlikka qo’yiladi. Kembrij universiteti magistratura kurslari uchun hujjatlar 2018-yilning 5-dekabri hamda 3-yanvarigacha qabul qilinadi. Barcha magistratura kurslarida hujjat topshirishning so’nggi muhlati shu ikki sanadan biri bo’ladi, shuning uchun hujjat topshirishdan oldin o’zingizni qiziqtirgan kurs ma’lumotlari bilan tanishib chiqishingiz kerak. Natijalar mart yoki iyul oylarida e’lon qilinadi.

Magistratura kurslariga quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:

  1. Diplom va baholar.
  2. CV.
  3. Tavsiyanomalar.
  4. Ingliz tili testi sertifikati.
  5. Ba’zi kurslar uchun GRE testi natijalari ham so’raladi.
  6. Grant uchun xat. Batafsil

Hujjat topshirish jarayoni bilan batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun savol-javoblar bilan tanishib chiqishingiz yoki cambridge.trust@admin.cam.ac.uk elektron manzili hamda +44 1223 338498 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin (universitet ichki raqami 38498).

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!