×

Trustee Scholarships: AQShda bakalavr kursida o’qish uchun 16 000 AQSh dollari grant!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1494 marta

AQShda joylashgan Point Park University universiteti tomonidan taqdim etiladigan Trustee Scholarships grant dasturi uchun arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar shu universitet bakalavr kursiga qabul qilingan iqtidorli talabalarga beriladi. Universitetida qanday bakalavr kurslariga hujjat topshirish mumkinligini bilish uchun bu yerdagi kurslar ro’yxati bilan tanishib chiqing.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Trustee Scholarships grantini yutib olgan talabaga 16 000 AQSh dollari miqdorida grant o’qish to’lovi uchun taqdim etiladi. Agar talaba universitet qoidalarini buzmasa va baholari pasayib ketmasa, grantni o’qishni tamomlagunicha har yili olishi mumkin bo’ladi. Kontrakt to’lovi qancha?

Talablar:

  • Trustee Scholarship granti akademik ko’rsatkichlari juda yuqori bo’lgan talabalarga beriladi. Grantni yutib olish uchun talaba maktabda (litsey, kollej) olgan baholari o’rtacha balli 4 ballik GPA shkalasida 3.3 ballni tashkil etishi va SAT testidan 990 ball YOKI ACT testidan 19 ball to’plagan bo’lishi kerak. Agar nomzodning GPA balli 3.2 bo’lsa, SAT balli 1030 YOKI ACT balli 20 bo’lishi shart. GPA balli 3.1 ga teng nomzodlardan SAT 1070 yoki ACT 21 talab etiladi. Bundan past ko’rsatkichlarga ega nomzodlarning arizalari grant uchun ko’rib chiqilmaydi.
  • Nomzod Point Park University’da o’qitiladigan bakalavr kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan bo’lishi kerak.
  • Bakalavr kurslariga qabul qilinish uchun nomzod maktabni (litsey, kollej) tamomlagan bo’lishi va baholari yuqori bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va kamida IELTS 6.0 yoki TOEFL PBT 500 sertifikatiga ega bo’lishi kerak.
  • Nomzod SAT yoki ACT testlaridan birini topshirgan bo’lishi kerak.
  • Odatda, nomzod qaysi yo’nalishdagi bakalavr kursiga hujjat topshirganidan kelib chiqib, uning ba’zi fanlardan to’plagan ballariga alohida e’tibor berilishi mumkin. Qabul uchun batafsil talablar bakalavr kurslari sahifalarida ko’rsatilgan. Umumiy talablar

Dasturga qabul jarayoni:

Point Park universiteti bakalavr kursiga qabul qilingan barcha talabalarning nomzodlari Trustee Scholarship granti uchun ko’rib chiqiladi, shuning uchun grant uchun alohida ariza topshirilmaydi. Bakalavr kurslariga ariza topshirishning o’zi kifoya. Point Park universiteti bakalavr kurslariga yilning istalgan vaqtida ariza topshirish mumkin. Ariza topshirish bepul. Nomzod yilning qaysi vaqtida ariza topshirishidan kelib chiqib, kelayotgan semestr yoki yilda boshlanadigan bakalavr kurslaridan biriga joylashtiriladi. Ariza topshirish uchun avvaliga bu yerda akkaunt yaratish va uni faollashtirish kerak. Keyin esa bu yerda ariza to’ldiriladi. Hujjat jarayoni bilan bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin. Ariza topshirishga oid savol va murojaatlar bilan enroll@pointpark.edu elektron manziliga xabar yo’llashingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!