×

Yaponiya: Magistratura bosqichi uchun to’liq grant va oylik stipendiya!


Grant

MUHLAT

28.02.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

4948 marta

Yaponiyada joylashgan Tsukuba universiteti  magistratura bosqichining Program in Economic and Public Policy (PEPP) yo’nalishi uchun 2 turdagi grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda:

  • Joint Japan/World Bank Graduate Scholarship Program (JJ/WBGSP)
  • Asian Development Bank-Japan Scholarship Program (ADB-JSP)

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabaga o’qish kontraktini to’liq qoplab berish bilan bir qatorda quyidagi qo’shimcha imkoniyatlar yaratiladi:

  • Yaponiyaga borish va kelish xarajatlari qoplab beriladi
  • Oylik stipendiya bilan ta’minlanadi
  • Tibbiy sug’urta xarajatlari to’lab beriladi
  • Yapon tili kursi xarajatlari qoplanadi
  • O’quv amaliyoti hamda ta’lim safarlari xarajatlari to’liq qoplab beriladi.

Talablar:

JJ/WBGSP yoki ADB-JSP  grantlaridan birini yutib olish uchun talabalar eng avvalo Program in Economic and Public Policy (PEPP) yo’nalishing qabul talablariga to’liq javob berishlari lozim. PEPP yo’nalishing qabul talablari haqida bu yerda to’liq tanishib chiqishingiz mumkin.

JJ/WBGSP grant dasturiga talablar:

  • Nomzod bir vaqtning o’zida ikkita davlat fuqarosi bo’lmasligi lozim.
  • Nomzod bakalavr darajasini kamida 3 yil oldin tugallagan bo’lishi lozim.
  • Nomzoddan bakalavr darajasini qo’lga kiritgandan keyingi 3 yillik ish tajribasi talab etiladi.
  • Nomzod grant uchun ro’yhatdan o’tayotgan vaqtda rasmiy, haq to’lanadigan ish lavozimiga ega bo’lishi lozim.
  • Nomzod World Bank Group boshqaruv a’zolarining qarindoshi yoki ishchisi bo’lmasligi lozim.
  • Nomzod 45 yoshdan kichik bo’lishi lozim.
  • Nomzod Ingliz tilida yozma va og’zaki ravon nutqqa ega bo’lishi zarur.
  • Nomzod PEPP yo’nalishiga qabul uchun IELTS / TOEFL / TOEIC kabi standartlashtirilgan test sinovlari natijalarini topshirishi lozim.
  • Nomzod PEPP yo’nalishiga qabul uchun GRE standartlashtirilgan test sinovi natijasini taqdim etishi lozim.
  • Nomzod sog’lomligi to’g’risida tibbiy ma’lumotnoma taqdim etishi lozim.

JJ/WBGSP grant dasturi haqida  to’liq ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

ADB-JSP grant dasturiga talablar:

  • Nomzod Program in Economic and Public Policy ga qabul qilingan bo’lishi lozim.
  • Nomzod bakalavr darajasiga bo’lishi lozim.
  • Nomzoddan bakalavr darajasini qo’lga kiritgandan keyingi 2 yillik ish tajribasi talab etiladi.
  • Nomzod Ingliz tilida yozma va og’zaki ravon nutqqa ega bo’lishi zarur.
  • Nomzod 35 yoshdan kichik bo’lishi lozim (ayrim holatlarda 45 yosh)
  • Nomzod sog’lomligi to’g’risida tibbiy ma’lumotnoma taqdim etishi lozim.
  • Nomzod PEPP yo’nalishini tamomlagandan so’ng ona yurtiga qaytishi lozim.
  • Nomzod Asian Development Bank boshqaruv a’zolarining qarindoshi yoki u yerda ish bo’lmasligi lozim.
  • O’z mamlakatidan tashqarida ishlayotganlar ushbu grantga nomzod bo’lolmaydilar.
  • Ushbu grant dasturi bakalavr , qisqa kurslar, online ta’lim uchun mo’jallanmagan.
  • Nomzod magistratura bosqichi uchun birinchi marta ro’yhatdan o’tayotgan bo’lishi lozim.
  • Nomzod PEPP yo’nalishiga qabul uchun IELTS / TOEFL / TOEIC kabi standartlashtirilgan test sinovlari natijalarini topshirishi lozim.
  • Nomzod PEPP yo’nalishiga qabul uchun GRE standartlashtirilgan test sinovi natijasini taqdim etishi lozim.

ADB-JSP grant dasturi haqida  to’liq ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

JJ/WBGSP yoki ADB-JSP grant dasturlariga ro’yxatdan o’tish uchun online ariza  to’ldirib jonatish lozim. Ro’yxatdan o’tish jarayonida qiyinchiliklar bo’lmasligi uchun Ariza yo’riqnomasi bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.

Hujjat topshirish jarayoni haqida ko’p beriladigan savollar bilan bu yerda tanishib chiqshingiz mumkin.

 Qo’shimcha ma’lumot uchun  peppapp@un.tsukuba.ac.jp   elektron manzili yoki +81-29-853-6785/6613 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!