×

Turing Day Hackathon 2024: dasturlashga qiziquvchilar uchun onlayn xakaton!


Grant

MUHLAT

23.06.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1260 marta

Hackathon Raptors tomonidan 2024-yil 23-iyun kuni matematika, kriptografiya va informatika sohasidagi taniqli mutaxassis Alan Turingning tashkil etilgan kuni munosabati bilan onlayn Turing Day hackathoni tashkil etilmoqda. Ushbu hackathon innovatsiyalar va kreativlikni rivojlantirishga qaratilgan boʻlib, unda Interactive Educational Game for [MYAP] $%^&*ing tanlovi boʻlib oʻtadi. Xakaton boshlanish vaqtida topshiriqning toʻliq tavsifi beriladi va jamoalar ochiq tanlovda qatnashishlari mumkin boʻladi. Xakaton veb-formatda boʻlib, unda turli mamlakatlar jamoalar ishtirok etishi mumkin.

Dastur maqsadi texnologiya va oʻyinlardan foydalanib, taʼlimni barcha yoshdagi oʻquvchi va talabalari uchun yanada qulay va qiziqarli qilishdan iborat.

Eslatma: Tanlov nomidagi (Interactive Educational Game for [MYAP] $%^&*ing) oxirgi soʻz atay rebus shaklda yozilgan. Bu rebusni yechgan nomzodlar ushbu xakaton aynan nimaga qaratilganini oldinan bilishi mumkin. Lekin rebusni yechish yoki yecha olmaslik xakataonda qatnashishga taʼsir qilmaydi. Xakaton boshlanganida vazifaning toʻliq tafsilotlari maʼlumot qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Dasturlashga qiziquvchi barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Gʻolib boʻlgan loyihalar Hackathon Raptors tashkiloti tomonidan quyidagi pul mukofotiga ega boʻladilar:

  • Birinchi oʻrin uchun: 1000 AQSH dollari.
  • Ikkinchi oʻrin uchun: 300 AQSH dollari.
  • Uchinchi oʻrin uchun: 200 AQSH dollari.

Qolaversa, ishtirokchilar oʻz ishlarini potentsial hamkorlarning keng auditoriyasiga namoyish etish imkoniyatiga ega boʻladi.

Talablar:

Xakatonda dunyo boʻylab barcha dasturlashga qiziquvchilar, jumladan, veb-developerlar, dasturiy taʼminot muhandislari, QA/DevOps/AI/CV mutaxassislari, dizaynerlar va boshqa ixlosmandlari ishtirok etishi mumkin., qatnashishlari mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Hackathonda ishtirok etish uchun 2024-yil 23-iyunga qadar BU YERDAN roʻyxatdan oʻtishingiz kerak.

Tadbir boshlangan kuni (2024-yil 26-iyun) ishtirokchilar amalga oshirmoqchi boʻlgan gʻoyani tanlaydi. Ishtirokchilar oʻz gʻoyasining kichik taqdimotini Oʻzbekiston vaqti bilan 2024-yil 30-iyun 20:00 dan kechiktirmay taqdim etishlari kerak.

Gʻoliblar hakamlar hayʼati tomonidan 2024-yil 7-iyul 17:00 da eʼlon qilinadi.

Hakamlar hayʼati bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.

ESLATMA: ariza topshirishdan avval rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!