×

Turizm to’g’risida o’zbek, ingliz va rus tilidagi maqolalar tanlovida ishtirok etib, 3 million so’m yutib oling!


Grant

MUHLAT

30.07.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

7198 marta

“Ipak Yo’li” xalqaro turizm universiteti, O’zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish qo’mitasi va Turizmni tivojlantirish instituti tomonidan tashkil etilgan Turizm sohasidagi M\muammolar to’g’risidagi eng yaxshi ilmiy maqolalar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovda quyidagi nominatsiyalar mavzularida yozilgan eng yaxshi maqolalar taqdirlanadi:

  • Gastronomik Turizm Haqida Eng Yaxshi Maqola
  • Sport Turizmi Haqida Eng Yaxshi Maqola
  • Ekologiya Turizmi Haqida Eng Yaxshi Maqola
  • Ekstremal Turizm Haqida Eng Yaxshi Maqola
  • Tibbiy Turizm Haqida Eng Yaxshi Maqola
  • Ziyorat Turizmi Haqida Eng Yaxshi Maqola
  • Yoshlar Turizmi Haqida Eng Yaxshi Maqola
  • MICE Turizmi Haqida Eng Yaxshi Maqola
  • Etnografik Turizm Haqida Eng Yaxshi Maqola
  • MICE Turizm Haqida Eng Yaxshi Maqola
  • Turizmning Boshqa Turlari Haqida Eng Yaxshi Maqola

Grant kimlar uchun?

Talabalar, tadqiqotchilar va mutaxassislar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov g’oliblari quyidagicha taqdirlanadilar:

  • Tanlovning har bir ishtirokchisiga ishtirok etganlik haqida sertifikat, gʻoliblar gʻoliblik diplomi.
  • Pul mukofotlari: 1-o’rin uchun 3 million so’m, 2-o’rin uchun 2 million so’m, 3-o’rin uchun 1 million so’m(har bir nominatsiya boʻyicha).
  • Ilmiy ishlarning elektron toʻplami (PDF formatda) – elektron pochta orqali yuboriladi. Toʻplam ISBN, УДК, ББК indekslariga ega boʻladi.
  • “Turizm va mehmondoʻstlik: fan, taʼlim va amaliyot” elektron jurnalida ilmiy ishni bepul chop etish imkoniyati.

Talablar:

  1. Tanlovda talabalar, tadqiqotchilar va mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin.
  2. Tanlovga taqdim etilgan maqola ilgari nashr etilmagan bo’lishi kerak.
  3. Maqola tanlov mavzusida, ingliz, o’zbek yoki rus tillarida yozilgan bo’lishi, hajmi 15 sahifadan oshmasligi, matni Times New Roman 14 shriftida, 1,5 interval, A4 formatida yozilishi kerak.
  4. Maqola sahifalarining betlarini raqamlamang. Barcha talablar bu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun maqolaning elektron shakli bestarticle1@gmail.com manziliga yuborilishi kerak. Bunda yuborilgan maqolaning nomiga “Лучшая научная статья по проблематикам в сфере туризма deb yozilishi kerak. Ariza topshirganda muallif o’zi haqida ma’lumot ham jo’natishi zarur. Arizalar 2020-yil 30-iyulgacha qabul qilinadi.

Murojaat uchun bestarticle1@gmail.com elektron manziliga xabar yo’llang.

Bog’lanish uchun:

Sabohat Soatova: +998 90 962 63 87
Farhod Abdurahmonov: +998 97 614 33 77

Tanlovda ishtirok etish uchun RASMIY MANBAni oʻqib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!