Xalqaro Turizm Tashkiloti va Sommet Education tomonidan startaplar, innovatorlar va tadbirkorlar uchun tashkil etilgan Hospitality Challenge tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu tanlov turizm va mehmonxona sanoatiga kiritilgan yangiliklar va eng innovatsion yechimlarni kashf etish va taqdirlash maqsadida tashkil etilgan. Ishtirok etish quyidagi yo’nalishlar bo’yicha xizmatni yaxshilash uchun o’z yechimlaringiz bilan ishtirok etishingiz mumkin:
Luxury Travels, Goods
Food And Beverage
Hotels And Hotel Related Operations
Smart Real Estate
Grant kimlar uchun?
Startaplar, innovatorlar va tadbirkorlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Tanlov finalistlari tanlovga hamkorlik qiluvchi universitetlarning magistratura kurslariga o’qishga qabul qilinadilar va to’liq grantga ega bo’ladilar Universitetlar bu yerda ko’rsatilgan. Eng yaxshi 3 loyiha esa yirik kompaniya tomonidan investitsiyaga ega bo’ladilar. Undan tashqari, barcha g’oliblar Xalqaro Turizm Tashkiloti tarmog’iga a’zo bo’ladilar. Tanlovda 30 nafar g’olib aniqlanadi.
Talablar:
- Tanlovga taqdim etilgan g’oyalar BMT’ning barqaror rivojlanish maqsadlariga mos bo’lishi kerak.
- Loyiha shu turdagi boshqa yechimlardan farq qilishi kerak.
- G’oyalar innovatsiya va barqarorlik hamda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanilish darajasi asosida saralanadi.
Dasturga qabul jarayoni:
Arizalar 2020-yil 31-avgustga qadar bu yerda topshiriladi. Ariza topshirishda loyihani tavsiflovchi, hajmi 1200 so’zdan oshmagan insho va prezentatsiya ham talab etiladi. Tanlov haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun idt@unwto.org elektron manziliga murojaat qiling.