×

Turkiya: 52 haftalik stajirovka dasturi; bepul oziq-ovqat, turar joy va oylik 480 AQSh dollar stipendiya!


Grant

MUHLAT

29.09.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Turkiya

O'QILGAN

5130 marta

Xalqaro AIESEC tashkiloti hamda Turkiyaning Adiyaman shahrida joylashgan Adıyaman Doğa Koleji 18 dan 30 yoshgacha ingliz tili oʻqituvchilarini English Teacher stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi. Dasturda qatnashuvchilar Turkiyaning Adiyaman shahrida joylashgan Adıyaman Doğa Kolejida oʻqituvchi boʻlib ishlaydilar. Dastur 2019-yil 20-avgustdan 2020-yil 20-avgustgacha oraliqda 52 haftagacha muddatda davom etishi mumkin. Dasturda qatnashuvchi nomzod quyidagi vazifalarni bajaradi:

Teaching English/English Drama / English Dance / Playing Chess.

Grant kimlar uchun?

18-30-yoshli ingliz tili oʻqituvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarga 52 haftagacha davomida bepul turar joy va oziq-ovqat ajratiladi hamda oylik 2 750 TRY (taxminan 480 USD) stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  • Nomzod ingliz tili oʻqituvchisi boʻlishi zarur.
  • Nomzod 18 dan 30 yoshgacha boʻlishi kerak.
  • Nomzod Education va Languages sohalari boʻyicha bakalavr/magistr/doktor diplomiga ega boʻlishi zarur.
  • Nomzod Language Teaching koʻnikmasiga ega boʻlishi shart.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Dasturda qatnashish uchun ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi koʻrsatilmagan, ammo taxminan CEFR B2 – C1 boʻlishi talab qilinadi.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 29-sentabrgacha.

  1. Hujjat topshirish uchun avval AIESEC saytidan account ochish kerak. Yodda tuting: accountni toʻliq toʻldirmasdan turib stajirovkaga ariza berib boʻlmaydi! Account chala toʻldirilgan holda stajirovkaga ariza berilganda tizim “Unfortunately, you do not meet the required criteria for this opportunity” (“Afsus, siz bu lavozim talablariga javob bera olmaysiz”) deb javob beradi. Shuning uchun accountni maksimal darajada toʻliq va toʻgʻri toʻldirishingi shart.
  2. Account ochish, toʻldirish va ariza berish yoʻriqnomasi: shu yerda. Ariza topshirishni boshlashdan avval ma’lumotni diqqat bilan oʻqib chiqing.
  3. Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.
  4. Agar ma’lumotlaringiz talablarga javob bersa, ariza toʻldirish uchun “Apply now” yozuvini bosib, jarayonni boshlaysiz.

Ariza toʻldirayotganingizda quyidagi ma’lumotlar soʻraladi:

Bu grantning ariza sahifasida 5-6 bosqichli interfeys ochiladi:

  • Shaxsiy ma’lumotlar. Skills (koʻnikmalar).
  • Oʻqigan ta’lim muassasasi haqida ma’lumot.
  • Tillarni qay darajada bilishi haqida ma’lumot.
  • Experience. Ya’ni, qayerda, qancha vaqt ishlaganingiz haqida ma’lumot.
  • Arizaning 5-bosqichida “Siz nima uchun bu lavozimga munosibman, deb oʻylaysiz?” mazmunida savol yoki 3-8 daqiqali test berilgan. Savolga javob bering yoki testni ishlang va “Apply”ni bosing.

Muhim:

  • Ma’lumotlar toʻliq mos kelganda shunchaki koʻrsatilgan (skills, education, academic expirients va hokazo) ma’lumotlarni tasdiqlash va “Next”ni bosib keyingi bosqichga oʻtish lozim.
  • Hujjatlarni elektron pochta orqali joʻnatmang!
  • Dastur yuzasidan savollar tugʻilganda tashkilotchining rasmiy yordam sahifasidan yoki AIESECning GAZIANTEPdagi vakilidan gaziantep@aiesec.org.tr manzili orqali ma’lumot olishingiz mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning sohaga oid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Murojaat uchun: onlayn chat; gaziantep@aiesec.org.tr

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!