×

Turkiya: Bakalavr bosqichida tahsil olish uchun toʻliq va qisman grantlar!


Grant

MUHLAT

30.07.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Turkiya

O'QILGAN

12557 marta

Turkiyaning Sabancı University 2020-2021-oʻquv yilining kuzida boshlanadigan kurslar uchun UNDERGRADUATE SCHOLARSHIPS FOR PROSPECTIVE STUDENTS dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetda dars beriladigan barcha bakalavr bosqichlarining 1-kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant toʻrt yilgacha beriladi. Nomzodning IELTS/TOEFL/SAT/ACT imtihonlaridan baholari, akademik yutuqlari, ijtimoiy faolligi, olimpiada va tanlovlardagi ishtiroki kabilar grant yutish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Sabancı University bakalavriat yoʻnalishlarida kontrakt toʻlovi 2020-oʻquv yili uchun taxminan 19 500 AQSh dollar.

Grant yutib olgan nomzodlarga 4 yilgacha muddatga kontrakt puli 25%, 50%, 75% va 100%ga toʻliq yoki qisman qoplab beriladi. Bu haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Dastur nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni nomzodning oʻzi toʻlashi lozim boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan (Tukiya va Kiprdan tashqari) nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod universitetning bakalavriat kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  • Nomzod attestat/kollej/litsey diplomiga ega boʻlishi kerak.
  • Magistratura va doktoranturada oʻqiydigan nomzodlar bu grantga ariza bera olmaydi.
  • Nomzod intiluvchan, faol, tashabbuskor boʻlishi lozim.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak.
  • Nomzod kursning maxsus talablariga mos boʻlishi lozim.
  • Olimpiada, sport musobaqalari, konkurs, festivaldagi ishtirok diplom/guvohnoma/sertifikatlarinng hammasini topshirish talab qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning barcha bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. Oʻqishga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlarning hammasi grantga da’vogar hisoblanadi. Shuning uchun grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi, shunchaki arizaning ichidagi moliyalashtirish boʻlimida stipendiyaga ehtiyojingiz borligini belgilash va yuqoridagi kabi hujjatlarni qoʻshib yuklash kerak.

Oʻqishga hujjat topshirish uchun dedlayn 2020-yil 30-iyulgacha.

Hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Dastlab shu yerdan qanday qilib hujjat topshirish va kirish talablari, hujjatlar tarkibi haqida oʻqib chiqing.
  • Onlayn ariza toʻldirish: shu yer amalga oshiriladi.
  • Tizimga SAT sertifikatlarini yuklayotganda quyidagi SAT: 7100 universitet kodini kiriting.
  • Onlayn hujjat topshirilgandan keyin barcha hujjatlarning qogʻoz shaklini quyidagi manzilga pochta orqali joʻnating:

Sabancı Üniversitesi

Student Resources Unit

Orta Mahalle, Üniversite Cd.

No:27, Tuzla, 34956 Istanbul, Türkiye

Telefon: +90 (216) 483 90 64

Kerakli hujjatlar tarkibi (onlayn):

  • Onlayn toʻldirilgan ariza.
  • Attestat/kollej/litsey diplomi va diplom ilovasi. Bu hujjatning nusxasi elektron shaklda tizimga joylanadi.
  • Ingliz tili testi (kamida TOEFL iBT 80 ball yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
  • SAT sertifikati.
  • 1 ta tavsiyanoma.
  • Olimpiada, sport musobaqalari, konkurs, festivaldagi ishtirok diplom/guvohnoma/sertifikatlari.

Quyidagi hujjatlarni oʻqishga borganda shaxsan taqdim etish lozim:

  • SAT, GCE, ACT va hokazo sertifikatlarining originali.
  • Attestat/litsey/kollej diplomi.
  • Turkiya Ta’lim vazirligidan High School Diploma Equivalency Certificate.
  • Baholar varagʻi (diplom ilova) originali.
  • Pasport.
  • 4,5×6 cm hajmda 8 ta fotosurat.
  • TOEFL yoki boshqa ekvivalent til sertifikatining asli.
  • Letter of attorney. Ota-onasi/turmush oʻrtogʻidan rozilik xati.
  • Student Information Form. Bu hujjat: shu yerda toʻldiriladi.
  • Information and Declaration Form.
  • Identification and Address Declaration Form.
  • Financial Commitment Form.
  • Student ID Card Form.

Barcha topshiriladigan hujjatlar turk yoki ingliz tilida boʻlishi kerak. Ushbu tillarda boʻlmagan hujjatlar shu ikki tildan biriga tarjim qilinib, notaril tesdiqdan oʻtkazib, keyin topshiriladi. Attestat/kollej/litsey diplomi va diplom ilovasining originali pochta orqali joʻnatiladi. Qolgan hujjatlarning esa nusxasini topshrish keak. Hujjatlar tarkibi: shu yerda berilgan. Ariza berishdan oldin ularni batafsil oʻrganib chiqing.

Nomzodlar grantga IELTS/TOEFL/SAT/ACT imtihonlaridan baholari, akademik yutuqlari, ijtimoiy faolligi, olimpiada va tanlovlardagi ishtiroki kabi mezonlar asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Ma’lumot uchun: studentinfo@sabanciuniv.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!