×

Turkiya: Ingliz tili oʻqituvchilari uchun 52 haftalik stajirovka dasturi; bepul turar joy, oziq-ovqat va stipendiya


Grant

MUHLAT

19.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Turkiya

O'QILGAN

3240 marta

Xalqaro AIESEC tashkiloti ingliz tili oʻqituvchilarini Stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi. Dastur Turkiya Osmaniye Merkezining Osmaniye Bahçeşehir Okulları muassasasida oʻqituvchi boʻlib ishlash imkonini beradi. Dasturda qatnashuvchilar ingliz tilidan dars berishlari kutilmoqda. Dastur 2019-yil 19-avgust va 2020-yil 19-avgust orasida 52 hafta davom etishi mumkin.

Grant kimlar uchun?

Ingliz tili oʻqituvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarga 52 hafta davomida bepul turar joy ajratiladi hamda 3 mahal oziq-ovqat bilan ta’minlanadi. Nomzodga oylik 2 020 turkiya lirasi (taxminan 343 USD) stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • 18 dan 30 yoshgacha nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod ingliz tili oʻqituvchisi boʻlishi zarur.
  • Nomzod bakalavr/magistr/doktor darajasi egasi boʻlishi lozim.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Dasturda qatnashish uchun ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi koʻrsatilmagan, ammo taxminan CEFR C1 boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod kompyuterda ishlay olishi zarur.
  • Dastur tugaganda nomzod oʻz vataniga qaytib ketishi kerak.
  • Nomzod viza talablariga javob berishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 19-iyungacha. Hujjat topshirish uchun ariza onlayn tarzda toʻldirilishi lozim. Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.

Hujjatlar tarkibi:

Onlayn toʻldirilgan ariza. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilib tizimga yuklanadi:

  • Pasport nusxasi.
  • Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi. Ingliz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxasi topshiriladi.
  • IELTS yoki TOEFL sertifikati.
  • Tibbiy ma’lumotnoma.

Barcha hujjatlar tizimga yuklanadi. Hujjatlarni elektron pochta orqali joʻnatmang! Dastur yuzasidan savollar tugʻilganda  tashkilotchining rasmiy yordam sahifasidan yoki adana@aiesec.org.tr manzilidan ma’lumot olishingiz mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari, sohaga olid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Murojaat uchun: onlayn chat.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!