×

Turkiya: Koch universitetining magistratura va PhD dasurlarida oʻqish uchun toʻliq grantlar!


Grant

MUHLAT

15.06.2022

QOLGAN VAQT

147 kun

HUDUD

Turkiya

O'QILGAN

6265 marta

Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan Koch universiteti (Koç University) 2022-yilning kuzidan boshlanadigan magistratura va doktorantura bosqichida oʻqishni xohlagan talabalarga toʻliq grant dasturlarini taklif etadi. Grant taklif etiladigan yoʻnalishlarda oʻqish ingliz tilida olib boriladi. Grantlar universitetning quyidagi Oliy maktablarning koʻrsatilgan magistratura (faqat MS with Thesis dasturlari) va PhD yoʻnalishlaridan biriga kirgan talabalarga taqdim etiladi:

  1. Graduate School of Social Sciences and Humanities (GSSSH):
    MS with Thesis programs (Economics, Political Sciences and International Relations, Psychology, Philosophy, Archaeology and History of Art, Comparative Studies in History and Society, Comparative Literature, Computational Social Sciences, Design, Technology and Society);
    Ph.D. programs (Economics, Political Sciences and International Relations, Psychology , Archaeology and History of Art, Design, Technology and Society, History, Sociology, Private Law, Public Law).
  2. Graduate School of Sciences and Engineering (GSSE):
    MS with Thesis programs (Electrical and Electronics Engineering, Computer Science and Engineering, Computational Sciences and Engineering, Mechanical Engineering, Industrial Engineering and Operations Management, Material Sciences and Engineering, Chemical and Biological Engineering, Biomedical Sciences and Engineering, Mathematics, Physics, Chemistry, Molecular Biology and Genetics);
    Ph.D. programs (Electrical and Electronics Engineering, Computer Science and Engineering, Computational Sciences and Engineering, Mechanical Engineering, Industrial Engineering and Operations Management, Material Sciences and Engineering, Chemical and Biological Engineering, Biomedical Sciences and Engineering, Mathematics, Physics, Chemistry, Molecular Biology and Genetics).
  3. Graduate School of Business (GSB):
    Ph.D. in Business Administration (Marketing, Operations and Information Systems, Quantitative Methods, Finance, Management and Strategy).
  4. Graduate School of Health Sciences
    – PhD dasturlarining aksariyatiga grant ajratiladi, ayrimlariga ajratilmaydi.

Yuqorida koʻrsatilgan magistratur va PhD dastrlaridan boshqa dasturlarga grant ajratilmaydi.

Grant beriladigan dasturlarga qabul qilingan barcha talabaga avtomatik tarzda maʼlum turdagi grant ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant beriladigan magistratura dasturilaridan (MS with Thesis programs) biriga qabul qilingan talabalarga quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi:

  • Kontrakt toʻlovidan 100% ozod qilinadi (qabul qilingan barcha talaba uchun amal qiladi).
  • Oylik stipendiya beriladi (Oliy maktab yoki magistrlik dasturiga qarab, talabalarga raqobat asosida ajratiladi).
  • Turar joy uchun mablagʻ (Oliy maktab yoki magistrlik dasturiga qarab, talabalarga raqobat asosida ajratiladi).
  • Boshqa imtiyozlar (Oliy maktab yoki magistrlik dasturiga qarab, talabalarga raqobat asosida ajratiladi).

Grant beriladigan PhD dasturlaridan biriga qabul qilingan talabalarga quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi:

  • Kontrakt toʻlovidan 100% ozod qilinadi (qabul qilingan barcha talaba uchun amal qiladi, faqat sogʻliqni saqlashga oid ayrim yoʻnalishlar bundan mustasno).
  • Oylik stipendiya beriladi (qabul qilingan barcha talaba uchun amal qiladi, stipendiya miqdori baholash komissiyasi tomonidan belgilanadi).
  • Universitet yotoqxonasidan bepul xona ajratiladi yoki turar joy uchun mablagʻ beriladi (bu imtiyoz xona yoki mablagʻning mavjudligi asosida ajratiladi).
  • Tibbiy sugʻurta bilan taʼminlanadi (qabul qilingan hamma uchun).
  • Ofis joyi ajratiladi (qabul qilingan hamma uchun).
  • Ilmiy konferensiya yoki tadqiqot mashgʻulotlariga borish xarajatlari uchun mablagʻ ajratiladi (raqobat asosida tanlangan talabalarga taqdim etiladi)
  • Boshqa imtiyozlar (Oliy maktab yoki magistrlik dasturiga qarab, talabalarga raqobat asosida ajratiladi).

Oliy maktablar taklif etadigan grantlar midqorlari haqida har bir Oliy maktab sahifasida batafsil bilib olishingiz mumkin:

Talablar:

Mazkur dasturlarga istalgan davlat fuqarolari topshirishi mumkin. Shuningdek, nomzoddan bakalavriatni (magistratura uchun) yoki magistraturani (PhD uchun) bitirganlik (yoki oʻqish boshlanguncha bitirish) talab etiladi.

Bundan tashqari, nomzoddan tanlangan yoʻnalishda oʻqish uchun ingliz tilini yetarli darajada bilish talab etiladi (aksariyat dasturlarga faqat TOEFL IBT 80 yoki undan yuqori ball qabul qilinadi; IELTS qabul qilinmaydi).

Shuningdek, baʼzi dasturlarda nomzodlardan GRE natijalari ham talab etiladi.

Har bir dasturning qabul talablari bilan batafsil tanishish uchun shu dasturning sahifasiga kirib, talablarni koʻrib chiqish lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun alohida ariza topshirish talab qilinmaydi. Tegishli yoʻnalishga qabul qilingan talabalarning barchasiga belgilangan grantlar ajratiladi. Magistratura va PhD bosqichlariga esa BU YERDA onlayn tarzda hujjat topshiriladi.

Hujjatlarni qabul qilishning oxirgi sanalari Oliy maktabga qarab farq qiladi. Masalan, baʼzi Oliy maktablar taklif etadigan yoʻnalishlarga qabul 2022-yilning 28-mayigacha, yana boshqa Oliy maktab yoʻnalishlariga esa 2022-yil 15-iyungacha arizalar qabul qilinadi. Hujjat topshirish sanalarini aniq bilib olish uchun BU YERGA kirib, oʻzingiz ariza topshirmoqchi boʻlgan Oliy maktabni tanlashingiz mumkin (Can I have all my application documents ready before the deadline? savoli ostida keltirilgan).

Nomzodlarga imkon qadar ertaroq hujjatlarni topshirish tavsiya etiladi.

Kerakli hujjatlar bilan BU YERDA tanishing. Qabul jarayoni haqidagi batafsil maʼlumot bilan BU YERDA tanishing.

Koʻp beriladigan savollar va ularga javoblarni BU YERDAN topasiz.

 

FavoriteLoadingSaqlanganlarga qo'shish

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!