×

Turkiya: OSTiM texnika universiteti bakalavr kurslari uchun 75% gacha grantlar


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Turkiya

O'QILGAN

2972 marta

Turkiyada joylashgan OSTiM Texnika Universiteti (OSTiMTech) tomonidan xorijlik talabalar uchun ajratilgan grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar OSTiMTech’da o’qitiladigan bakalavr kurslari uchun beriladi. Kurslar ingliz yoki turk tillarida o’qitiladi. Universitetda mavjud bakalavr kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

O’qish to’lovi til kurslari va Vocational School of Higher Education kurslari uchun yiliga 7 500 AQSh dollarini, boshqa kurslarga 15 000 AQSh dollarini tashkil qiladi.

Eng yuqori ko’rsatkichlarga ega talabalar 25-75% grant yutib olishlari mumkin. Yuqori baholarga o’qigan nomzodlarning grant yutish ehtimoli ham ancha baland.

Talablar:

  • Nomzod maktabni (litseyni, kollejni) tamomlagan bo’lishi, o’rtacha baholari 5 balli tizimda 3 ball yoki undan yuqori bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak – qabul uchun kamida IELTS 6.5 so’raladi. Turk tilida o’tiladigan kurslar uchun TÖMER nomli turk tili imtihonidan B2 sertifikati talab etiladi. Til sertifikatlarini taqdim etmagan nomzodlar universited tomonidan tashkil etiladigan til imtihonlarida ishtirok etishlari ham mumkin. 
  • Nomzod OSTiM universiteti bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish oldidan bu yerda ko’rsatilgan qabul talablari bilan tanishib chiqing. O’qishga arizani bu yerda topshirishingiz mumkin. Ariza yuborilgach, 2-5 kun ichida natijalar haqida xabar qilinadi va agar qabul qilingan bo’lsangiz, 500 AQSh dollari miqdorida depozit to’lash kerak bo’ladi.

Kerakli hujjatlar:

 

  • Pasport nusxasi
  • Diplom va baholar nusxasi
  • Fotosurat.

 

 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!