×

Turkiya: Turizm va mehmonxona ishi mutaxassislari uchun 52 haftalik stajirovka dasturi; bepul oziq-ovqat va turar joy; 403 AQSh dollar stipendiya!


Grant

MUHLAT

30.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Turkiya

O'QILGAN

3575 marta

Xalqaro AIESEC tashkiloti va Turkiyaning Trabzon shahrida joylashgan  Ramada Plaza Trabzon 18 dan 30 yoshgacha boʻlgan, ingliz, arab va turk tillarini biladigan turizm va mehmonxona ishi sohasi mutaxassislarini Customer Relations stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi. Dastur Turkiyaning Trabzon shahrida joylashgan  Ramada Plaza Trabzon receptionda Customer Relations vazifasini bajarish imkonini beradi. Dastur 2019-yil 20-iyuldan 2020-yil 20-iyul oraligʻida 52 hafta davom etadi. Dasturda 2 nafar nomzod qatnashadi va ular quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • Costumer Relations: Creating well costumer relation understanding in hotel.
  • Welcoming costumers and while understanding their perspective, establishing good costumer relations.
  • Helping costumers and strengthening communication between different languages.
  • Guiding costumers in the process of check-in and check-out.
  • Representing Ramada Hotel on the phone to answer requests of customers.
  • Consolidation and analysis of customer profile reporting based on countries and regions monthly.

Grant kimlar uchun?

18 -30 yoshli turizm va mehmonxona ishi sohasi mutaxassislari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarga 52 hafta davomida bepul turar joy, kompyuter va oziq-ovqat ajratiladi hamda oylik 2 300 TRY ( taxminan 403 USD) stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • Nomzod 18 -30 yoshda boʻlishi kerak.
  • Nomzod Tourism, Hotel Management sohalari boʻyicha bakalavr/magistr/doktor diplomiga ega boʻlishi zarur.
  • Nomzod ingliz, turk va arab tillarini yaxshi bilish kerak.
  • Nomzod Windows PC Usage, Content Marketing, Market Research, Organisational Management koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
  • Dastur tugaganda nomzod oʻz vataniga qaytib ketishi kerak.
  • Nomzod 1 yillik viza rasmiylashtirishi lozim.
  • Nomzod sayohat va xususiy tibbiy sugʻurta rasmiylashtiradi. Sugʻurtaga qoʻshimcha 250 TRY (taxminan 43,84 USD) toʻlanadi.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 30-avgustgacha.
  2. Hujjat topshirish uchun avval AIESEC saytidan account ochish kerak. Yodda tuting: accountni toʻliq toʻldirmasdan turib stajirovkaga ariza berib boʻlmaydi! Account chala toʻldirilgan holda stajirovkaga ariza berilganda tizim “Unfortunately, you do not meet the required criteria for this opportunity” (“Afsus, siz bu lavozim talablariga javob bera olmaysiz”) deb javob beradi. Shuning uchun accountni maksimal darajada toʻliq va toʻgʻri toʻldiring.
  3. Account ochish, toʻldirish va ariza berish haqida batafsil: shu yerda tanishish mumkin.
  4. Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.
  5. Agar ma’lumotlaringiz talablarga javob bersa, ariza toʻldirish uchun “Apply now” yozuvini bosib, jarayonni boshlaysiz.

Ariza toʻldirayotganingizda quyidagi ma’lumotlar soʻraladi:

  • CV/resume.
  • Shaxsiy ma’lumotlar.
  • Skills (koʻnikmalar).
  • Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi.
  • Tillarni qay darajada bilishi haqida ma’lumot.
  • Ariza ichida bir necha daqiqalik test yoki savol berilishi mumkin. testni yechib berish lozim. Savolga esa maksimal darajada qisqa va mazmunli javob yozing. Odatda bu savol “Siz nima uchun bu lavozimga munosibman, deb oʻylaysiz?” mazmunida berilgan boʻladi.

Eslatma:

  • Barcha ma’lumotlarni elektron shaklda “submit” qilish kerak.
  • Ariza sahifasida 5-6 bosqichli interfeys ochiladi.
  • Ma’lumotlar toʻliq mos kelganda shunchaki koʻrsatilgan (skills, education, academic expirients va hokazo) ma’lumotlarni tasdiqlash va “Next”ni bosib keyingi bosqichga oʻtish lozim.
  • Hujjatlarni elektron pochta orqali joʻnatmang!
  • Dastur yuzasidan savollar tugʻilganda tashkilotchining rasmiy yordam sahifasidan yoki AIESECning TRABZONdagi vakilidan
    trabzon@aiesec.org.tr manzili orqali ma’lumot olishingiz mumkin.
  • Tashkilotchi nomzodlarni suhbatdan oʻtkazishi mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning sohaga oid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi, suhbat kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Murojaat uchun: onlayn chat; trabzon@aiesec.org.tr

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!