×

Turkiyada Bakalavr va Magistraturada o’qish uchun grantlar!


Grant

MUHLAT

14.05.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Turkiya

O'QILGAN

28990 marta

Turkiya davlati Turkiyadagi nufuzli universitetlarda  ta’lim olish uchun xalqaro talabalarga grantlar dasturini taklif qiladi.

Grantlar dasturi  3 ta bosqich uchun o’qishga qabul qiladi:

  1. Bakalavr
  2. Magistratura

Dastur yo’nalishlari turlicha bo’lib, ular haqida har bir universitetdan kengroq ma’lumot olish so’raladi. Dastur san’at, sport, tibbiyot, qishloq xo’jaligi, gumanitar fanlar, ijtimoiy hamda ma’muriy soha,  ilm-fan va texnologiya, muhandislik, turk tili kabi keng yo’nalishlarni qamrab oladi.

Ariza topshirish muhlatlari: 

Magistratura uchun: 5-fevral- 5 –mart 2018-yil;

Bakalavr: 16-april- 14-may 2018-yil

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Bakalavr uchun 700, Magistratura uchun 950 turk lirasi miqdorida oylik stipendiya;
  • O’qish xarajatlari;
  • Bir yil bepul turk tili kurslari;
  • Tekin turar-joy;
  • Ishtirokchi davlatidan Turkiyaga kelib ketish xarajatlari;
  • Tibbiy sug’urta.

Qaysi davlat fuqarolari qatnasha oladi:

Faqat Turkiya davlati fuqarosi bo’lmasligi lozim

Talablar:

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun talablar:

  • Turkiya davlati fuqarosi bo’lmasligi kerak;
  • Ariza topshirish jarayonida Turkiyadagi boshqa universitet talabasi bo’lmaslik;
  • O’rtacha bahosi 70 %dan kam bo’lmagan( sohalarga qarab farqlanadi);
  • 01.1996 dan keyin tug;ilgan bo’lish;

 Magistratura uchun talablar:

  • Turkiya davlati fuqarosi bo’lmasligi kerak;
  • Ariza topshirish jarayonida Turkiyadagi boshqa universitet talabasi bo’lmaslik;
  • 2016-yilning 30-iyuligacha bakalavr yoki magistratura diplomiga ega bo’lish;
  • Magistratura uchun ariza topshiruvchi 01.01.1987 yildan keyin tug’ilgan,
  • O’rtacha bahosi 75 %dan kam bo’lmagan;
  • Sog’lom bo’lgan shaxslar bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza onlayn tarzda SHU YERDA to’ldiriladi. Mazkur saytda onlayn ariza to’ldirish shaklini bosib, u yerda o’zingiz uchun sahifa (account) oching. Arizani to’ldirish jarayonida sizdan ilova qilinishi lozim bo’lgan hujjatlar so’raladi. Dasturda ishtirok etayotgan universitetlar hamda ularning yo’nalishlari haqida ariza jarayonida yoki SHU YERDA tanishib chiqishingiz mumkin.

Eslatma: Arizalar faqat elektron ko’rinishda qabul qilinadi. Pochta orqali yoki shaxsan arizalarni topshirish mumkin emas!

Savollar tug’ilsa info@turkiyeburslari.org elektron pochta manziliga xabar yo’llashingiz mumkin

ESLATMA: “Türkiye burslari Scholarships” dasturi doktorantura uchun ham mavjud, biroq O’zbekiston fuqarolari faqat bakalavr va magistratura bosqichlari uchun ariza topshirishlari mumkin

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!