×

Turkiyada barcha xarajatlari qoplanadigan 4 haftalik amaliyot dasturi; joy – 10 ta!


Grant

MUHLAT

20.02.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Turkiya

O'QILGAN

8051 marta

“OLMAZOR STARTUP INKUBATSIYA” MCHJ XK oʻzbek-turk inkubatsiya markazi yosh salohiyatli kadrlar uchun Turkiya Respublikasida 4 haftalik tajriba almashinuv dasturiga qabul eʼlon qildi.  Oʻzbek-turk inkubatsiya markazi Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Turkiya Respublikasi Prezidenti administratsiyasining Inson resurslarini boshqarish ofisi koʻmagida 2021-yilda tashkil etilgan.

Inkubatsiya markazining asosiy maqsadi Turkiya Respublikasida qisqa muddatli amaliyot oʻtash imkoniyati bilan birgalikda inkubatsiya va taʼlim dasturlarini amalga oshirishga xizmat qiluvchi tadbirkorlar va iqtidorli yoshlarni birlashtirish, ikki mamlakatning salohiyatli novatorlari oʻrtasida qoʻshma innovatsion va startap loyihalarni amalga oshirilishini taʼminlash.

Shu munosabat bilan, markaz TUSAŞ (Turkish Aerospace Industries) kompaniyasi bilan hamkorlikda “TUSAŞ Job Shadowing Program” tajriba almashinuv dasturini yoʻlga qoʻymoqda.

Dastur Turkiya Respublikasida 4 haftalik amaliyotdan iborat. Bunda amaliyotchilar biznesni rivojlantirish boʻyicha menejerlik tajribasini oʻrganadi.

Tanlov natijalariga koʻra, muvaffaqiyatli tanlangan 10 nafar nomzod sertifikat asosida Turkiya Respublikasida 4 haftalik “TUSAŞ Job Shadowing Program” dasturiga qabul qilinadi va eng muvaffaqiyatli 2 nafar nomzod TUSAŞ kompaniyasining Toshkent ofisida ishlash huquqini qoʻlga kiritadi.

Maʼlumot uchun: TUSAŞ kompaniyasi — Turkiya davlat aerokosmik kompaniyasi, dunyodagi 100 ta eng yirik aviatsiya kompaniyalaridan biri.

Grant kimlar uchun?

30 yoshdan oshmagan nomzodlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturning manfaatli jihatlari:

  • Turkiyada 4 hafta davomida tajriba almashish va amaliyot oʻtash imkoniyati.
  • Amaliyotda qatnashish uchun Turkiyaga borish-kelish va yashash xarajatlari TUSAŞ kompaniyasi tomonidan qoplanadi.
  • Dasturda eng muvaffaqiyatli qatnashga 2 nafar nomzod TUSAŞ kompaniyasining Toshkent ofisida ishlash huquqini qoʻlga kiritadi.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • 30 yoshgacha boʻlgan nomzodlar ariza topshira oladi.
  • Nomzod aerokosmik texnika, mashinasozlik, elektrotexnika-elektronika, mashinasozlik/mexatronika muhandisligi, ishlab chiqarish texnologiyasi, metallurgiya yoʻnalishlari boʻyicha bakalavrlik darajasiga ega boʻlishi yoki shu yoʻnalishlardan birida 2022-yil 31-iyulgacha bakalavriatni tamomlaydigan talaba boʻlishi kerak.
  • Oʻzbek tilida ravon, rus tilida ravon va ingliz tilida oʻrta darajada muloqot qila olishi kerak.
  • Muzokaralar olib borish qobiliyati, yangi bilimlarga chanqoqlik, tashabbuskorlik, liderlik qobiliyatiga ega boʻlish kerak.
  • MS Office dasturlarini mukammal bilish kerak.

Shuningdek, nomzodlardan quyidagi koʻnikmalarga ega boʻlish talab etiladi:

  • bozor tahlilini oʻtkazish;
  • katta hajmdagi maʼlumotlar bilan ishlash va analitik maʼlumot shaklida umumlashtirish koʻnikmalari;
  • hujjatlar aylanishi va protokollarni boshqarish boʻyicha malaka;
  • mahsulot haqidagi texnik bilimlarni sharhlash koʻnikmalari;
  • ish yozishmalarini olib borish qoidalari va koʻnikmalarini bilish;
  • jamoada ishlash qobiliyati;
  • biznesni rivojlantirishni boshqarish va biznesni modellashtirish boʻyicha tajribaga afzallik beriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2022-yil 20-fevralga qadar onlayn tarzda qabul qilinadi.

Ariza topshirish uchun www.talentgate.org tizimida roʻyxatdan oʻtish va chap tarafdagi menyudagi “Boʻsh ish oʻrinlari / stajirovkalar toʻgʻrisida eʼlonlar” havolasiga oʻtish kerak. Soʻng “TUSAŞ Job Shadowing Program” dasturi tanlanib, ariza topshiriladi.

Ishtirokchilarning arizalari koʻrib chiqilgandan soʻng suhbat oʻtkaziladi va eng munosib nomzodlar tanlanadi.

Dasturga ariza topshirish boʻyicha savollarboʻlsa, quyidagi raqamga murojaat qilish mumkin: +998973309883.

Amaliyot davomida ishtirokchilar quyidagi vazifalarni bajarishda ishtirok etadi:

  • potensial loyihalarni aniqlash, hamkorlikda ishlab chiqarish bilan bogʻliq yangi istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish, loyihalar boʻyicha maʼlumotlarni ishlab chiqish va kompaniyaning mavjud va potensial mijozlariga taqdim etish;
  • bozor tadqiqotlarini oʻtkazish, raqobatdosh kompaniyalarni aniqlash, mijozlar portfelini kengaytirish;
  • strategik rejalashtirish jarayoni uchun tahliliy maʼlumotlarni ishlab chiqish boʻyicha tadbirlarda ishtirok etish;
  • Oʻzbekiston va qoʻshni davlatlar bozorlari marketing tahlilini oʻtkazish;
  • bozor tadqiqotlarini oʻtkazgandan soʻng potensial mijozlar bilan uchrashuvlar tashkil etish, ularni qoʻshma tadbirlarni tashkil etishga jalb qilish;
  • potensial mijozlarning texnik talablarini aniqlash maqsadida, texnik soʻrov hujjatlarini olish va mijozning ehtiyojlarini aniqlash boʻyicha tegishli boʻlimlar bilan ishlarni muvofiqlashtirish.
  • potensial mijozlarga amalga oshiriladigan maʼmuriy yoki texnik tashriflar davomida tegishli boʻlimlarni muvofiqlashtirish.

 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!