×

Buyuk Britaniya: magistratura uchun 8000 funt sterling grant


Grant

MUHLAT

31.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'QILGAN

1642 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Kent Universiteti magistratura kurslari uchun ajratilgan International Scholarships for Taught Masters Students grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitet magistratura kurslariga o’qishga qabul qilingan chet ellik talabalar uchun mo’ljallangan. Grant dasturidan maqsad iqtidorli chet ellik talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. Kent universitetida o’qitiladigan magistratura kurslari haqida batafsil ma’lumot bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Kent universiteti grant dasturi asosida grant yutib olgan talabaga miqdori 8000 funt sterlingga teng grant beriladi. Kontrakt haqida 

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod Buyuk Britaniya fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  2. Nomzod Kent Universiteti Taught Masters magistratura kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan va o’qish taklifini tasdiqlagan bo’lishi kerak.
  3. Grant eng yuqori ko’rsatkichlar (baholar, tavsiyanomalar, umumiy ariza va hkz.)ga ega nomzodlarga beriladi.

Taught Masters magistratura kurslariga qabul uchun umumiy talablar:

  1. Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi kerak.
  2. Nomzod o’qigan bakalavr kursi sohasi va u hujjat topshirayotgan magistratura kursi yo’nalishi bir-biriga mos bo’lishi zarur.
  3. Nomzod ingliz tilini kamida B2 darajasiga bilishi kerak. batafsil
  4. Nomzodning baholari yaxshi va a’lo bo’lishi kerak.
  5. Qabul uchun mahsus talablar bilan tanishish uchun bu yer orqali kerakli kursni topib, “entry requirements” bo’limidan siz tanlagan kursga talablar bilan tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun hujjat topshirishdan avval nomzod Kent universitetida o’qitiladigan Taught Masters magistratura kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan bo’lishi kerak. Bunda kursda o’qish uchun saralash jarayonidan o’tgan nomzodlarga o’qish uchun taklif jo’natiladi, shu taklifni qabul qilgan va Kent universitetida o’qishi aniq bo’lgan nomzod esa ushbu grant dasturiga hujjat topshirishi mumkin bo’ladi.

Grantga hujjatlar 2019-yil 31-mayga qadar bu yerda qabul qilinadi. Bunda portalga kirgach, “My Scholarships and Bursaries” tugmasini bosgan holda kerakli grantga hujjat topshiriladi.

Magistratura kurslariga hujjat topshirish uchun bu yerdan kerakli kursni topgach, “apply” tugmasi orqali ariza berishni boshlash mumkin. Magistratura kurslariga qabul yoz oylarigacha davom etadi, lekin grant yutish istagidagilari mkon qadar erta hujjat topshirib, may oyigacha qabul taklifini qo’lga kiritishlari zarur.

Ma’lumot uchun international@kent.ac.uk elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!