×

UCAS International Summer School 2024: Xitoyda barcha xarajatlari qoplanadigan 10 kunlik yozgi maktab!


Grant

MUHLAT

31.05.2024

QOLGAN VAQT

31 kun

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

2574 marta

Xitoy Fanlar akademiyasi universiteti (UCAS) “UCAS xalqaro yozgi maktabi 2024” dasturiga arizalar qabul qilmoda. Bu yozgi maktab global oʻzgarish va ekologik salomatlik (Global Change and Ecological Health) mavzusi asosida oʻtkaziladi.

Yozgi maktab ishtirokchilar turli maʼruzalar, seminarlar, ilmiy tadqiqot mashgʻulotlari va boshqalarda ishtirok etadi. Dastur mashgʻulotlari 2024-yilning 18-iyulidan 27-iyuligacha davom etadi.

Mashgʻulotlarning toʻliq roʻyxati bilan BU YERDA tanishing (“Agenda” boʻlimi).

Barcha mashgʻulotlar ingliz tilida olib boriladi.

Dastur maqsadi haqida qisqacha

Iqlim oʻzgarishi bugungi kunda dunyodagi eng muhim muammolardan biri boʻlib, sayyoramizning ekologik muvozanati va insoniyat jamiyatiga keng koʻlamli taʼsir koʻrsatmoqda. Bu yozgi maktab global oʻzgarishlarning ekotizimlarga taʼsirini birgalikda hal qilish va yashash muhitimizni faol himoya qilish uchun xitoylik va xalqaro yosh olimlar oʻrtasidagi almashinuvni rivojlantirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Yozgi maktab orqali erishilishi koʻzlangan taʼlim maqsadlari bilan BU YERDA batafsil tanishishingiz mumkin (“Learning Outcomes” boʻlimiga qarang).

Grant kimlar uchun?

Bakalavriatning oxirgi bosqichi, magistratura va doktoranturaning (PhD) istalgan bosqichida oʻqiyotgan talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi moddiy imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • Xitoyga borish va kelish uchun mablagʻ ajratiladi.
  • Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
  • Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi.
  • Mashgʻulotlarda ishtirok etish bepul.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha;

  • Nomzod Xitoy fuqarosi boʻlmasligi hamda Xitoy qonunlari va tartib-qoidalariga rioya qilishga tayyor boʻlishi lozim.
  • Nomzodlarning jismoniy va ruhiy salomatligi yaxshi holatda boʻlishi va ular Xitoyga kirish uchun mos kelmaydigan kasalliklarga chalinmagan boʻlishi kerak.
  • Nufuzli oliy taʼlim muassasasida bakalavriatning oxirgi bosqichi, magistratura yoki doktoranturaning (PhD) istalgan bosqichida tahsil olayotgan, aʼlo oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga ega va 35 yoshdan kichik boʻlish kerak.
  • Nomzodlar atrof-muhit fanlari, ekologiya, geografiya, resurslar, biologiya, kimyo va shu fanlarga aloqador boshqa sohalarda taʼlim/tadqiqot/ish tajribasiga ega boʻlishi kerak. Sohalararo yoʻnalishda tahsil olayotgan talabalar ham ariza berishi mumkin.
  • Ingliz tilida erkin muloqot qilish olish lozim.
  • Muayyan ilmiy tadqiqot tajribasiga ega va UCAS dagi magistrlik yoki doktorantura dasturlariga ariza topshirish niyatidagi nomzodlarga ustunlik beriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2024-yil, 31-maygacha qabul qilinadi. Arizalar maxsus portalda onlayn tarzda topshiriladi. Ariza topshirishdan avval portalda roʻyxatdan oʻtib, hisob (accaunt) yaratish lozim.

Ariza shaklini toʻldirishda quyidagi hujjatlarni yuklash soʻraladi:

  • Paspost nusxasi (amal qilish muddatining kamida 6 oy davomida tugab qolmasligi kerak).
  • Pasport surati oʻlchamidagi suratning elektron nusxasi.
  • Bakalavrlik yoki magistrlik diplomi nusxasi (hozirda talaba boʻlganlar talaba ekanlik haqidagi maʼlumotnomani joylaydi).
  • Bakalavriat yoki magistraturadagi baholar (hozirda talaba boʻlganlar hozirgacha olgan baholarini joylaydi).
  • Ingliz tili darajasini isbotlovchi biror xalqaro sertifikat (IELTS, TOEFL, CEFR va h.k.).

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!