×

Uels: PhD uchun uch yarim yilga qisman grant


Grant

MUHLAT

31.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1096 marta

Buyuk Britaniyaning Uels davlati, Suonsi shahrida joylashgan Suonsi universiteti – Swansea University 2019-2020-oʻquv yili uchun Research Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant oʻqish pulini qisman qoplashga moʻljallangan. Grant universitet tarkibidagi College of Science at Swansea Universityning Department of Physicsda PhD bosqichini oʻqishni istaganlar uchun ajratiladi. Grant universitetning quyidagi kurslaridan biriga oʻqishga kirgan 5 nafar tadqiqotchilarga uch yarim yil beriladi:

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Swansea Universityning PhD yoʻnalishlarida oʻqish haqi 2019-2020-oʻquv yiliga 18 400 funt-sterling.

Grant yutib olgan nomzodlarga uch yarim yil davomida kontrakt puli qisman qoplab beriladi. Ya’ni, kontraktning 8 650 funt-sterling chegirma qilinadi.

Dastur grant yutib olgan nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun kontraktning 9 750 funt-sterling qismi va boshqa sarflarni nomzodning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod College of Science at Swansea Universityning Department of Physicsda yuqorida qayd etilgan PhD kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur. Grantga hujjat topshirish uchun kamida 2:1/2:2 daraja kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 6.5 (har bir qismdan kamida 6.0) boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar College of Science at Swansea Universityning Department of Physicsda yuqorida qayd etilgan PhD kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi oʻzi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Keyin esa alohida grantga ariza toʻldiriladi. Grantga dedlayn muddati «yil davomida» deb yozilgan, ya’ni, aniq koʻrsatilmagan. Faqat tahsil muddati 2019-yil 1-oktabrdan boshlanishi aytilgan. Shu sababli shartli ravishda dedlayn: 2019-yil 31-iyul, deb olindi. Batafsil ma’lumotlar: shu yerda koʻrsatilgan.

Ooʻqishga kirish uchun hujjat topshirish:

  • Avvalo yuqoridagi roʻyxatdan kerakli kursini tanlang. Yoki, universitet sahifasiga kirib, alifbo tartibi boʻyicha berilgan kurslar roʻyxatidan kerakli kurs tanlanadi.
  • Kurs sahifasining “Overview” boʻlimida kurs haqida maʼlumot berilgan. Toʻliq oʻqib chiqing.
  • “Entry requirements” boʻlimida oʻqishga kirish talablari umumiy koʻrsatilgan.
  • “How do i apply?” boʻlimida qanday qilib ariza topshirish haqida maʼlumot berilgan. Aynan shu boʻlimda chet elliklar uchun kirish talablari haqida ham bilib olish mumkin. Postgraduate Entry Requirements boʻlimida barcha davlatlar uchun qabul qilinadigan diplom va baholar haqida maʼlumot berilgan. Oʻzbekistonlik nomzodlar uchun bakalavr diplomi va baholar kamida 71-76% boʻlishi kerakligi yozilgan.
  • Boʻlimdan “Making an application” yozuvini tanlang va Postgraduate programmesyozuvini bosing. U yerda aynan qaysi amallarni bajarish va qanday hujjatlar joʻnatish bosqichma-bosqich berilgan.
  • Roʻyxatdan oʻtish onlayn tarzda OnTrack tizimi orqali amalga oshirilishi mumkin. Tizimga kirish uchun lawcabs.ac.uksahifasiga oʻting va berilgan tartibda ariza toʻldiring.
  • Talablar boʻyicha soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.

Grantga ariza topshirish.

Grantga ariza shaklini toʻldirib, science-scholarships@swansea.ac.uk elektron manziliga yuborish kerak. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlarni ariza bilan birga dedlaynga qadar joʻnatish lozim.

Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Toʻliq va toʻgʻri toʻldirilgan anketa.
  • Diplom va diplom ilovasi nusxasi.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • CV/resume.
  • Ingliz tili testi (IELTS kamida 6.5 yoki ekvivalent) sertifikati.
  • Grant arizasining “Supplementary Personal Statement” qismida erishilgan yutuqlar, imkoniyatlar va qanday bilim, koʻnikma, malakaga egalik va hokazolarni yozish kerak.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma soʻralishi mumkin. Chunki grant oʻqish pulini qisman qoplaydi. Kontraktning qolgan qismi va yashash, tibbiy sugʻurta, turar joy xarajatlarini talabaning oʻzi toʻlaydi. Shuning uchun talaba moliyaviy jihatdan shu sarflarni toʻlay oladigan boʻlishi kerak.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin. Viza olish boʻyicha muammolari bor boʻlgan talabalar hujjat topshirishda va oʻqishda toʻsiqlarga uchrashi mumkin. Shuning uchun odatda viza haqida qoʻshimcha hujjat soʻraladi.
  • Nomzodlar Skype orqali qisqa sihbatdan o`tadilar.

Qaysi kursga hujjat topshirayotganligingizga qarab boshqa hujjatlar ham soʻraladi. Shuning uchun oʻzingiz tanlagan kurs maʻlumotlarini puxta oʻrganib chiqing.

Nomzodlar grantga quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  1. Aʼlo baholari.
  2. Oʻqishga intilishi va kelajakdagi rejalari.
  3. Universitetga kelgusida qanday yordam bera olishi haqidagi rejalari.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Ma’lumot uchun: Dr Daniel Thompson: d.c.thompson@swansea.ac.uk

Dr Markus Müeller: markus.muller@swansea.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!