Xitoyda joylashgan University of Electronic Science and Technology of China (UESTC) oliygohida o’qish uchun beriladigan University Scholarship – the Belt and Road Initiative Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetda ingliz va xitoy tillarida o’qitiladigan magistratura va doktorantura kurslarida o’qish uchun beriladi. Universitetda magistratura kurslari 2 yil, doktorantura (PhD) kurslari 4 yil davom etadi. Mavjud kurslar ro’yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
Grant kimlar uchun?
Magistratura va PhD kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dastur tarkibida quyidagi grantlar mavjud:
- Toʻliq grant – kontrakt puli, tibbiy sugʻurta xarajati toʻliq qoplanadi, yotoqxonadan bepul xona va 1500 RMB (taxminan 221 AQSH dollari) oylik stipendiya beriladi.
- Qisman grant – kontrakt puli, tibbiy sugʻurta xarajati toʻliq qoplanadi, yotoqxonadan bepul xona beriladi.
Talablar:
Grant uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Nomzod Xitoy fuqarosi boʻlmasligi va oʻzi tanlagan dasturning qabul talablariga javob berishi kerak.
- Ruhan va jismonan sog’lom bo’lish, UESTC hayotiga yaxshi moslasha olish kerak.
- UESTC va Xitoy Xalq Respublikasi qonun va qoidalariga rioya etish kerak.
- Taʼlim olish va yuqori natijalarni qayd etishga nisbatan ijobiy munosabatda boʻlish lozim.
- Bu grantni qoʻlga kiritgan talabaning boshqa bir grant dasturidan moddiy yordam olishi taqiqlanadi.
- Bu grantlar yangi talaba sifatida ariza topshiruvchilarga beriladi, universitetda allaqachon talaba sifatida roʻyxatga olingan nomzodlar bu dasturga ariza topshira olmaydi.
- Nomzod barcha kerakli hujjatlarni toʻgʻri toʻldirishi va qabul muddati tugamasidan topshirishi lozim.
Shuningdek, magistratura va PhD bosqichiga qabul yuzasidan ham alohida talablar mavjud. Jumladan:
- Nomzod magistratura uchun 35, PhD bosqichi uchun 40 yoshdan kichik boʻlishi lozim.
- Magistratura uchun bakalavrlik darajasi yoki unga teng darajaga (diplomga), PhD bosqichi uchun magistrlik darajasi yoki unga teng darajaga ega boʻlish kerak. Oxirgi bosqich talabalari ham ariza bera oladi.
- Ingliz tilidagi dasturlarda oʻqish uchun nomzodlardan kamida IELTS 5.5 yoki TOEFL 80 sertifikati; xitoy tilidagi dasturda oʻqish uchun esa HSK 6 sertifikati talab etilad.
Dasturga qabul jarayoni:
Ushbu grantga alohida ariza topshirilmaydi. Universitetdagi magistratura va PhD dasturlariga ariza topshirgan nomzodlar avtomatik tarzda bu grantlarga talabgor sifatida koʻrib chiqiladi va eng munosiblariga bu grantlar beriladi.
Universitetga arizalar yiliga 2 marta qabul qilinadi:
- 1-dekabrgacha.
- 1-martgacha.
Hozirgi qabulda arizalar 2023-yil 1-martgacha davom etadi.
Magistratura va PhD bosqichiga ariza topshirish jarayoni, qanday hujjatlar kerakligi va qabul boʻyicha boshqa maʼlumotlar bilan BU YERDA batafsil tanishing.
Savollar yuzasidan quyidagi email manzili orqali murojaat qilishingiz mumkin: admission@uestc.edu.cn.