×

UHR scholarships: Shvetsiyada magistratura kurslari uchun 50 foiz grant!


Grant

MUHLAT

01.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shvetsiya

O'QILGAN

1456 marta

Shvetsiyada joylashgan University of Skövde oliygohining  UHR scholarships dasturiga hujjatlar qabul qilinmoqda. Mazkur dastur 2021-yilning kuzgi semestrida boshlanadigan magistratura kurslariga hujjat topshirgan talabalar uchun mo’ljallangan va universitetdagi istalgan ta’lim yo’nalishlari uchun taqdim etiladi. Mavjud yo’nalishlar bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Magistratura kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qo’lga kiritgan talabalarga magistratura uchun o’qish pulining (tuition fee) 50% miqdori qoplab beriladi. Grant avvaliga faqat 1-semestr amal qiladi. Talabaning universitetdagi o’zlashtirish darajasiga ko’ra grant muddati uzaytirilishi mumkin.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablar mavjud: 

  • Yevropa Ittifoqi/Yevropa Iqtisodiy Hududiga kiruvchi davlatlar va Shvetsariyadan tashqari barcha mamlakat fuqaroligiga mansub nomzodlar ariza topshirishi mumki
  • Grant nomzod universitetlarga ariza topshirishda Skövde Universitetidagi magistrlik dasturini birinchi o’rinda tanlangan taqdirdagina taqdim etiladi.
  • Grantni yutib olish uchun universitetning magistratura bosqichiga ariza topshirish hamda hujjat topshirilgan yo’nalish qabul talablariga to’liq mos kelish zarur. Ariza uchun to’lov va kerakli hujjatlar universitetga qabul uchun berilgan dedlayngacha topshirilishi kerak.
  • Grant uchun onlayn ariza topshirishda motivatsiya xati (motivation letter) ham birgalikda topshirilishi shart. Motivatsiya xatisiz topshirilgan arizalar ko’rib chiqilmaydi.
  • Grant uchun tanlab olinish mezoni sifatida baholar va motivatsiya xati asos qilib olingan. Lekin baholash mezonlari  siz tanlagan tadqiqot mavzusi va Skövde Universitetining universitetni globallashtirish siyosatiga ko’ra sizning yashash joyingizga (geografik hududga) ham aloqador bo’lishi mumkin. Agar siz hozirda ushbu universitetda magistratura bosqichida ta’lim olayotgan bo’lsangiz yoki allaqachon o’qishga qabul qilinib bo’lgan bo’lsangiz ushbu grant uchun ariza topshira olmaysiz. Ushbu grant faqatgina endi magistratura kursida o’qishni boshlaydiganlar uchun mo’ljallangan.
  • Magistratura kurslariga qabul talablari bilan bu yerda tanishing.
  • Ingliz tilini bilish darajasiga talablar bilan bu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant va magistraturaning har biri uchun alohida ariza beriladi. Avvaliga magistratura bosqichi uchun ariza topshiring. Magistraturaga arizalar  2021-yilning 15-yanvarigacha qabul qilinadi. Ariza topshirishni boshlash uchun bu yerga bosing. 

Magistraturaga hujjat topshirish uchun kerakli hujjatlar:

  • Bakalavr diplomi va baholari
  • Ingliz tili testi sertifikati
  • Pasport nusxasi
  • Tanlangan magistratura kursiga qabul uchun kerakli qo’shimcha hujjatlar (agar talab etilgan bo’lsa). 

Kerakli hujjatlarni topshirishda til, rasmiylashtirish va haqiqiyligini tekshirish masalalari bo’yicha maxsus qoidalar mavjud. Ularni bu yerda diqqat bilan o’qib chiqing.M

Magistraturaga ariza topshirgach, grantga alohida hujjat topshiring. Grantga arizalar 2021-yilning 1-fevraligacha onlayn tarzda bu yerda qabul qilinadi. Onlayn ariza topshirish shartlari bilan bu yerda tanishing. Grantga arizaning javoblari 12-aprelda e’lon qilinadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!