×

UNESCO: Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’limda qoʻllash loyihalari boʻyicha grant; sovrin – 25 ming AQSh dollar!


Grant

MUHLAT

31.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

2359 marta

UNESCO tashkiloti 2020-yilgi King Hamad Bin Isa Al-Khalifa Prize mukofoti uchun arizalar qabul qilmoqda. Bu mukofot Bahrayn Qirolligi tomonidan moliyalashtirilgan boʻlib, ta’lim olishda jismoniy cheklovlar va muammolarga duch keladigan, e’tibor va imkoniyatlardan chetda qolib ketgan guruhlarning ta’lim olishini ta’minlaydigan, bu jarayonda esa innovativ Axborot-kommunikatsion texnologiyalar (ICT)dan foydalanish nazarda tutilgan loyihalar taqdirlanadi.

Bu yilgi tanlovning rasmiy mavzusi: The Use of Artificial Intelligence (AI) to innovate education, teaching and learning”. Tanlovda madaniy va siyosiy toʻsiqlar sababli ta’limdan bebahra qolayotgan guruhlarni qoʻllab quvvatlash uchun akses narxini pasaytirish, onlayn tarzda innovatsion oʻqitish, tasavvuriy texnologiya, katta hajmdagi ma’lumotlar kabi mavzularga yoʻnaltirilgan loyihalarga alohida e’tibor beriladi. Tanlovda 2 ta loyiha taqdirlanadi.

Grant kimlar uchun?

Jismoniy shaxslar, muassasalar va nodavlat tashkilotlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov soʻnggida UNESCOʻning Parijdagi bosh ofisida ikki nafar gʻolibning har biriga 25000 AQSh dollaridan pul mukofoti beriladi. Taqdirlash marosimi 2020-yil martda boʻlib oʻtadi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.
  2. Tanlovda ta’lim olishi cheklangan guruhlarga oʻqishni ta’minlab berish uchun ICT’ning oʻrnini mustahkamlashda turli loyihalar orqali innovatsiya qilgan yakka shaxslar, muassasalar va nodavlat tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin.
  3. Loyihaning davomiyligi kamida 1 yilni tashkil etishi kerak.
  4. Kontent va uskunalarning innovativligi va ochiqligi ta’minlanishi zarur.
  5. Oʻrta va uzoq vaqt davomida loyihaning barqarorligini isbotlay oladigan asos mavjud boʻlishi kerak.
  6. Taqdim etilayotgan loyiha shu kabi tanlovlarda ilgari qatnashmagan boʻlshi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2019-yil iyundan 31-oktabrgacha qabul qilinadi.

Hujjat topshirish jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi:

  1. Ariza berish bosqichi. Birinchi bosqich UNESCO bilan rasmiy hamkorlikda ishlaydigan Nodavlat tashkilotlar yoki UNESCO Milliy Vakolatxonalari orqali amalga oshiriladi. Bunda nomzod tanlovda qatnashish uchun shu tashkilotlardan biriga ariza berishi kerak boʻladi.
  2. Nominatsiyaga qoʻyish bosqichi. Ikkinchi bosqichda ariza kelib tushgan tashkilotlar oʻzlari munosib deb topgan 3 tagacha loyiha nominatsiyasini UNESCOʻga joʻnatishlari kerak boʻladi. Mukofot uchun yakka tartibda nomzod qoʻyishning iloji yoʻq, nomzod faqat ariza orqali loyihani topshirishi va loyihani koʻrib chiqayotgan tashkilot uni nomzodlikka qoʻyishini kutishi mumkin.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Bu yer orqali onlayn roʻyxatdan oʻtib, oʻzingizga yangi akkaunt oching. Agar oʻtgan yil ochilgan akkauntingiz boʻlsa, yana yangi ochish shart emas.
  2. Bu yerga kirib, onlayn ariza toʻldiring. Arizani ingliz yoki fransuz tilida toʻldirish mumkin. Ariza toʻldirishda kerakli materiallarni ham ilova qiling.
  3. Arizangizni Milliy Vakolatxona orqali topshirayotgan boʻlsangiz, Vakolatxonaga arizani ancha erta berish zarurligini hisobga oling, chunki arizalar koʻrilib, saralab, 31-oktabrgacha nomzodlikka qoʻyilishi uchun vaqt ketadi. Bunda nomzodlikka qoʻyish bilan Vakolatxonaning oʻzi shugʻullanadi.
  4. Agar arizani UNESCOʻga hamkor tashkilot orqali berayotan boʻlsangiz, tashkilotdan yozma tavsiyanoma olib, uni oʻzingiz taqdim etishingiz kerak. Birinchi qadamda roʻyxatdan oʻtayotganingizda nodavlat tashkilot yoki vakolatxona orqali ariza topshirilayotgani soʻraladi va javobni belgilashingiz kerak boʻladi. Har bir Vakolatxona yoki UNESCO bilan hamkor nodavlat tashkilot uchtagacha nominatsiya berishi mumkin. Vakolatxonalar va tashkilotlaring nomzod tavsiya etishlari tartibi bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.

Nomzodlarni tavsiya qilish boʻyicha savollar yoki muammolar paydo boʻlsa, vakolatxnalar va nodavlat tashkilotlar quyidagi manzil bilan toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻlanishlari mumkin:

Secretariat of the UNESCO King Hamad Bin Isa Al-Khalifa Prize for the Use of ICT in education

Unit for ICT in Education

Division for Policies and Lifelong Learning Systems

Education Sector

UNESCO
7 place Fontenoy

75352 PARIS 07 SP

France

Murojaat uchun elektron manzil: ictprize@unesco.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!