×

UNESCO: “Ipak yoʻli yoshlar nigohida” fototanlovida qatnashib, professional raqamli kamera yutib oling!


Grant

MUHLAT

24.08.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

2314 marta

UNESCO tashkiloti “Ipak yoʻli yoshlar nigohida (Youth Eyes on the Silk Roads)” tanlovining 3-mavsumiga fotosuratlar qabulini boshladi.

Bu yilgi tanlovda ishtirok etish uchun Ipak yo‘li merosini aks ettiruvchi quyidagi mavzularga bag‘ishlangan fotosuratlar taqdim etilishi kerak:

  • To‘qimachilik san’ati va milliy liboslar;
  • Pandemiya davrida madaniyatlararo almashinuv, shu jumladan
    to‘qimachilik san’ati va milliy liboslar.

Tanlovda 2 xil yosh kategoriyasi boʻyicha qatnashish mumkin:

1-kategoriya: 14-17 yoshlilar;
2-kategoriya: 18-25 yoshlilar.

Nomzodlar oʻz yosh kategoriyasi boʻyicha yuqoridagi mavzularga bagʻishlangan 1 tadan 20 tagacha fotosurat taqdim etishlari mumkin.

Grant kimlar uchun?

14-25 yoshli barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

1-oʻrin: 18-55 mm obyektiv bilan jihozlangan professional raqamli bir obyektivli refleks kamera;
2-oʻrin: Yarim professional raqamli kamera;
3-oʻrin: Raqamli kamera.

Shuningdek, gʻoliblarning fotosuratlari xalqaro koʻrgazmalarda namoyish etiladi.

Talablar:

Nomdoz quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Tanlovda istalgan mamlakat fuqarolari qatnasha oladi.
  • Nomzodlar 14-25 yosh boʻlishi kerak.
  • Nomzod faqat oʻzining nomidan fotosurat topshira oladi, boshqa birovning nomidan topshirish mumkin emas.
  • UNESCO va donor tashkilot hisoblanuvchi Xitoy Jahon tinchlik jamgʻarmasi xodimlari hamda ularning oila aʼzolari (ota-onalari, farzandlari, opa-uka, aka-singillari va turmush oʻrtoqlari qatnasha olmaydi.
  • Voyaga yetmaganlar (18 yoshga toʻlmaganlar) fotosuratlar bilan birga ota-onasi yoki vasiy/homiyning rozilik xatini ham topshirishi lozim. Rozilik xatisiz voyaga yetmaganlarning fotosuratlari tanlovga qabul qilinmaydi. Rozlik xati quyidgicha yoziladi:
    «I, the undersigned Mr/Ms “full name” legal representative of “full name”, authorize him/her to participate in the photography contest «Youth Eyes on the Silk Roads» which runs from 24 May to 24 August 2021. I read and agreed with the terms of rules.
    Signed «City», the «Date» Signature

Toopshiriladigan fotosuratlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Fotosuratlar sifati gorizontal tasvirlar uchun 1500 piksel kenglikda, vertikal tasvirlar uchun 1500 oiksel balandlikda boʻlishi lozim.
  • 1 tadan 20 tagcha fotosurat taqdim qilinishi mumkin.
  • Har bir fotosuratda raqamli tarzda quyidagi formatda muallifning nomi va UNESCO izohi boʻlishi kerak: @Eshmat Toshmatov/UNESCO Youth Eyes on the Silk Roads
  • Rasmlarda boshqa shaxslarning daxlsizlik yoki tasvir huquqlariga taʼsir qiluvchi elementlar boʻlmasligi lozim. Agar fotosuratlarda odamlar tasviri boʻlsa, oʻsha odamlarning roziligi olinishi kerak.
  • Fotosuratlar haqorat, kamsitish, pornografiya, irqchilik, boʻhton, noqonuniy, ijobiy axloq qoidalariga zid elementlarni oʻz ichiga olmagan boʻlishi kerak.

MUHIM: Yuqorida talablar umumiy keltirilgan, talablar BU YERDA  bilan toʻliq va batafsil tanishib chiqing.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga fotosuratlar 2021-yilning 24-avgustiga qadar onlayn tarzda qabul qilinadi.

Tanlovga qatnashishdan oldin tanlov Qoidalari va Mavzulari bilan tanishib chiqing. Soʻng BU YERDA hisob (account) ochish kerak boʻladi. Shundan keyin nomzod oʻz hisobi orqali tegishli mavzu(lar) boʻyicha 1 tadan 20 tagacha fotosurat topshirishi mumkin.

Savollar yuzasidan Silkroadsphotocontest@unesco.org elektron pochtasiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!