×

UNESCO/Poland Co-Sponsored Fellowships in Engineering: Polshada toʻliq moliyalashtiriluvchi 6 oylik amaliyot dasturi


Grant

MUHLAT

28.04.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Polsha

O'QILGAN

1514 marta

YUNESKO tashkiloti Polshaning Krakov shahridagi AGH Fan va texnologiyalar universiteti bilan hamkorlikda rivojlanayotgan mamlakatlarda ilm-fan va muhandislik sohasidagi kadrlar salohiyatini rivojlantirish hamda davlatlar oʻrtasida xalqaro hamjihatlik va doʻstlikni mustahkamlash maqsadida UNESCO/Poland Co-Sponsored Fellowships in Engineering dasturi tashkil etilmoqda. 6 oy davom etuvchi ushbu dastur 2023-yil 2-oktyabrdan 2024-yil 30-martga qadar Polshaning Krakov shahridagi AGH Fan va texnologiyalar universitetida boʻlib oʻtadi.

Dastur doirasida muhandislik, sotsiologiya, informatika kabi bir qancha sohalar boʻyicha tadqiqot loyihalarida ishtirok etish mumkin. Qatnashish mumkin boʻlgan mavjud tadqiqot sohalari bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Dastur doirasida jami 51 ta amaliyot oʻrni taklif etilmoqda.

Grant kimlar uchun?

Ilm-fan va muhandislik sohasida amaliyot oʻtashni xohlovchi, bakalarviat, magistratura yoki PhD darajasiga ega nomzodlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilingan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Ishtirokchilar universitetda bepul amaliyot oʻtaydi.
  • Yashash xarajatlari uchun oylik stipendiya beriladi. Bakalavr darajasiga ega boʻlgan amaliyotchilar uchun har oy 1500 PLN (taxminan 347 AQSh dollari), magistratura darajasiga ega boʻlgan amaliyotchilar uchun har oy 2200 PLN (taxminan 508 AQSh dollari).
  • Turli tadbirlarda qatnashish uchun bir martalik moddiy yordam beriladi. Bunda bakalavr darajasiga ega ishtirokchilar uchun 1500 PLN (taxminan 347 AQSh dollari), magistrlik darajasiga ega ishtirokchilar uchun 2200 PLN (taxminan 508 AQSh dollari).
  • Krakov shahriga borish-kelish aviachipta xarajatlari qoplanadi.
  • Tibbiy sugʻurta xarajatlari moliyalashtiriladi. Shengen vizasi uchun Yevropa Ittifoqi talablariga koʻra, qiymati 50 000 AQSh dollarga teng tibbiy sugʻurta qilinadi.

ESLATMA: dastur ishtirokchilari viza va unga bogʻliq xarajatlarni oʻzlari hal qilishi lozim.

Talablar:

Dasturda quyidagi talablarga javob beruvchi nomzodlar qatnashishi mumkin:

  • Nomzod BU YERDAGI roʻyxatda berilgan davlat fuqarosi boʻlishi kerak. Roʻyxatda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlari mavjud.
  • Dasturda ilm-fan va mexanika sohasiga doir yoʻnalishda bakalavr va/yoki magistr darajasiga ega nomzodlar ishtirok etishi mumkin.
  • Dastur boʻyicha yosh va akademik talablar sohaga qarab farq qiladi. Nomzodlar belgilangan yosh chegarasi ichida va talab etilgan sohadagi ilmiy darajaga (kamida bakalavriat yoki magistratura darajasi) ega boʻlishi kerak. Bu talablar bilan BU YERDA (PDF) batafsil tanishingiz mumkin.
  • Ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dastur talablariga javob beruvchi nomzodlar taklif qilingan 30 ta loyiha orasidan koʻpi bilan 3 ta loyihani tanlashlari va muhimlik darajasiga tartiblashlari kerak. Shundan keyin nomzod YUNESKO boʻyicha oʻz davlatiga qarashli Milliy komissiya bilan bogʻlanishi va ariza berish uchun soʻralgan hujjatlarni taqdim etishi lozim. Milliy komissiya tomonidan maʼqullangan nomzodlar BU YERDAN onlayn roʻyxatdan oʻtishlari va kerakli maʼlumotlarni taqdim etishlari kerak.

Oʻzbekistondagi YUNESKO Milliy komissiyasi tomonidan nomzodning hujjatlari Oʻzbekiston vaqti bilan 2023-yil 29-aprel tonggi 5:00 ga qadar quyidagi elektron pochta manzillariga yuborilishi kerak: f.pashayev@unesco.org; l.zas-friz@unesco.org; unesco4@agh.edu.pl 

MUHIM: Dasturga nomzodlarning oʻzi mustaqil ariza topshira olmaydi. Oʻzbekiston fuqarolari faqat Oʻzbekistondagi YUNESKO Milliy komissiyasi orqali ariza topshirishi mumkin.

Kerakli hujjatlar:

  • UNESCO fellowships ariza shaklining toʻldirilgan varianti. Ariza shaklini BU YERDAN yuklab olishingiz mumkin. Ariza faqat katta harflar bilan ingliz tilida toʻldirilishi kerak.
  • 4×6 sm hajmdagi yaqinda tushilgan fotosurat. Bu suratlar ariza shakliga yopishtirilgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod faoliyati bilan tanish boʻlgan kishilardan ikkita tavsiyanoma.
  • Bakalavr, magistratura yoki doktorantura diplomi va baholarining tasdiqlangan nusxasi.
  • Til bilishini tasdiqlovchi hujjat. Bu boʻyicha ariza shaklida maxsus maʼlumotnoma bor, shu maʼlumotnomani topshirmoqchi boʻlsangiz, uni tegishli tashkilot toʻldirishi kerak.

MUHIM: Dasturga ariza topshirishga kirishishdan avval dastur shartlari va BU YERDAGI barcha kerakli maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.

Ariza topshirish jarayoni bilan bogʻliq savollar tugʻilsa, unesco4@agh.edu.pl elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!