×

UNESCO-Rolsha: Polshada 6 oylik tadqiqot; barcha xarajatlar qoplanadi; stipendiya – oyiga 371 yevro; joy – 20 ta!


Grant

MUHLAT

30.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Polsha

O'QILGAN

2726 marta

Krakovdagi AGH University of Science and Technologyning UNESCO ishlari boʻyicha Polsha Milliy Komissiyasi UNESCO/ Poland Co-Sponsored Fellowships Programme – “Engineering” dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur Polsha va xorijiy davlatlar oʻrtasidagi hamkorlik va doʻstlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan. Grant fan, texnologiya va muhandislik sohasida individual tadqiqot ishlarini olib borayotgan izlanuvchilar uchun moʻljallangan. Grant 6 oy muddatga 20 nafar nomzodga beriladi. Grant yutib olgan nomzodlar dastur doirasida 27 ta soha boʻyicha loyihalarda ishtirok etadilar.

Grant kimlar uchun?

Postdoktorlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

Polsha hukumati tomonidan:

  • Nomzod Polsha universitetlarida bepul oʻqishga joylashtiriladi.
  • 6 oy Polshada yashash uchun har oyda 371 yevro stipendiya
  • Nomzod Polshaga yetib kelganida tibbiy sugʻurta, madaniy va turistik sayohat va tadbirlarda qatnashish uchun bir martalik 371 yevro moddiy yordam

UNЕSCO tomonidan:

  • Nomzodning barcha sayohat va transport xarajatlari qoplanadi.-
  • Nomzodning tibbiy sugʻurta sarflari toʻlab beriladi.

Dastur nomzodlarning oila aʼzolari bilan yashashlari va ularning boshqa xarajatlarini toʻlamaydi. Shuning uchun nomzod qoʻshimcha sarflarini oʻzi toʻlashi kerak.

Talablar:

  • Oʻzbekistonlik nomzodlar ariza bera oladilar.
  • Grant dasturi 27 ta tadqiqot soha (loyiha)si boʻyicha 20 nafar nomzodga moʻljallangan. Ammo har bir sohaning oʻz talablari mavjud. Bular nomzodning yoshi, ilmiy darajasi (diplomi) va kompyuterni bilishi haqida. Barcha sohalar va ularning talablari haqida batafsil: SHU YERDA tanishishingiz mumkin.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi lozim.
  • Talabgor sogʻlom boʻlishi zarur.
  • Nomzod oʻqish muddati tugagandan keyin oʻz yurtiga qaytib ketishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga hujjat topshirish. Arizalar ikki nusxada 2019-yil 30-aprelgacha grant boʻyicha masʼul janob Stoyan Bantchevga Oʻzbekistonning UNESCO ishlari boʻyicha Milliy Komissiyasi orqali joʻnatilishi kerak. Arizaning elektron nusxasi esa unesco4@agh.edu.pls.bantchev@unesco.org; l.zas-friz@unesco.org va d.bianchi@unesco.org elektron pochtalariga oldindan yuboriladi.

Topshiriladigan hujjatlar tarkibi:

  • Ariza. YUNЕSKO grantiga yozilgan arizaga tibbiy maʼlumotnoma ilova qilinadi va barcha 4 varaq bosh harflar bilan ingliz tilida toʻldiriladi. Ushbu talablarga javob bermagan va tushunarsiz toʻldirilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi. Ariza shaklini Oʻzbekistonning YUNЕSKO ishlari boʻyicha Milliy Komissiyasi orqali olasiz. Ariza va til sertifikati shaklini: SHU YERDAN yuklab oling.
  • 4×6 hajmdagi ikkita fotosurat.
  • Notarial tasdiqlangan va magistr yoki bakalavr diplomining ingliz tilidagi
  • YUNЕSKO ingliz tili sertifikati. Hujjat tegishli tashkilot tomonidan rasmiylashtirilgan va tasdiqlangan boʻlishi kerak. Demak, Oʻzbekistonning UNESCO ishlari boʻyicha Milliy Komissiyasiga murojaat qilasiz.
  • Ikkita tavsiyanoma. Tavsiyanomalarni ish bilan bogʻliq boʻlgan shaxs (rektor, prorektor, agar biror loyihada ishtirok etgan boʻlsangiz – loyiha koordinatori yoki ilmiy rahbar kabi)lardan olasiz. Tavsiyanomalar sizning malaka va koʻnikmalaringizni tasdiqlashi kerak.
  • Nomzodlar http://www.unesco.agh.edu.pl/en/ sahifasidagi stipendiyani roʻyxatga olish tizimida roʻyxatdan oʻtishlari kerak. Bu sizning hujjatlaringiz tasdiqlangandan keyin amalga oshiriladi. Hujjatlaringizni Oʻzbekistonning UNESCO ishlari boʻyicha Milliy Komissiyasi tasdiqlaydi.

*Barcha hujjatlar ingliz tilida rasmiylashtiriladi. Murojaat uchun manzil va kontaktlar maqola soʻngida koʻrsatilgan.

Nomzodlar ilmiy salohiyati, tadqiqotchilikka qiziqishi, yangilikka intilishi, hamkorlikda ishlash, aʼlo baholari, oʻz sohasi boʻyicha malakasi, ijtimoiy faolligi, nashr ishlari, yutuqlari, ingliz tilini bilishi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga OʻzbekistonningUNESCO ishlari boʻyicha Milliy Komissiyasi tomonidan xabar beriladi.

Bogʻlanish uchun:

UNESCO

Masʼul shaxs: Stoyan Bantchev

Chief, Participation Programme and Fellowships Section

Telefon:+33(0)1 45 68 13 75

Faks: +33(0)1 45 68 55 03/02

Elektron pochta: s.bantchev@unesco.org

Oʻzbekiston

Oʻzbekistonning UNESCO ishlari boʻyicha Milliy Komissiyasi

National Commission of the Republic of Uzbekistan for UNESCO

Masʼul shaxslar: Aziz Abduhakimov, rais; Alisher Ikramov, bosh kotib.

Manzil:

54, Mustaqillik shoh koʻchasi,

Toshkent, 100077

Telefon: (998.71) 267 05 42; (998.71) 267 05 61

Faks: (998.71) 267 05 38

Elektron pochta: unesconatcom@umail.uz

Polsha

UNESCO Chair for Science,Technology and Engineering Education  

Manzil:

Av. A. Mickiewicza 30,

PL 30-059 Krakow, AGH, U2, r. 201, 203

Telefon: +48 12 6175109

Faks: +48 12 6175108

Elektron pochta: unesco@agh.edu.pl

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!