×

UNESCO Xalqaro Savodxonlik Mukofoti: Yutuq – 20 000 AQSH dollari


Grant

MUHLAT

05.06.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

3474 marta

2018-yilgi UNESCO Xalqaro Savodxonlik Mukofoti uchun arizalar qabul qilish boshlandi. 1967-yildan buyon savodxonlikni rivojlantirishga ulkan hissa qo’shgan shaxslar, tashkilotlar va dasturlarga ushbu mukofot taqdim etib kelinadi. 2018-yilgi mukofot “Literacy and skills development” (Savodxonlik va malakani rivojlantirish) mavzusidagi, aholi savodxonigini yuqori darajada  qo’llab-quvvatlaydigan va unga o’z hissasini qo’shayotgan loyiha va dasturlar uchun taqdim etiladi.

UNESCO Xalqaro Savodxonlik Mukofoti doirasida ikkita yirik mukofot dasturlari bo’lib,

  • birinchisi- Janubiy Koreya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan Qirol Sejong Xalqaro Savodxonlik Mukofoti (2 ta sovrin). Bu mukofot uchun ona tili savodxonligi va rivojiga xissa qo’shgan nomzodlar alohida ustunlikka ega.
  • ikkinchisi- Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan moliyalashtriladigan Konfutsiy Xalqaro Savodxonlik Mukofoti (uchta sovrin). Bu mukofot kattalar savodxonligini qo’llab-quvvatlash, ta’lim muassasalari to’liq rivojlanmagan chekka hududlarda savodxonlikni rivojlantirish va xotin-qizlar savodxonligini rivojlantrishga alohida xissa qo’shgan loyiha va dasturlar uchun taqdim etiladi.

Taqdirlash maqrosimi 8-sentabr – Xalqaro Savodxonlik kunida tantanali ravishda bo’lib o’tadi.

Grant kimlar uchun?

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxlar (tashkilotlar) savodxonlikni qo’llab-quvvatlovchi loyiha va dasturlari bilan ishtirok etishlari mumkin

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Barcha sovrindorlar medal, sertifikat va 20 000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Talablar:

Hay’at 2018-yilgi Xalqaro UNESCO Savodxonlik Mukofoti’ga nomzodlarni quyidagi me’zonlar asosida ko’rib chiqadi:

  1. Aloqadorlik darajasi. Topshirilgan dasturlar va loyihalar UNESCO Savodxonlik Mukofoti’ning ariza topshirilgan sovrinining maqsadi va shu yillik mavzosiga aloqador bo’lishi kerak.
  2. Aholi va jamiyat uchun samaralilik darajasi. Topshirilgan dasturlar va loyihalar o’zlari belgilangan sharoit va hududdagi jamiyat va aholiga aloqador bo’lishi kerak. Ularning dizayni, amalga tatbiq qilinishi, tuzilishi, boshqaruvi va baholanishi samarali bo’lishi zarur.
  3. Amaliyotda samaralilik darajasi. Topshirilgan loyiha va dasturlarning o’qitilish sifati yuqori bo’lishi kerak. O’qitish va o’rganish sifati samaradorlik, tenglik, ahamiyatlilik va manfaat kabi o’zaro bog’liq o’lchovlarni o’z ichiga oladi.
  4. Ta’sir doirasi. Topshirilgan loyiha va dasturlarning ta’sirlari deganda ham ijobiy, ham salbiy, rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan barcha natijalar inobatga olinadi.
  5. Innovativliligi. Topshirilgan loyiha va dasturlarning yangilik olib kirgish darajasi ham inobatga olinadi.
  6. Barqarorligi. Loyiha va dasturlarning barqarorligi deganda ular mo’ljallangan davrdan keyingi vaqt ichida ham barqaror ijobiy natijalar davom etishi tushuniladi.
  7. Undan tashqari, loyiha va dasturlarga quyidagi talablar ham mavjud:
    – Loyiha/dastur kamida uch yildan beri faoliyat yuritayotgan bo’lishi kerak;
    – Oxirgi 5 yil ichida UNESCO Xalqaro Savodxonlik Mukofoti laureatligini olmagan bo’lishi kerak va
    – turli dasturlar orqali savodxonlikni targ’ib qilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Xujjat topshirish jarayoni UNESCO ning milliy vakolatxonalari va UNESCO bilan to’g’ridan-to’g’ri hamkorlika ega  nodavlat tashkilotlar orqali amalga oshiriladi. Mukofotga xujjat topshirish quyidagi tartibga amalga oshiriladi:

  1. Mukofotga nomzodi tavsiya etilishini xohlovchilar UNESCO milliy vakolatxonasi yoki nodavlat tashkilotga ariza topshirishadi- buning uchun oxirgi muhlat – 5-iyun, 2018-yil, Parij vaqti bilan 00:00.
  2. Nomzod tavsiya qilish uchun mas’ul tashkilot arizalarni ko’rib chiqib, munosib ko’rilgan nomzodlarni 2018-yilgi UNESCO Xalqaro Savodxonlik Mukofoti uchun tavsiya qiladi. Bunda ushbu vakolatxona va tashkilotlar aholi savodxonligini qo’llab-quvvatlashga ulkan xissa qo’shgan loyihalarga e’tibor qaratishi zarur. Nomzodlarni tavsiya qilish uchun oxirgi muddat – 17-iyun 2018-yil, Parij vaqti bilan 00:00.
  3. Barcha nomzodlar mustaqil hay’at tomonidan saralash me’zonlariga asosan ko’rib chiqiladi.

Eslatmalar

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!