×

UNESCO’dan Iroqdagi Al Nuriy majmuasini qayta tiklash dizaynlari tanlovi: mukofot – 50 000 AQSh dollari!


Grant

MUHLAT

26.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1682 marta

UNESKO butun dunyodagi iste’dodli shaxslarni Iroqning Mosul shahrida joylashgan Al Nuriy masjid majmuasini tiklash va rekonstruksiya qilish bo’yicha eksklyuziv xalqaro me’moriy tanlovda ishtirok etishga chaqirmoqda. Loyiha Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) tomonidan moliyalashtiriladi. XII asrning ikkinchi yarmida qurilganidan beri al Nuriy majmuasi Mosul shahri hayoti va rivojlanishida muhim o’rin tutgan. Tanlov orqali al Nuriy kompleksini qayta tiklashda dunyoning eng qobiliyatli arxitektor va muhandislarining g’oyalaridan foydalanish rejalashtirilgan. 

Mosul shahrini qayta tiklash tashabbusidan tashqari, ushbu tanlov Mosul aholisi hayotini o’zgartirish va jangarilar tomonidan sodir etilgan vayronagarchilikni bartaraf etib, aholi hayotini yana izga tushirishga ham qissa qo’shadi. Tanlov uchun tayyorlangan maxsus videoni bu yerda tomosha qilishingiz mumkin. 

Tanlovda ishtirok etishni istaganlar namozxonalar, ularning yangi binoga qo’shilishi, ba’zi tarixiy binolarni qayta tiklash, qayta tiklangan binolarni yangi binolar bilan uyg’unlashtirish hamda butun maydonni obodonlashtirishni o’z ichiga olgan dizayn konsepsiyasini taqdim etishlari kerak. Jamiyat ehtiyojlariga bag’ishlangan yangi joylarni yaratish orqali loyiha majmuaning asosiy diniy vazifasidan tashqari, aholiga ta’lim, ijtimoiy va madaniy tadbirlar uchun xizmat ko’rsatish uchun sharoit yaratishni nazarda tutadi.

Tanlovda arxitektorlar, arxitektor va muhandislar jamoalari, qurilish tashkilotlari ishtirok etishlari mumkin. Kompleksni qayta tiklashda nimalar nazarda tutilgani bilan bu yerda hamda tanlov nizomida tanishishingiz mumkin 

Grant kimlar uchun?

Arxitektorlar, muhandislar va qurilish kompaniyalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • 1-o’rin uchun – 50 000 AQSh dollari
  • 2-o’rin uchun – 30 000 AQSh dollari
  • 3-o’rin uchun – 20 000 AQSh dollari
  • 4-o’rin uchun – 15 000 AQSh dollari
  • 5-o’rin uchun – 10 000 AQSh dollari.

G’oliblar aniqlangach, qurilish ishlari boshlanadi va 27 oy ichida bitkazilishi kerak bo’ladi. 

Talablar:

  • Tanlovda arxitektorlar, arxitektor va muhandislar jamoalari, qurilish tashkilotlari ishtirok etishlari mumkin. Qurilish tashkilot yoki kompaniyalari ariza berganda bosh arxitektorning ismi aniq ko’rsatilishi kerak. 
  • Dizaynlar Mosul shahrining eski ko’rinishiga mos hamda masjidning eski ko’rinishiga yaqin bo’lishi, masjiddan foydalanuvchilar uchun qulayliklarga ega bo’lishi, atrof-muhitga zarar yetkazmaslikni ko’zda tutishi hamda yangidan qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan qismlarni eski kompleksdan saqlanib qolgan qismlar bilan muvaffaqiyatli birlashtirishi kerak. 
  • Tanlovda ishtirok etayotgan jamoa yoki kompaniyaning bosh arxitektori kamida 5 yillik ish tajribasiga va binolarni qayta tiklash, tarixiy binolarni modernizatsiya qilish ishlarida tajribaga ega bo’lishi shart. 
  • Jamoada kamida bitta kichik muhandis bo’lishi, u o’z sohasida kamida 1-2 yil ish tajribasiga ega bo’lishi lozim.
  • Jamoa o’zi ilgari yaratgan dizaynlar va shu dizaynlar amalga oshirilganini ko’rsatuvchi kamida ikkita ish namunasini topshirishi kerak.
  • Tarixiy shaharni qayta tiklashga oid kamida bitta ish namunasi ham taqdim etilishi lozim. 

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun 2021-yil 26-martgacha arizalar qabul qilinadi. Hujjat topshirish uchun avvaliga bu yerda ro’yxatdan o’tiladi. Hujjat topshirish oldidan tanlov nizomi bilan tanishib chiqing. Natijalar 15-aprelda e’lon qilinadi.

Murojaat uchun 15-yanvarga qadar mosulcompetition_secret@unesco.org manziliga ingliz tilida e-mail yuboring.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!