×

UNESCO’ning tanlovida ishtirok eting va 20000 AQSh dollari yutib oling!


Grant

MUHLAT

28.06.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

4240 marta

UNESCO tashkiloti tomonidan e’lon qilingan UNESCO International Literacy Prizes tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu tanlovning bu yilgi mavzusi: “Teaching and learning literacy: the role of educators and changing pedagogies”. Tanlov o’z jamiyatlarida va jahonda aholi savodxonlik darajasini yaxshilashga sezilarli hissa qo’shayotgan shaxslar, nodavlat-notijorat tashkilotlar va uyushmalarni e’tirof etish maqsadida tashkil etilgan. Tanlov doirasida 5 nafar g’olib taqdirlanishi rejalashtirilgan. G’oliblarni taqdirlash marosimi UNESCO’ning Parijdagi bosh ofisida otkaziladi. Qo’shimcha ma’lumot

Grant kimlar uchun?

Jismoniy shaxslar va nodavlat tashkilotlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

5 nafar sovrinli o’rinning har biri egalariga medal, diplom hamda 20000 AQSh dollar pul mukofoti taqdim etiladi.

Talablar:

Tanlovda ishtirok etish uchun ariza topshirgan shaxslar, tashkilot yoki uyushmalardan aholi savodxonlik darajasini oshirishda sezilarli yutuqlarga erishgan bo’lishlari, bu borada turli loyihalar ustida ishlayotgan bo’lishlari va natijalarga erishgan bo’lishlari kerak. Nomzodlar topshirgan loyihalar quyidagi talablarga javob berish talab etiladi:

  1. Loyiha tanlov maqsadi va bu yilgi mavzusiga mos bo’lishi zarur.
  2. Loyiha puxta rejalashtirilgan bo’lishi va o’zi mo’ljallangan jamiyatdagi shaxslar ehtiyojlariga mos bo’lishi kerak.
  3. O’qitish va o’rganish sifati. Loyihaning bu jihati nomzod savodxonlikni yaxshilash uchun taklif etayotgan o’qitish rejasidagi samaradorlik, tenglik va mavzuga moslik sifatlarini o’zida jamlashi kerak.
  4. Loyiha dasturining jamiyatga bo’ladigan ta’siri. Bunda ijobiy natijalar ham, salbiy oqibatlar ham hisobga olinadi.
  5. Loyihada qilingan yangiliklar (onnivatsiya) darajasi.
  6. Loyihaning barqarorligi, ya’ni, loyihaning u amalga oshirib bo’lingandan keyin ham davom etib turadigan ta’sir darajasi.

Bundan tashqari:

  1. Tanlovga taqdim etilgan loyihalarga kamida 3 yil avval start berilgan bo’lishi, u hozir ham amalga oshayotgan bo’lishi va bu vaqt mobaynida dasturning innovatsion yechimlari hamda samarasi amalda isbotlangan bo’lishi hamda zarur.
  2. Loyiha oxirgi 5 yil ichida UNESCO International Literacy Prizes tanlovida taqdirlanmagan bo’lishi kerak.
  3. Loyiha innovatsion dastur va loyihalar orqali aholi savodxonligini oshirishni qo’llab-quvvatlayotgan bo’lishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun avval nomzod UNESCO milliy komissiyasiga yoki UNESCO bilan hamkor tashkilotlarga ariza topshiradi, bu tashkilotlar esa nomzodlar ichidan ba’zilarini mukofot uchun tavsiya etadi. Ariza beruvchilardan bu yerda ariza topshirish talab etiladi.

Nomzodlar o’z arizalarini tegishli tashkilotlariga 2020-yilning 28-iyuniga qadar taqdim etishlari mumkin. Tashkilotlar esa kelib tushgan arizalar ichidan munosib nomzodlarni tanlov hay’at a’zolariga ko’rib chiqish uchun 2020-yil 12-iyulgacha tavsiya etishlari zarur. Qo’shimcha ma’lumot

Savollar yoki qo’shimcha ma’lumot uchun literacyprizes@unesco.org elektron manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!