×

Unibo Action 1 & 2: Italiya magistratura kursida o’qish uchun to’liq va 11 000 yevro miqdorida grantlar!


Grant

MUHLAT

30.04.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Italiya

O'QILGAN

2726 marta

Italiyada joylashgan nufuzli universitetlardan biri – University of Bologna tomonidan taqdim etiladigan Unibo Action 1 & 2 grant dasturiga arizalar qabuli qish oylarida ochiladi. Qabul uchun GRE testini topshirish talab qilingani bois, hujjat topshirishga hozirdan tayyorgarlik ko’ring.

Ushbu grantlar Bologna universiteti magistratura kurslariga o’qishga hujjat topshirgan va qabul qilingan xorijlik talabalarga GRE ballari natijalari, bakalavr kursida to’plagan natijalari va motivatsiyalari asosida belgilanadi. Bologna universitetida ingliz va italyan tilida magistratura kurslari mavjud. Batafsil ro’yxat bu yerda.

Grant kimlar uchun?

Magistratura kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Unibo Action 1 grantini yutib olgan talaba o’qish to’lovidan butunlay ozod qilinadi.

Unibo Action 2 grantini yutib olgan talabaga umumiy miqdori 11 000 yevroga teng grant taqdim etiladi. Grantlar 2 yillik magistratura kursining 2-yili uchun ham yangilanishi mumkin, buning uchun a’lo baholarga o’qish zarur. Kontrakt to’lovi haqida

Talablar:

  • Nomzod bakalavr diplomiga ega bo’lishi kerak.
  • Nomzod ariza topshirish muhlatidan avval GRE testini topshirishi va arizasi bilan birga GRE natijalarini ham yuborishi zarur.
  • Nomzodning yoshi 30 dan oshmagan bo’lishi zarur.
  • Nomzod Bologna universiteti magistratura kurslaridan biriga o’qishga hujjat topshirishi zarur.
  • Agar nomzod italyan tilida o’qitiladigan magistratura kursiga hujjat topshirgan bo’lsa, italyan tilini, ingliz tilida o’qitiladigan magistratura kursiga hujjat topshirgan bo’lsa, ingliz tilini yaxshi bilishi va til sertifikatlarini taqdim etishi zarur. Kurslarga qabul uchun talab qilinadigan ballar har bir kurs uchun alohida, shu kursning sahifasida ko’rsatilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

2021-yil kuzda boshlanadigan kurslar va grant uchun hujjatlar 2021-yil fevral oyidan boshlab qabul qilinadi. Hujjatlar taxminan 30-aprelga qadar qabul qilinadi. Hujjat topshirishning so’nggi kuni o’zgarishi mumkin, shuning uchun fevral oyida Bologna universiteti rasmiy saytiga kirib, hujjat topshirish muddatlarini qayta tekshirib oling. Natijalar may oyida e’lon qilinadi.

Arizalar bu yerda topshiriladi. GRE testi natijalarini yuborish uchun Bologna universiteti kodi: 7850. Italiyaga viza olish masalalari haqida batafsil ma’lumotni bu yerda o’qing.

Unibo universitetiga murojaat uchun internationaldesk@unibo.it elektron manziliga xabar yo’llang.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!