×

Unicorns: umumiy mukofot jamgʻarmasi 150 mln soʻm boʻlgan startaplar tanlovi!


Grant

MUHLAT

21.05.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

2293 marta

Unicorns” tanlovi Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va boshqa bir nechta tashkilotlar hamkorligida har yili oʻtkazilib kelinayotgan startaplar tanlovi boʻlib, ushbu tanlov Respublika boʻylab 18-30 oraligʻidagi yoshlar oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy innovatsion gʻoya va loyihalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.

Tanlovning asosiy maqsadi:

  • startap tanlovlariga keng auditoriyani jalb qilish;
  • startap loyihalari faoliyatida faollik darajasini oshirish va yoshlarni faollashtirish;
  • eng yaxshi startaperlar mahoratini namoyish etish;
  • startap egalari oʻrtasida tajriba almashish;
  • respublikada startap ekotizimini rivojlantirish;
  • startap egalarini moliyaviy va bilim jihatdan qoʻllab-quvvatlash.

“Unicorns” tanlovida ishtirok etish uchun quyidagi yoʻnalishlarda innovatsion texnologiyalarni yaratishga qaratilgan loyihalar taklif etiladi:

  • IT-ishlanmalar; 
  • FinTech va Moliyaviy xizmatlar;
  • Turizm;
  • BuildTech (Arxitektura) va Uy-joy kommunal xoʻjaligi
  • Korxonalarning davlat xizmatlari va biznes jarayonlarini avtomatlashtirish;
  • AgroTech va FoodTech (Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati);
  • Energiya, tejamkorlik va portativ energiya manbalari;
  • Avtonom va robotli tizimlar;
  • Tibbiyot, farmakologiya va biotexnologiyalar;
  • Transport va logistika xizmati;
  • Tadbirkorlik va xizmat koʻrsatish, smart retail;
  • EdTech, HRTech, xarid faoliyati;
  • AdTech va AI reklama;
  • Media, oʻyinlar xizmati;
  • Xavfsizlik, biometriya, kompyuter koʻrish (kompyuternoye zreniye);
  • Ijtimoiy texnologiyalar (ekologiya, sport, shahar muhiti);
  • Virtuallik, qoʻshilgan va aralashgan reallik;
  • Umumiy isteʼmol/foydalanish;

Tanlov 3 bosqichda oʻtkaziladi: 

  1. Ariza topshirish va saralash. 
  2. Akkseliartsiya dasturi.
  3. Top 60 ta startapni saralash uchun taqdimot jarayoni.

Grant kimlar uchun?

18-30 yoshdagi innovatsion gʻoya va startap loyihaga ega yoshlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovning mukofot jamgʻarmasi 150 000 000 soʻm (bir yuz ellik million soʻm) grant mablagʻlarini tashkil qiladi. Mukofot quyidagicha taqsimlanadi:

  • Samarqand. Qashqadaryo va Toshkent viloyatidan 5 nafardan jami 15 nafar gʻolibga 10 000 000 soʻm (oʻn million soʻm) pul mukofoti;
  • Respublika boʻylab investorlarga maʼqul kelgan startap loyihalarga  $100 000 gacha investitsiya kiritiladi (Investorlarning qaroriga asosan startap loyiha istiqbolli deb topilsa investitsiya kiritiladi, aks holda investitsiya kiritilmaydi).

15 nafar gʻoliblarga 10 mln. soʻmdan mukofot pullari 25 ish kuni davomida tashkilotchilar tomonidan gʻoliblarning bankdagi hisob raqamiga oʻtkazib beriladi. Buning uchun gʻoliblar tomonidan barcha hujjatlar vaqtida taqdim etishlari kerak.

Venchur investorlarning qaroriga asosan moliyalashtirilishi rejalashtirilgan startap loyihalar, moliyalashtiruvchi venchur jamgʻarma va startap loyiha asoschisi kelishuviga asosan, Venchur jamgʻarma investitsiya mablagʻini gʻoliblarning bankdagi hisob raqamiga oʻtkazib beradi Bunda investorlarning qaroriga asosan startap loyiha istiqbolli deb topilsa investitsiya kiritiladi, aks holda investitsiya kiritilmaydi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Tanlovga 18-30 yosh oraligʻidagi oʻz startap loyihasining gʻoya yoki minimal mahsuloti (MVP) bosqichidan tortib to yakuniy bosqichigacha boʻlishidan qatʼi nazar, tashabbuskor yoshlar, tadbirkorlar, ixtirochilar, oliy taʼlim muassasalarining talabalari va professor-oʻqituvchilari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar bitiruvchilari ishtirok etishlari mumkin.
  • Bitta ishtirokchi yoki jamoa tanlovga uchtadan koʻp boʻlmagan ariza (loyiha taklifi) topshirishi mumkin. Loyiha jamoasi uning aʼzolari tomonidan tuziladi va jamoa aʼzolari oʻz aʼzolari orasidan loyiha menejerini saylaydilar.

Jamoaga qoʻyiladigan asosiy talablar:

  • Loyiha bilan ishlash uchun haftasiga kamida 10 soat ajratish imkoniyati mavjud boʻlishi kerak.
  • Loyiha jamoasida kamida 2 (ikki) kishi boʻlishi kerak.
  • Qoʻllab-quvvatlash dasturi ishtirokchilaridan ochiqlik talab qilinadi, raqobatbardosh mahsulotlarga va yangi biznes modellariga aylantirilishi kerak boʻlgan tadqiqot, yuqori ichki energiya, ilmiy bilim, barcha oflayn/onlayn tadbirlarda maksimal jalb qilish va faol ishtirok etish, loyihani amalga oshirish boʻyicha jadal va mustaqil ishlarga tayyor boʻlish, oʻzining harakatlariga javobgarlik, oʻz mahsulotiga nisbatan eʼtiborlilik, fikrlash ochiqligi va kreativ yondashuvga, natija va maqsadga erishishga tadbirkorlik yondashuviga qaratilgan boʻlishi kerak.Ishtirokchilar oʻzlarini barqaror internet, onlayn videokonferensiyalar va dasturda toʻliq ishtirok etish uchun zarur gadjet/uskunalar (kompyuter, noutbuk, telefon va boshqalar) uchun yetarli tezlik bilan taʼminlashlari lozim. 

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlov uchun arizalar 2023-yil 21-mayga qadar www.unicorns.uz sayti orqali qabul qilinadi.  Loyiha asoschisi/rahbari/jamoasi ariza formasini onlayn ravishda toʻldiradi va qoʻllab-quvvatlash dasturining veb-sayti orqali loyihaning toʻliq taqdimotini taqdim etadi. Ariza shaklining majburiy toʻldirish uchun barcha maydonlari toʻldirilgan boʻlishi lozim, aks holda arizalar koʻrib chiqilmaydi va qabul qilinmaydi. 

Taqdimotda loyiha toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan, taklif etilayotgan mahsulot/yechim, u hal qiladigan muammo, bozor, jamoaning tarkibi va vakolatlari, maqomi va erishilgan yutuqlari, qoʻllab-quvvatlash dasturida ishtirok etish uchun maqsadlar va ehtiyojlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi lozim. Arizada taqdim etilgan axborot toʻliq, aniq, ishonchli boʻlishi kerak.

Eslatma: arizalar oʻzbek tilida qabul qilinadi. Qoʻllab-quvvatlash dasturining ish tillari oʻzbek tili.

MUHIM: dasturga hujjat topshirishga kirishishdan avval rasmiy eʼlon va tanlov nizomi bilan yaxshilab tanishib chiqing.

Dastur bilan bogʻliq qoʻshimcha savollar bilan unicornsuzb@gmail.com elektron manziliga yoki +998 99 976 14 64 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!