×

Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasidan bakalavrlar uchun AQSHda 21 kunlik yozgi almashinuv dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

31.01.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

43856 marta

Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasi va AQSHning Ball State University oliygohi hamkorlikda Oʻzbekistondagi bakalavriat talabalari uchun “United States & Uzbekistan Network and International Exchange for Development (UNITED)” yozgi amlashinuv dasturini eʼlon qildi.

Dasturga jami 15 nafar talaba saralab olinadi hamda ular Ball State University oliygohidagi (AQSH) 21 kunlik yozgi almashinuv dasturi mashgʻulotlarida ishtirok etadi. Dastur mashgʻulotlari 2023-yil 14-iyundan 6-iyulgacha oʻtkaziladi. Dastur AQSH va O‘zbekiston o‘rtasida fuqarolik anglashuvini yaxshilash va mustahkam munosabatlarni o‘rnatishga qaratilgan transformativ hamda bilimlarni kengaytirish tajribasini taqdim etadi.

Dastur fuqarolik, boshqaruv va karyera rivojlanishi boʻyicha interfaol seminarlar va mashgʻulotlarni oʻz ichiga oladi. Dastur mentorlari talabalarni sinfda o‘rganganlarini o‘z jamoalariga foyda keltiradigan va kasbiy maqsadlarini olg‘a suradigan loyihalarda qo‘llashga undaydi.

Grant kimlar uchun?

18-24 yoshli bakalavriat talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Qabul qilingan talabalarning dasturga qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlari, jumladan, AQSHga borish-kelish, turar joy, oziq-ovqat va boshqa xarajatlari toʻliq qoplanadi.

Shuningdek, dastur yakunida ishtirokchilar maxsus sertifikat bilan taqdirlanadi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Oʻzbekiston fuqarosi boʻlish kerak.
  • 18-24 yoshli nomzodlar ariza topshira oladi.
  • Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasasida 4 yillik bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan talaba boʻlish lozim.
  • UNITED dasturining maqsadini ilgari surish, qoʻllab-quvvatlashga qiziqishi kerak.
  • Ingliz tilini yaxshi bilish kerak (qiyinchiliksiz yozish, oʻqish, gaplashish darajasida).

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2023-yil 31-yanvar 16:00 gacha qabul qilinadi.

Arizalar onlayn tarzda BU YERDA topshiriladi.

Ariza topshirish vaqtida shaxsiy maʼlumotlarni kiritish bilan birga quyidagilarni ham yuklash talab etiladi:

  • 1-2 betli insho. Bunda nomzod nega bu dasturda ishtirok etishni xohlashi va dasturdan qanday manfaat olishi mumkinligini tushuntirib berishi kerak.
  • Tavsiyanoma.

Ariza va hujjatlarning barchasi ingliz tilida boʻlishi lozim.

Ariza bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtganlar ingliz tilida boʻladigan onlayn suhbat bosqichiga taklif qilinadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan djroof@bsu.edu elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!