×

Université de Montréal: Kanada magistratura va doktorantura kurslarida o’qish uchun grantlar


Grant

MUHLAT

01.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'QILGAN

2055 marta

Kanadada joylashgan Université de Montréal universiteti tomonidan beriladigan UdeM Exemption Scholarship grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetda o’qitiladigan magistratura va doktorantura kurslariga o’qishga qabul qilingan xorijlik talablarga beriladi. Universitetda o’qitiladigan barcha magistratura va doktorantura kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktoranturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Montreal universitetida kanadalik va chet ellik talabalar to’laydigan kontrakt miqdori bir-biridan farq qiladi – xalqaro talabalar ko’proq kontrakt to’lashadi. The UdeM exemption scholarship grantini yutib olgan doktorantura talabalari kanadalik talabalar bilan bir xil miqdorda kontrakt to’lash imkoniga ega bo’lishadi, o’qish to’lovining qolgan miqdorini Montreal universiteti qoplab beradi. Magistratura talabalariga esa chet ellik va kanadaliklar to’laydigan kontrakt miqdori o’rtasidagi farqni qisman qoplash uchun yiliga 9 420 Kanada dollari (7 067 AQSh dollari) stipendiya beriladi.

O’qish to’lovi miqdorlari bu yerda ko’rsatilgan.

Talablar:

  • Nomzod Montreal universitetidagi to’liq (full-time) shakldagi magistratura yoki doktorantura kurslaridan biriga o’qishga hujjat topshirishi kerak.
  • UdeM exemption scholarship grantini yutib olgan talaba boshqa grant manbalaridan yordam olishi mumkin emas.
  • Magistratura kursiga qabul qilinish uchun talaba bakalavr diplomiga ega bo’lishi va ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Undan tashqari, o’zi tanlagan magistratura kursining qabul talablariga mos bo’lishi kerak.
  • Doktorantura kursiga qabul qilinish uchun talaba bakalavr diplomiga ega bo’lishi va ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Undan tashqari, o’zi tanlagan kursning qabul talablariga mos bo’lishi kerak. Doktoranturaga o’qishga kirish uchun magistratura diplomi talab qilinishi ham, talab qilinmasligi ham mumkin, buni o’zingiz tanlagan kurs haqidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqish orqali aniqlashtirib olishingiz zarur.
  • Barcha nomzodlarning bakalavr va/yoki magistratura kursida olingan baholari juda yuqori bo’lishi kerak. Grantlar eng a’lochi talabalarga beriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun magistratura yoki doktorantura kursiga arizalarni 2021-yil 1-fevralgacha topshirish kerak. Arizalar bu yerda topshiriladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!