×

Universiti Brunei Darussalam: Bruneyda bepul PhD bosqichi, bepul turar joy, stipendiya va aviachipta!


Grant

MUHLAT

31.07.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Bruney

O'QILGAN

8008 marta

Bruneyda joylashgan Universiti Brunei Darussalam oliygohi tomonidan beriladigan UBD Graduate Research Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetda o‘qitiladigan doktorantura kurslari va ilg‘or tadqiqotlar uchun beriladi. Dasturga bruneylik va bruneylik bo‘lmagan (xorijlik) a’lochi, tadqiqot tajribasi va muhim tadqiqot rejalariga ega bo‘lgan eng iqtidorli talabalar, mutaxassislar qabul qilinadi.

Mazkur grant har yili oʻrtacha 20 nafar nomzodga ajratiladi. Bu yil qabul qilinganlar 2025-yilning yanvaridan oʻqishni boshlaydi. Darslar ingliz tilida olib boriladi.

Bu grantlar ushbu universitetdagi istalgan PhD dasturiga ajratilishi mumkin, lekin quyidagi soahalarga oid PhD kurslari uchun ustunlik beriladi:

  • Energy
  • Material Science
  • Biodiversity
  • Data Analytics
  • Asian and Islamic Studies
  • Bioinspiration
  • Climate Change
  • Herbal Medicine
  • Sensor Technology
  • Catalysis

Barcha PhD dasturlarini BU YERDAN topasiz.

Maʼlumot uchun: Mazkur universitet dunyoning eng nufuzli oliygohlari sirasiga kiradi. Jumladan, ushbu universitet, 2024-yil iyun oyi holatiga koʻrsa, dunyodagi eng nufuzli oliygohlar roʻyxatida 385-oʻrinni egallab turibdi (QS reytingi boʻyicha).

Grant kimlar uchun?

Doktorantura (PhD) kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutgan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega bo‘ladilar:

  • Kontrakt summasi, qabul badali va roʻyxatdan oʻtish badali to‘liq qoplanadi.
  • 36 oy davomida har oy 2200 BND (taxminan 1625 AQSh dollari) miqdorida stipendiya beriladi.
  • 36 oy mobaynida universitet yotoqxonasidan bepul xona ajratiladi.
  • O‘qishga borish va o‘z davlatiga qaytib ketish uchun aviachipta bilan ta’minlanadi.
  • Yo‘nalishga qarab 3000 BND (taxminan 2216 AQSh dollari) gacha mablag‘ tadqiqot xarajatlari uchun ajratiladi.
  • Viza xarajatlari qoplanadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • 30 yoshdan oshmagan boʻlish kerak. Ayrim hollarda 30 yoshdan oshganlarga ham grant ajratilishi mumkin.
  • Nomzod tanlagan PhD dasturi oʻzining magistrlik dasturiga mos boʻlishi kerak.
  • Magistratura bosqichini a’lo baholarga tamomlagan bo’lish kerak.
  • Nomzodning magistrlik darajasini olgani 5 yildan oshmagan boʻlishi kerak (2025-yil 1-yanvar holatiga koʻra).
  • Ingliz tilini yaxshi bilish kerak (IELTS 6,0, TOEFL 550 yoki boshqa tegishli test natijalari talab etiladi). 
  • O’zi hujjat topshirgan PhD yo’nalishiga mos mavzuda kuchli tadqiqot taklifiga (research proposal) ega bo’lishi kerak.
  • Oʻzi tanlagan doktorantura kursining qabul talablariga mos boʻlishi kerak. Qabul talablari bilan BU YERDA tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza berish uchun PhD kursiga hujjat topshirish va arizaning grantga oid qismini ham qo’shib to’ldirish kerak. Arizani bu yerda boshlab (Graduate Degree), 2024-yilning 31-iyuliga qadar topshirish zarur. Hujjat topshirish tartibi bilan bu yerda tanishing.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon bilan tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan basilios.tsikouras@ubd.edu.bn elektron pochtasi orqali Dr. Basilios Tsikourasʼga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!