×

University College Cork – magistratura bosqichi uchun 11 ta qisman grantlar


Grant

MUHLAT

01.05.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Irlandiya

O'QILGAN

1892 marta

Irlandiyaning Kork shahrida joylashgan University College Cork (UCC) oliygohi navbatdagi Excellence Scholarships (Masters) dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi. Ushbu stipendiya dasturi College of Arts, Celtic Studies & Social Sciences fakultetiga Masters yoki MRes bosqichiga o’qishga qabul qilingan talabalar uchun mo’ljallangan. Excellence Scholarships dasturi har yili 11 nafar tadqiqotchiga UCC oliygohida tahsil olish imkoniyatini beradi. Dastur doirasida magistraturaning kunduzgi (full time) kurslari uchun bir yillik va sirtqi (part time) kurslari uchun ikki yillik o’qish harajatlari to’lab beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Excellence Scholarships (Masters) dasturi faqat mahalliy va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari uchun belgilangan kontrakt summasining 100 foizini to’lash uchun mo’ljallangan bo’lib, boshqa mamlakat fuqarolari (jumladan O’zbekistonliklar) o’zlari uchun belgilangan kontrakt pulining qolgan qismini o’zlari qoplashlariga to’g’ri keladi.

Masalan, magistratura kursida o’qish 2019-2020-yildagi narxi Yevropa Ittifoqi davlarlaridan bo’lgan talabalar uchun 5 770 yevro, boshqa davlat fuqarolari uchun 13 000 yevro qilib belgilangan. 2020-21-yildagi kontrakt ham shu miqdordan biroz farq qilishi mumkin. Shu sababli dasturda g’olib bo’lgan O’zbekistonlik talaba kontrakt to’lovining qolgan 7 230 yevro miqdoridagi qismini o’zi to’lashi kerak bo’ladi.

Stipendiya dasturi bir o’quv yilida bir marta beriladi. Agar magistratura kursining davomiyligi ikki yil bo’lsa va tadqiqotchining yil davomidagi erishgan yutuq va ko’rsatkichlari grant beruvchini qoniqtirsa, stipendiya ta’minoti keyingi yilga ham uzaytirilishi mumkin.

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega (fuqarolikka oid cheklov yoʻq);
  2. Nomzod kamida bakalavr darajasiga ega bo’lishi kerak. Batafsil
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak
  4. Nomzod a’lochi bo’lishi kerak
  5. Nomzod UCC ning College of Arts, Celtic Studies & Social Sciences fakulteti kurslaridan biriga ariza topshirgan bo’lishi kerak
  6. Grantni yutib olgab tadqiqotchi 2 hafta ichida grant hay’atiga o’z javobini ma’lum qilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjat topshirish uchun barcha hujjatlar yuklab olinadi, to’ldiriladi (kompyuter orqali) bitta PDF fayliga joylanadi va email orqali graduateschool.cacsss@ucc.ie. manziliga yuboriladi. Hujjatlar 2020-yil 1-maygacha qabul qilinadi.

Universitetning magistratura kurslariga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar:

  1. Ariza. Universitetga faqat onlayn arizalar qabul qilinadi.
  2. Bakalavr diplomi. Batafsil.
  3. Baholar/ diplom ilovasi.
  4. Tadqiqot rejasi.
  5. Passport nusxasi.
  6. Til sertifikatlari. IELTS 6.5 va undan baland, har bir bo’limdan 5 ball yoki TOEFL 90 ball.
  7. CV.
  8. Tavsiyanoma (agar qabul komissiyasi tomonidan so’ralsa).
  9. Boshqa akademik yoki professional yutuqlar va mukofotlar haqidagi hujjat (agar mavjud bo’lsa).
  10. Arizani ko’rib chiqish uchun 50 yevro miqdoridagi to’lov.

Grant uchun kerakli hujjatlar:

  1. Ariza.
  2. Passport nusxasi
  3. Bakalavr diplomi va baholar
  4. Tavsiyanoma. Tavsiyanoma hujatlardan alohida, tavsiya beruvchi tomonidan to’ldirilib, hujjatlarni qabul qilish tugaguniga qadar jo’natilishi kerak.

Grantga hujjatlar qabuli dedlayga yaqin qolganda qabul qilina boshlaydi. Kerakli hujjatlar uchun shakllar esa: shu yerga joylashtiriladi. Universitetga qabul jarayoni haqidagi qo’llanma bilan bu yerda tanishing.

Ma’lumot uchun internationaloffice@ucc.ie elektron manziliga murojaat qilishingiz yoki savol-javoblar bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Bog’lanish uchun:

Email: internationalpostgrad@ucc.ie

Tel.: +353 21 4904745

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!