×

University of Bath: Menejment bo’yicha magistratura kurslarini uchun 5 000 funt sterling grantlar; joy – 30 ta


Grant

MUHLAT

26.04.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1307 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan University of Bath universiteti tomonidan taqdim etiladigan School of Management Scholarships grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar Bath universiteti menejment fakulteti tarkibidagi magistratura kurslarida o’qish uchun ajratiladi. Kurslar ro’yxati bu yerda ko’rsatilgan. Buyuk Britaniyalik, Yevropa Ittifoqi davlatlaridan bo’lgan va boshqa barcha davlatlardan hujjat topshirgan nomzodlar ichidan 30 nafar talabaga grant belgilanadi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Saralab olingan 30 nafar talabaning har biriga 5 000 funt sterling miqdorida grant belgilanadi. Grantlar o’qish to’loviga chegirma qilinadi. Magistratura uchun o’qish to’lovi 22 000 – 26 000 funt sterlingni tashkil qiladi.

Talablar:

  • Nomzod grant dedlaynigacha Bath universiteti menejment fakultetidagi 2021-yil sentyabrda boshlanadigan magistratura kurslaridan biriga o’qishga kirib, o’qishini tasdiqlashi zarur. Qabul qilingan talabalarga depozit to’lash uchun muddat belgilanadi. Talab depozitni ham to’lashi zarur. Shundan keyin grantga hujjat topshirish huquqini qo’lga kiritadi.
  • Magistratura kursiga hujjat topshirish uchun esa nomzod bakalavr diplomiga ega bo’lishi, baholari yuqori bo’lishi zarur.
  • Nomzod o’zi tanlagan magistratura kursining qabul talablariga ham mos bo’lishi zarur. Bu talablar bu yerda ko’rsatilgan.
  • Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi zarur. Qabul uchun IELTS 7,0, TOEFL iBT 100 kabi natijalar talab etiladi. Barcha test va talablar bilan bu yerda

Dasturga qabul jarayoni:

1-qadam: magistraturaga hujjat topshirish. Grant dasturiga faqat Bath universiteti 2021-yil sentyabrda boshlanadigan menejment magistratura kurslariga o’qishga qabul qilingan talabalar qabul qilinadi. Shuning uchun, avvaliga kursga hujjat topshirish hamda qabul qilinganingizni aniqlashtirib olish zarur. Ariza topshirish uchun bu yerda kerakli kursni tanlab, sahifasiga kirsangiz, hujjat topshirish tugmasi ko’rsatilgan bo’ladi.

Qabul qilingan talabalarga qabul xati beriladi.

2-qadam: grantga ariza berish. Qabul xatini qo’lga kiritgach, bu yerda grantga ariza bering. Grantga 2021-yil 18-yanvargacha (javobini 12-fevralda bilasiz), 26-aprelgacha (javobini 21-mayda bilasiz) va 16-iyulgacha (javobini 9-avgustda bilasiz) hujjat topshirish mumkin.

Ma’lumot uchun:

Email: msc-mn@bath.ac.uk

Tel: +44 (0) 1225 383757

Yoki bu yerga bosing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!