×

University of Birmingham: Magistratura uchun toʻliq va qisman grantlar


Grant

MUHLAT

24.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1520 marta

Buyuk Britaniyaning University of Birmingham – Birmingem universiteti Department of Political Science and International Studies (POLSIS) maktabining POLSIS Bursaries dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitetning Political Science yo’nalishi bo’yicha magistratura (MA/MSc) bosqichiga qabul qilingan/qilinadigan mahalliy va chet ellik nomzodlarga beriladi. Dasturdan maqsad iqtidorli, yuqoti potensialli tadqiqotchilarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichi uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan tadqiqotchining o’qish bilan bog’liq to’lovlari to’liq yoki qisman to’lab beriladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlarning fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladilar.
  2. Nomzod a’lochi, yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi va bu uning baholarida aks etishi lozim.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish zarur.
  4. Nomzod tanlangan sohaga tegishli yoki unga ekvivalent bakalavr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  5. Nomzod oliygohning 2020-2021 o’quv yilida boshlanadigan Political Science yo’nalishi bo’yicha magistratura (MA/MSc) kursiga qabul qilinishi zarur.
  6. Nomzod dasturga ariza berishidan avval o’ziga ilmiy rahbar tanlashi va u bilan bog’lanishi tavsiya etiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturida qatnashish uchun nomzod universitetning Department of Political Science and International Studies (POLSIS) maktabining Political Science yo’nalishi bo’yicha magistratura (MA/MSc) kurslariga hujjat topshirishi zarur. Shundan so’ng POLSIS Bursaries dasturi uchun ariza shakli to’ldirilib 2020-yil 24-fevralgacha topshirilishi kerak.

Eslatma: universitetga va grantga hujjat topshirish muhlatlari turlicha bo’lishini unutmang.

Universitetga kirish uchun kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):

  1. Onlayn ariza.
  2. Personal statement.
  3. Diplom va baholar varagʻi (diplom ilovasi).
  4. Ingliz tili sertifikati. Odatda kamida IELTS 7,0 soʻraladi.
  5. Ikkita tavsiyanoma.
  6. Cover letter va CV.
  7. Research proposal talab qilinishi mumkin.
  8. Qoʻshimcha ACT/SAT/GMAT/GRE kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari, akademik yutuqlari, ilmiy salohiyati, tadqiqot olib borishga layoqati, sohaga tegishli kasbiy tajriba kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar nomzodlarga imkon qadar tez fursat ichida eʼlon qilinadi.

Murojaat uchun:

Tel: +44 (0)121 414 3344

Fax: +44 (0)121 414 3971

e-mail: polsisma.bursaries@contacts.bham.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!