×

University of Birmingham: Postdoktorlar uchun 42 036 funt-sterlinggacha grant; joy – 7 ta!


Grant

MUHLAT

02.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1617 marta

Buyuk Britaniyaning University of Birmingham – Birmingem universiteti Research Fellow in Language Learning dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning The College of Arts & Law maktabida postdoktorlik tadqiqotini olib borishni xohlagan talabalar uchun mo‘ljallangan. Dasturga nomzod a’lochi, ilmiy salohiyatli boʻlishi lozim. Grant uch yilgacha beriladi. Grant yutib olgan tadqiqotchi chet tillarini qanday qilib samarali oʻrganish mumkinligi haqida izlanishlarni amalga oshirishi kerak.

Grant kimlar uchun?

Postdoktorlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga uch yil muddatga asosiy yashash xarajatlari uchun yillik 30 395 dan 42 036 funt-sterling stipendiya ajratiladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  • Nomzod universitetning The College of Arts & Law maktabida til kurslaridan biriga o‘qishga kirgan bo‘lishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi bo‘lishi zarur. Odatda baholar 2:1 boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod universitet talablariga mos boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Kursga qabul uchun IELTS kamida 7,0 (barcha boʻlimlardan kamida 6,0) bo‘lishi talab qilinadi.
  • Nomzod mos keladigan soha boʻyicha bakalavr/magistr (diplomiga ega boʻlishi kerak.

Grantga oid barcha talablar: shu yerda berilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning The College of Arts & Law maktabida til kurslarida tadqiqot olib borish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi postdoktorlik kursiga ariza berishi kerak. Grantga alohida ariza topshirish shart emas. Dedlayn 2-iyungacha. Kursga ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi.

  1. Avval universitet qidiruv sahifasidan kerakli dasturni tanlang.
  2. Tanlangan dastur uchun qabul talablari bilan tanishing.
  3. Alohida kurslarning qabul talablari boshqalaridan farq qiladi. Shuning uchun ularni ham batafsil oʻrganib chiqing.
  4. Qabul jarayoni haqida savollar tugʻilganda kurs sahifasi oxirida berilgan manzilga murojaat qiling. Universitet qabul komissiyasi mutaxassislari masalaga oydinlik kiritadilar.
  5. Savollar yuzasidan Professor Dagmar Divjak yoki Dr Petar Milinga ooominds@ooominds.org manzili orqali murojaat qiling.

Oʻqishga qabul uchun hujjatlar tarkibi:

  1. Personal statement.
  2. Diplom va baholar varagʻi (diplom ilovasi).
  3. Ingliz tili sertifikati. Tanlagan kursga qarab talablar farq qiladi. Shuning uchun til bilish talablarini kurs sahifasidan aniqlang. Odatda kamida IELTS 7,0 soʻraladi.
  4. Ikkita tavsiyanoma.
  5. Cover letter va CV.
  6. Research proposal talab qilinishi mumkin.

Grantga ariza berish. Stipendiya olish uchun onlayn tarzda ariza toʻldiriladi. Ariza berish bilan bogʻliq savollarga: shu yerdan javob topish mumkin. Grant haqida toʻliq ma’lumot: shu yerda berilgan.

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

Nomzodlarni saralash ularning yuqori akademik oʻzlashtirishi va yutuqlari, tadqiqot olib borishga layoqati, sohaga tegishli kasbiy tajriba, kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalarning eʼlon qilinishi

Natijalar nomzodlarga dedlayn muddatidan keyin imkon qadar tez vaqt ichida eʼlon qilinadi.

Murojaat uchun: workhere@contacts.bham.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!