×

University of Brescia: Italiyada magistratura kurslari uchun 5250 yevro stipendiya


Grant

MUHLAT

15.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Italiya

O'QILGAN

2276 marta

Italiyada joylashgan University of Brescia magistratura kurslari uchun beriladigan Scholarships reserved for applicants with qualifications obtained in non-EU countries grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar Yevropa Ittifoqidan tashqaridagi davlatlarda tug’ilgan va bakalavr diplomini shu davlatlardan birida olgan talabalar uchun maxsus ajratilgan.

Grantlar quyidagi kurslarga qabul qilingan talabalarga belgilanadi:

  • Communication Technologies and Multimedia
  • Civil and Environmental Engineering
  • Management (International business Curriculum or Green Economy and Sustainability Curriculum).

Dastur doirasida 12 nafar grant o’rni mavjud.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant berilgan talabaga bir yilga 5250 yevro grant (stipendiya) belgilanadi.

Talaba o’qish uchun ro’yxatdan o’tgan kundan boshlab 30 kun ichida grantning 50% qismi to’lab beriladi. Talaba 9 akademik kreditga ega bo’lganidan (ma’lum miqdordagi kurslarni muvaffaqiyatli tugatganidan) keyin grantning qolgan summasi to’lanadi. 5250 yevro grant magistraturaning ikkinchi kursida ham yangilanadi. Ikkinchi kursda o’qish boshlangandan keyin 30 kun ichida grantning barcha miqdori bir martada to’lab beriladi.

Muhim: talaba kontrakt to’lovi, yotoqxona to’lovi va universitet oshxonasidan foydalanish to’lovini o’z hisobidan to’lashi kerak.

Talablar:

  • Nomzod Italiyadan tashqarida yashayotgan bo’lishi kerak.
  • Nomzod Yevropa Ittifoqidan tashqaridagi davlat fuqaroligiga ega bo’lishi kerak.
  • Nomzod kamida 3 yil o’qitilgan bakalavr diplomiga ega bo’lishi, diplom yo’nalishi nomzod tanlagan magistratura kursi yo’nalishi mos bo’lishi zarur. 2021-yil 20-iyungacha diplom olishi kutilayotgan bitiruvchi kurs talabalari ham ariza berishi mumkin.
  • Grantga ariza topshirish uchun yosh chegarasi mavjud emas, ammo diplomi, fuqaroligi, yutuqlari, baholari teng kelib qolgan bir nechta nomzodlar orasida yoshi kichikroqlariga grant belgilanadi.
  • Magistratura kurslariga qabul uchun ingliz yoki italyan tilini bilish talab qilinadi. Ingliz tilida o’qitiladigan magistratura kurslari uchun ingliz tilidan B1 (IELTS, TOEFL testlaridan tegishli ball), italyan tilidagi kurslar uchun italyan tilidan B2 sertifikati talab qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Magistratura va grantga ariza bu yerda topshiriladi. Ariza berish uchun oxirgi kun – 15-mart.

Kerakli hujjatlar:

  1. Ariza (onlayn shaklda to’ldiriladi)
  2. Pasport nusxasi
  3. CV
  4. Ingliz yoki italyan tili testi sertifikati
  5. Tavsiyanoma (arizada faqat tavsiya beruvchi haqida ma’lumot kiritiladi).

Grantning ingliz tilidagi nizomi bilan bu yerda tanishishingiz mumkin. Murojaat uchun: internationalscholarships@unibs.it. Italiyaga talaba vizasini olish haqida ma’lumot bu yerda ko’rsatilgan.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!