×

University of Bristol: Iqtisod va moliya bo`yicha magistratura uchun 5000 funt-sterling grant; joy – 5 ta


Grant

MUHLAT

30.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

988 marta

Angliyaning Bristol shahrida joylashgan University of Bristol 2019-2020-oʻquv yili uchun Global Economics Postgraduate Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning iqtisod kurslarida o‘qishni istagan besh nafar talabalarga beriladi. Grant bir yil muddatga quyidagi magistratura kurslarida o`qish uchun ajratiladi:

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

University of Bristol magistratura va doktorantura kurslarida oʻqish uchun chet ellik talaba 2019-2020-o‘quv yiliga taxminan 17 200 dan 21 700 funt-sterlinggacha kontrakt to‘laydi.

Grant yutib olgan besh nafar talabaga 5 000 funt-sterlingdan pul beriladi.

Bu pulni kontrakt toʻlash uchun sarflash mumkin.

Bu grantga ariza bergan nomzodlar to‘gridan-to‘g‘ri Think Big Postgraduate Scholarships dasturiga  talabgor hisoblanadi.

Dastur stipendiya yutib olgan nomzodning yashash, o‘quv qurollari, tibbiy sug‘urta kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  • Nomzod universitetning iqtisod sohasidagi magistratura kurslaridan biriga 2019-yil sentyabrdan oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod tanlagan sohasi bo‘yicha bakalavr diplomiga ega bo‘lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 6,0-6,5 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning iqtisod sohasidagi magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi oʻzi tanlagan kursga ham, grantga ham ariza berishi zarur.

Dastlab oʻqishga kirish uchun ariza bilan hujjat topshirish kerak. O‘qishga hujjat topshirish dedlayni 2019-yil 31-iyulgacha. Grant dasturi uchun 2019-yil 30-iyungacha ariza berish mumkin. Grant yutb olishni istasangiz, iloji boricha erta hujjat topshiring.

Oʻqishga hujjat topshirishga yoʻriqnoma bilan toʻliq tanishib chiqing.

O‘qishga hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

Grantga ariza berish. Ariza berishdan oldin yo‘riqnoma bian tanishing. Grant arizasini onlayn tarzda toʻldirish kerak. Arizada quyidagi maʼlumotlar yoziladi:

  • Shaxsiy maʼlumotlar.
  • Esse. Esse 3 ta savolga javob ko‘rinishida, 200 ta so‘zdan iborat bo‘lishi lozim. Savollar quyidagicha:
    1. We are looking to support the brightest and best individuals who will actively contribute to the development of their nation in the future. Please describe any special attributes or accomplishments that you think make you deserving of a Think Big scholarship?
    2. We are looking for scholars who will be great ambassadors for the University. Please give an example of when you have recently contributed to your community?
    3. We would like to support students who have clear goals for their future. Please explain how studying your chosen programme at the University of Bristol will help you to ‘Think Big’ and shape your plans after graduation?
  • Stipendiya haqida maʼlumotlar.

Kerakli hujjatlar (umumiy):

  • Shaxsiy ariza. Arizalar tanlangan kursga qarab turlicha yoziladi. Shuning uchun shu yerdan tanlangan kursga tegishli ariza shaklini topish lozim.
  • Diplom va diplom ilovasi nusxasi (baholar aʼlo boʻlishi kerak. Universitet talabi boʻyicha 100 dan 85% baho qabul qilinadi).
  • Tanlangan yo‘nalishga qarab SAT/ACT/GMAT/GRE kabi boshqa sertifikatlar so‘ralishi mumkin.
  • Ingliz tili testi sertifikati (kamida IELTS 6,0-6,5, CPE C, CAE C daraja (yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati).
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy holat haqida hujjat talab qilinishi mumkin.
  • Tavsiyanoma so‘ralishi mumkin.
  • Research proposal topshirilishi mimkin.

Qaysi kursga hujjat topshirayotganligingizga qarab boshqa hujjatlar ham soʻraladi. Shuning uchun oʻzingiz tanlagan kurs maʻlumotlarini puxta oʻrganib chiqing. Grant yuzasidan savollar bo`lsa, ularga: shu yerdan javob olish mumkin.

Nomzodlar grantga akademik yutuqlari, oʻqishga qiziqishi, a`lo baholari, pesearch proposal, yangi g‘oyalar va kelajakdagi rejalari asosida saralanadilar.

Saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar 2019-yil 19-iyulgacha elektron pochta orqali ogohlantiriladi.

Maʻlumot uchun: pg-funding@bristol.ac.uk; choosebristol-pg@bristol.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!